T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
42
Omborxonada ko'p yillardan beri eshkak yasash uchun tayyorlab qo'yilgan 
yog'ochlar yotardi. Mattis hech ularga tegmas, eskilarini amal-taqal qilib ishlatib 
yurardi. Endi o'sha yog'ochlarni olib chiqib, randalay boshladi. 
Yangi reja uning kallasida butunicha va darhol shakllangan, bu dag'al yog'ochlar 
yaxlit rejaning bir qismi edi. Hammasi ko'ngildagidek! — o'yladi u o'zining g'alati 
zaifligini sezib: uning taqdiri noma'lum bir kuchning qo'lida edi. 
Yorgen o'rmondan qaytdi va Mattis randa bilan yog'ochlarni egib eshkak 
tayyorlayotganini ko'rdi. Yangicha manzara. 
— Senga yangi eshkaklar kerakmi? 
— Ha, ko'pdan beri eshkak qilishni mo'ljallab yurgandim. 
— Yana tashkachilik qilasanmi? — so'radi Yorgen, beixtiyor xavfli mavzudan gap 
ochib. 
— Bo'lishi mumkin. 
Mattis boshini ko'tarmadi. To'g'risini aytolmaydi, reja barbod bo'ladi, hammasini 
taqiqlashadi — bo'ladigani shu. Balki oyoq-qo'limni bog'lab qo'yishlari ham 
mumkin. 
— Yaxshi o'ylabsan, — dedi Yorgen. — Bekor sandiroqlab yurish odamga ziyon. 
— Keyin oshiqib uyga, Xegening oldiga kirib ketdi. 
Eshkaklar juda katta va yo'g'on edi. Mattis ularni oppoq va dumaloq qilib 
salgina randaladi — ular deyarli mukammal bo'lib ko'rinardi. Ammo aslida ular 
hali bitmagan, yog'och holida edi. Rejaga ko'ra shunday bo'lishi kerak edi. Bu 
eshkaklar bilan u qirg'oqqacha suzib borishi va qutilishi yoki ular bilan birga 
cho'kib, abadiy ko'zdan g'oyib bo'lishi kerak edi. Rejasining eng asosiy qismi 
shundan iborat edi. 
O'shanda peshonamga nima yozilganini bilaman. Undan u yog'i o'sha yerda ma 
Mum bo'ladi. 
Eng chuqur joyga borganda, qayiq tubidagi teshikni ochib yuboraman va 
qayiq cho'kadi, u butunlay chirib bo'lgan. Suzishni esa bilmayman. Bu og'ir 
eshkaklarni ushlab olaman va agar taqdirimda omonlik bor bo'lsa qirg'oqqa 
yetguncha suzaman va uyga qaytib kelib, ilgarigiday Xege va Yorgen bilan birga 
yashayman. 
Faqat buni men emas, boshqalar hal qilishi kerak. 
Ammo bu qiyin, o'ylardi u. 
Mattis eshkaklarni tayyorlab bo'lib, yotdi, ular endi oppoq edi, hammasi 
tayyor va boshqacha, g'ayrioddiy edi. So'nggi ish qoldi, xolos. 
Faqat ertaga emas, o'yladi u. 
Nega ertaga emas, kimdir undan qattiq turib va sabrsizlik bilan so'radi. 
O'zim ham bilmayman, javob berdi u. Shunday bo'lib chiqdi. 
U o'z divanida derazadan tun osmonini kuzatib yotar edi. 


U kechqurun uyga qaytib kelganida, xonada Xege va Yorgen yo'q edi. 
Ammo chordoqda ularning past ovoz bilan gaplashayotganlari eshitildi. Mattis 
bunday holga ko'p marotaba duch kelgandi. Odatda ularning suhbatlari ko'ngilli 
suhbatlar bo'lardi. Bunaqasini Mattisning o'zi ham orzu qilardi. Ammo Mattisga 
tegishli boshqacha gap-so'zlar ham eshitilib qolar, bularni ko'ngilli suhbatlar deb 
bo'lmasdi, bular Xege va Yorgen uchun og'ir suhbatlar ekanligini Mattis sezmasligi 
mumkin emasdi. 
Ammo eshkaklar tayyor, tez orada hammasi ravshan bo'ladi. 
Mattis hozir kelajakni ko'z oldiga keltirgisi kelmasdi. Shuning uchun xayoliga 
kelgan bu fikrni o'zidan haydadi. U o'ziga o'zi kelajak momaqaldiroqdan ko'ra 
dahshatliroq emas deb qo'ydi. 
Tepada tinimsiz ularning ovozlari eshitilardi. Ba'zan mayin ovoz yangrar va 
bu ovoz oyoq ostida koptokdek o'ynoqlar edi. Baxtli chog'larida Xege shunaqa 
kulishni ham bilarkan-da. Ilgari shunday kulganini hech eshitganmi? 
Mana endi ular Mattis haqida gaplasha boshladilar. Buni ularning kulgisi 
to'xtaganidan ham bilsa bo'lardi. 
Shamol devorni tiqillatdi. 
Keskin kuz shamoli. 
— Xo'p, xo'p, eshitdim! — deya kulib javob berdi Mattis baland ovoz bilan va 
o'rnidan turib o'tirdi. 
Ularning puturdan ketgan uylariga shamol urilgan chog'larida Mattis darrov 
g'o'ldiray boshlar va uyning ichi past ovozlarga to'lardi. Daraxtlar uzun-uzun 
xo'rsinishdi. Ko'l uzra ko'pikli mavjlar pildiray boshladi. 
Qanday yaxshi. Mattisga halovat keldi. 
Ertaga ham shamol bo'lishi muqarrar. U rejaning amalga oshishiga xalal 
beradi. Men faqat tinch havoda suzaman. Endi uxlash mumkin. 
U darhol uxladi — kun og'ir va notinch o'tgan edi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish