T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
35 
Bir kuni ertalab Yorgen uning oldiga keldi — aniq-ki, yana nimanidir o'ylab 
topgan. Mattisning eti uvishdi: o'zini yangi sinov kutmoqda, bu galgisi 
oldingisidan ham jiddiyroq. Sovuqqina sentabr ertasi edi, ko'l uzra tuman parqulari 
suzib yurar, ularning orasida tumansiz joylardan ko'm-ko'k osmon ko'rinib turardi. 
Yorgen odatdagiday o'rmonga ketishga hozirlik ko'rardi, ammo oldin Mattisga 
murojaat qildi: 
— Yur men bilan, o'rmonda birga daraxt kesamiz. 
— Men tashkachilikka borishim kerak, — qisqa javob berdi Mattis. 
— Kuzda hech kim ko'ldan o'tmaydi, — dedi Yorgen. — Bugun men bilan 
bemalol o'rmonga borsang bo'laveradi. 
Bu deyarli buyruqday eshitildi. Endi Yorgen Mattis bilan faqat shu ohangda 
gaplashsa kerak... 
— Men Yorgen bilan o'rmonga borishim kerak-mi? — so'radi Mattis Xegedan. 
— Albatta, bor. U senga daraxt yiqishni o'rgatadi. Hozir men olib ketishingga 
nonushta tayyorlab beraman. 
Mattis esankirab qoldi. 
Endi yegulik tashvishiga o'rin yo'q, o'tinchi tufayli uyda oziq-ovqat yetarli
ilgarigi qiyinchiliklar orqada qolgandi. Mattis qarshilik qilmadi, ammo mushkul 
ahvolda edi. 
— Yaxshi, — dedi Yorgen, hammasi tayyor bo'lganda. 
— Nimaga sen bilan o'rmonga borishim kerak? 
— Daraxt yiqishni o'rganishga. 
Bu momaqaldiroq chog'ida uni xalajoydan sudrab chiqaman deb do'q-po'pisa 
qilaniga o'xshab ketardi. Holbuki, tashkachilik endi-endi yo'lga qo'yilgan, uning 
hech qiynalmay eplayotgan doimiy ishi bor edi. 
Ular o'rmonning daraxt kesiladigan joyiga butun qishloqdan o'tib borishdi va 
odamiar Mattisning barcha asbob-uskunalar bilan qurollangan holda o'tinchi bilan 
birga ketayotganini ko'rdilar. Bu, garchi endi bahorgi ishiga qaraganda kamroq 
ahamiyatga ega bo'lsa ham, har qalay ko'ngliga o'tirishadigan ish edi. Axir, bu yil 
yozda chakana voqealarni boshidan o'tkazdimi? 
Mattis beixtiyor kulib yubordi. 
— Nega kulding? — yumshab so'radi Yorgen. 
— Yo'q, shunchaki ilgari sholg'om o'tashni eplolmaganim esimga tushib ketdi. 
— Hm, — Yorgen bu yerlik bo'lmagani uchun hech nimaga tushunmadi. Mattis 
buni payqadi. 
— Orolcha, — dedi u. 
— Bu nima degani — rushunmadim, — ro'yirost tan oldi Yorgen. 
— Bunday bo'lishi tabiiy, — deb uning gapiga qo'shildi Mattis. 
Ortiq hech nimani izohlamadi. 
Ular daraxt kesiladigan joyga kelishdi, bu yerda jinni-pinni odam ishlaganga 
o'xshardi: ignabarglar sochilgan yerda, har tarafda yog'ochlar dumalab yotardi. 


Yorgen Mattisga bu yog'ochlarning po'stlog'ini shilishni buyurganda, u o'zini 
kamsitilganday his qildi. Yorgen esa nariroqda bir o'zi daraxtlarni qiyratardi. 
Mattis bor kuchi bilan harakat qilardi, ammo eshkak eshish qayoqda-yu, po'stloq 
shilish qayoqda? U yoqda istagancha o'ylashing mumkin, bu yerda xayolga kelgan 
o'ylar bir-biri bilan to'qnashib, ishlashga xalaqit beradi. 
Mattisning yog'ochini xuddi kalamushlar kemirib ketganga o'xshardi. 
Yorgen ishlayotgan yerda esa daraxtlar qular, atrofga shox-butoqlar uchar, yer 
zirillar edi. 
Mattis terlab ketdi. Nihoyat u g'o'Ia tayyor bo'lganini aytdi. 
Yorgen uning oldiga keldi. «Ihm» deb qo'ydi. Nazarida g'o'Ia juda beo'xshov 
chiqqandi, ammo u ko'ngli to'lmaganini bildirmadi. 
— Ozgina dam ol, — dedi u. — Men bum' sal-pal tekislay. 
Mattis o'tirdi. Yorgenning qo'lida darhol g'o'Ia bo'ylab o'roqranda u yoqdan-
bu yoqqa ucha boshladi. Mattisning xayolini esa, nega men bu yerdaman, degan 
fikr g'ing'illayotgan xira pashshaday jondan bezor qilayotgan edi. 
— Nega men bu yerdaman? — ovoz chiqarib so'radi u. 
— O'rganish uchun, — javob berdi Yorgen. 
— Menga nima keragi bor? 
— O'tinchilik unchalik yomon kasb emas. Yorgen boshqa hech nima demadi. 
Mattis, u opamni olib ketmoqchi bo'lgani uchun menga bu ishni o'rgatyapti, 
deb o'yladi. 
— Sen meni momaqaldiroq paytida ham sudrab chiqqanding. 
— Ha. O'sha kuni sen haqiqiy mardligingni ko'rsatding. Hozir esa, kel, tamaddi 
qilib, bir oz dam olaylik. 
U Mattisga non uzatdi. 
— Men buni so'ramovdim. 
— Bilaman. Yeb ol. Umr bo'yi qorning to'ymagan. 
Yorgen chala-chulpa bo'lsa ham, har qalay do'stlik qilayotgan edi, Mattis esa buni 
qabul qilishga moyil emasdi. 
— To'g'risini ayt, niyating nima? Nega meni bu yerga olib kelding? 
Yorgen nonini ohista-ohista chaynar edi. 
— Yo'q, harholda yomon niyatim yo'q, — dedi u. — Bo'lar-bo'lmas shubha-
gumonlarga borma. 
Qo'lidagi burdani yeb bo'lgandan keyin, yana gap ochdi. 
— Nima qilishni hech o'ylab topolmayapmiz, — dedi u va Mattisning ko'zlariga 
tik qaradi. 
— Menimi? — nogahoniy ziyraklik bilan so'radi Mattis. 
— Ha. 
Kuchga to'la o'tinchining yuzida yomonlik alomati yo'q edi, u Xege tayyorlab 
bergan nonushtani asta-asta tanovul qilardi. Mattis Yorgendan qo'rqmasdi, bor-
yo'g'i Yorgen bilgan, ammo Mattisga aytgisi kelmayotgan noma'lum kelajakni 
o'ylab, dahshatga tushayotgan edi. 
— Bu haqda keyin gaplashib olamiz, — dedi Yorgen. — Hozir esa sen boltada 
yaxshi ishlashni o'rganishing kerak. Ana o'shanda pul topa olasan va mustaqil 
bo'lasan. 


— Men shundog'arn mustaqilman, — degan nido otilib chiqdi Mattisning 
og'zidan. 
— Ha, lekin odam degan boshqalarning yordamisiz yashay olgani yaxshiroq, — 
dedi Yorgen, muloyim shafqatsizlik bilan. 
Keyingi kunlarda Mattis hushyor bo'lib yurardi, mana endi birdaniga angladi; uni 
tashlab ketishmoqchi. 
— O'rganmayman! — dedi u. 
— Kerak! — dedi Yorgen. Momaqaldiroqqa chiqishni qanday buyurgan bo'lsa, 
hozir ham o'sha ohangda gapirdi. 
Mattis bo'ysunishga majbur bo'ldi. Keyin to'satdan kallasiga bir ajoyib fikr keldi va 
quvonib shu fikrga yopishib oldi: 
— Uyga borib kelsam maylimi? Orqasini o'girib ketayotgan Yorgen faqat yelkasini 
qisib qo'ydi, lekin Mattisga shuning o'zi ham kifoya edi. Chaqmoq yalt etganday, 
Mattisning boshida yangi reja tug'ildi. Endi uni darhol amalga oshirishi kerak edi. 
— Hozir men emas, sen ahmoq bo'lding! — dedi Mattis Yorgenga. Keyin qochib 
ketdi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish