43
Tinch, shamolsiz havo. Sokin ko'l — bu Mattisning birdan-bir sharti edi. U
o'zini sinayotganda suv oynadek bo'lishi kerak. Shu boisdan shamol bo'lish-
bo'lmasligini kuzatib turishga to'g'ri kelardi. Mattis bu shartlarning darkorligi o'z-
o'zidan tushunarii deb hisoblardi.
Shamolli havo bir necha kunga cho'zildi.
Eshkaklar tayyor edi. Turgan gapki, qayiq ham shay.
Mattis har kuni erta bilan ko'lda nima gap ekan deb yuragi dukillab uyg'onardi.
Ammo har kuni ertalab shamol esar va Mattisning ko'ksiga botgan chovutlar xuddi
bo'shashganday bo'lardi.
Yana bir kun, o'ylar edi u. Ammo, ajabo, bundan hech kimning xabari yo'q.
Keyin u shunday bo'lishi kerakligini tushunib yetdi.
U hech nima bilan mashg'ul bo'lmas, Yorgen ham tashkachilik nima bo'ldi, deb
so'ramasdi. O'rmonga yur, deb ham qistamas edi.
Zaharli qo'ziqorinlar uning jig'iga tegib joy-joyida qizarib turardi, ammo
endi ular Mattisni hayajonga solmasdi. Hech nimani o'zgartirolmasdi.
Va hech kimning hech nimadan xabari yo'q. Xege va Yorgen haddan tashqari
yo'g'on eshkaklarni ko'rardilar-u, ammo xayollariga hech nimani keltirmasdilari.
Ular shunchaki eshkaklarni yupqaroq qilishni eplolmagan, deb o'ylashardi.
Balki men chindan ham aqlli bo'lib qolgandirman.
Hozir menga aqlli bo'lish juda asqotardi, o'ylar edi u.
Yana ertalab Mattis bekinib oldi va butun kuchi-yu irodasini jamladi —
chidash kerak: hozir Xege oshxonada Yorgenga bugun suv ko'zgudek, deb aytadi.
O'shanday kun kelganda, u baribir titrab ketishini bilardi. Xege buni boshqacha
aytishi ham mumkin. Chunonchi, bugun qilt etgan shamol yo'g'-a yoki bugun havo
bekorga bu qadar tinch boimasa kerak, deyishi ham ehtimoldan uzoq emas. Mattis
Xegening har xil holatlarini ko'z oldiga keltirardi.
Ammo Xege unday ham, bunday ham demadi. U Yorgen bilan muhimroq
narsalar to'g'risida gaplashardi. Shamol va yomg'irning ularga hech qanday ahami-
yati yo'q edi. Yorgen har qanday ob-havoda ham o'rmonda ishlardi.
Shunday bo'lgach, Xege hatto hech nima demasa ham suv ko'zguday bo'laverishi
mumkin, deb o'ylardi Mattis o'z divanida yotgancha. Butun vujudi tosh bosganday
og'ir bir ahvolda u o'rnidan turdi. Derazaga yugurdi.
Aha...
Shamol to'xtamabdi. Bulutsiz osmon ostida, ko'l yuzida to'q moviy to'lqinlar
yugurardi. Shunday ahamiyatli paytda ularga qarash g'alati-ya! Mayli, yana bir kun
orqaga surildi.
Nonushta chog'ida Mattis Xegening o'ziga diqqat bilan tikilib turganini sezib
qoldi. Ularning ko'zlari bir-biriga to'qnash keldi. Bir lahzada ishtahasi bo'g'ildi va
yemakxonadan chiqib ketdi. Nahotki, aftimdan bir narsa sezilib turgan bo'lsa! U
o'z uskunalarini topdi, yemakxonaga qaytib, ko'lga qayig'ini sozlagani borishini
aytdi.
— Mayli, qayig'ingni sozla, — Xege mamnun edi.— Aytganing yaxshi bo'ldi,
endi qayerdaligingni bilaman.
— Xohlasang deraza yonida meni kuzatib o'tirishing mumkin.
— Menga buning nima keragi bor?
— Kuzatmaysanmi, axir?
U qayig'ini sozlagani ketdi. Odam o'tiradigan ko'prikchaning tagida,
qayiqning tubidagi bir chirik joyini topdi. Ha, mana shu joyni bor og'irligi bilan
bossa teshiladi. Mattisning og'irligi esa o'ziga yetarli, hatto keragidan ham
ortiqcha. Ertalab turganda o'zining og'irligini o'zi sezgandi.
Yassi toshlarda o'tirish yaxshi, g'o'ldiradi u, ishga kirisharkan. Yaxshi
aytilgandi bu gap, ammo qiz buni tushunmadi, darvoqe, menga baribir.
U ko'l bo'ylab sho'xlik bilan o'ynab yurgan shamolga yuzini tutgancha, qayig'i
yoniga o'tirdi.
— Es, shamol! — yashirincha yolvorardi u. Uni ustma-ust fikrlar toshqini bosdi.
— Hamma ko'zlar ham tosh ostida qoladi, — dedi u birdan.
Inger va Anna... O'sha uzun kun.
Qushlar o'tirgan har bir daraxt.
Opam Xege yuzidagi har bir ajin so'qmog'i.
Ammo bular bari juda ham murakkab. Boshqa bir gap ham qo'shishga jur'at
qilolmadi.
Qayiqdan odatdagiday yelim hidi kelar, chirik yog'ochlardan quyoshning hovuri
taralardi. Mattis shamol suv yuzida qanday qilib egatlar ochayotganini kuzatardi.
Oyoqlari yonida to'lqinlar pildirardi.
Ammo tez orada shamol baribir tinadi. U axir abadiy esavermaydi-ku!
Shamoisizlik ham abadiy emas. Biz loyxo'rak ikkimiz birdaymiz — uning fikrlari
chuvalashib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |