T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
38 
Bu voqea Mattisda kuchli taassurot qoldirdi. Birinchi quvonch bosildi, 
ammo qo'rquv bosilmadi. Qo'rquv u bilan qoldi. 
Men Yorgenni oidirishimga sal qoldi — nahotki men shunday razil odam bo'lsam? 
Yoki bu qo'ziqorin zahridan bo'ldimikin? 
Ikki kun Xegening izidan qolmay, qilmishimga yarasha ta'zirimni bersa 
kerak, deb kutib yurdi. Xege indamasdi, oxiri chidolmay gap ochishga majbur 
boidi. 
— Yorgen senga hech nima demadimi? 
— Nima deyishi kerak edi? 
— Men to'g'rimda, sen to'g'ringda va umuman o'rmon to'g'risida. Qirmizi 
qo'ziqorin to'g'risida. 
— Yo'q, shular haqida gapirishi kerakmidi? 
— Yo'q. 
— Biron voqea bo'ldimi? — so'radi Xege. 
— O'zing ko'rib turibsan-ku, hech nima bo'lgani yo'q. 
Mattis chiqib ketdi. Yorgenga hayron edi. 
Ertasiga Yorgen yana Mattisni daraxt kesadigan joyga taklif qildi. 
— Men endi u yoqqa bormayman! — dedi Mattis. Ovozi shu qadar qo'rquvga to'la 
bo'lib eshitildiki, 
Yorgen uni borishga zo'rlamay qo'ya qoldi. Mattisning o'rmonda bo'lishi 
aslida unga ham xalal berardi. Shu boisdan Yorgen ham ichida suyundi. 
Mattis o'z divanida bir nuqtaga tikilib o'tirar, Xege xavotirlanib atrofida 
girdikapalak bo'lardi. U Yorgendan surishtirib, o'rmonda bo'lgan voqeani bilib 
olgandi. 
— Yana tashkachilik qilsang bo'larmidi, Mattis, — dedi Xege ehtiyotkorlik bilan. 
— Bilmadim. 
— Bu senga yoqardi, shekilli? 


— Balki, endi yoqmas. 
— Be'manilik. 
Xege uy ko'tarishga tutindi. Endi sevgan kishisi borligi tufayli ishi bir 
muncha ko'paygandi. Uning epchil-chaqqon qo'llari barcha xonalarni saranjom-sa-
rishta tutar, o'zi kundan kunga ochilib borardi. Mattis hammasini, hamma 
o'zgarishlarni ko'rardi. Bu o'zgarishlar uning ko'nglini og'ir savol bilan qiynardi: 
Mening holim nima bo'ladi? 
U ko'lga darhol ketmadi. Nimadir o'zgardi. U uy atrofida sandiroqlab 
yurarkan, shox devor ortida qandaydir qip-qizil narsani ko'rib qolib, titrab ketdi. 
Bu kattakon, sirli va dahshatli qirniizi qo'ziqorin edi. 
Xuddi shoxdevorga yopishib olib, bu yoqqa, Mattisga mo'ralayotgandek 
tuyulardi. 
Yo'q, yo'q, — bir zum qat'iyat bilan mulohaza qildi Mattis, — meni zaharlamasdan 
oldin uni sindirib, ezib tashlash kerak. 
U qo'ziqoringa yaqin borib uni tepib-tepib tashladi. Qo'ziqorin portlab, havoga 
shiddatli qizil-oq bug' ko'tarildi. 
Ammo Mattis tez orada shoxdevorning bu tomonida yana bitta qirmizi qo'ziqorin 
ko'rdi — bunisi yanada chiroyliroq edi. U bunisini tepib, sindirib tashlamadi, 
achchiqlab tezda bu yerdan jo'nab qoldi. Shoxdevor taglari ham, o't bosgan 
do'ngliklar ham, o'rmon ham — endi butun atrof qirmizi qo'ziqorin bilan to'laligini 
anglab yetdi. 
Ularning uylari zaharli zamburug'lar bilan qurshalgan ekan. 
Nahotki har doim shunday boigan bo'lsa? Ilgari buni payqamagan edi. Qaydan 
paydo bo'larkin bu zaharli qo'ziqorinlar? Balki inson nigohlari ostidan unib 
chiqarmikin? 
Balki Yorgen ham ularning qurshovida o'lar? — o'yladi Mattis. — Axir u har 
tomonlama zahar bilan qurshalgan-ku! 
Yo'q, yo'q! Men bunday bo'lishini istamayman! 
Ammo bu fikr unga yana ilon kabi surgalib kelaverardi. 
Nima qilsam ekan? — dahshatga tushib so'radi u, ammo turgan joyidan 
qo'zg'alishga madori yo'q edi. 
Men nimadir qilishim kerak. Bo'lmasa yana unga tashlanishim mumkin. 
Hammasi odatdagiday tugadi: u aqlli bir odamga murojaat qildi. Har doimgiday, 
awalo Xegega yorildi. 
— Senga bu yil qirmizi qo'ziqorinlar juda ko'payib ketganday ko'rinmayaptimi? — 
deb so'radi u dab-durustdan, gapning oldi-ketiga ahamiyat bermay. U o'z gapini 
izohlamadi ham. 
— Men payqamadim, — dedi Xege. — Yo'q, menimcha yo'q, — qo'shimcha qildi 
u va o'z ishlari bilan kuymanib ketdi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish