Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Madaniyatning noyob xususiyatlari
— g ‘ayriodatiy (ekzotik), 
k o'pchilik tom onidan qabul qilinm agan odatlar, udumlardir. Dafn 
odatlari shunga misol bo*la oladi. B a’zi xalqlar m adaniyatida in­
sonlar tu g ‘Uganda em as, balki dafn marosimlarida saxiylik k o ‘rsa- 
tilishi kerak, deb hisoblaydilar. M asalan, M adagaskarda dafn ma- 
rosim lari odam lam ing jam iyatdagi o ‘m ini belgilaydigan maqom 
darajasidadir. Shuning uchun ayrim odam lar vafot etganda, dafn 
m arosim iga m inglab odam lar keladi, ayrim lariga kam chilik qatna- 
shadi, aza haftalab davom etadi. AQSh va Rossiyada dafn marosimi 
bir necha soat davom etadi. B oshqa ayrim xalqlar m adaniyatida esa 
aksincha — inson dunyoga kelib, hayoti davom ida boshqalarga oliy- 
him m atli boMishi lozim, deb biladilar.
Xullas, madaniyatni yuzaga keltiruvchi asosiy omil jam iy at va 
unda yashaydigan odamlardir. Jam iyat m ahsuli boMgan madani­
yat qanchalik mukammallashib, boyib borsa, uning insonga va 
jam iyatga ta ’siri kuchayib, mustaqil boMa boradi. M asalan, antik 
jam iyat allaqachon tarixga aylangan boMsa-da, o ‘sha jam iyat yuza­
ga keltirgan m oddiy m adaniyat hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini 
saqlab qolgan.
M adaniyatning insoniyat jam iyati shakllanishi va taraqqiyotida- 
gi rolini to ‘g lri belgilash muhim nazariy va am aliy aham iyatga ega-
152


dir. A fsuski, sovet m adaniyatshunosligida bu m ihim m asaia bir yoq- 
lam a va k o ‘p hollarda xato talqin etib kelindi. Tarixga materialistik 
nuqtai nazardan qarash ijtim oiy borliqni ijtim oiy ongga nisbatan 
birlamchi d eb hisoblash, ijtimoiy borliq asosiga m oddiy n e ’matlar 
ishlab chiqarishni qo‘yish, mehnatni m adaniyat asosi deb d a ’vo qi­
lish va boshqalar m adaniyatning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs ha- 
yotidagi o ‘m i va rolini to ‘g ‘ri belgilashga m onelik ko‘rsatib keldi.
M adaniyat tushunchasining inson va jam iyat tushunchalari bi­
lan uzviy bogMiqligi haqida yuqorida aytib o ‘tildi. Buyuk fransuz 
m utafakkiri E.D yurkgeym ning ta ’lim berishicha, m adaniyat inson 
ongi va irodasiga b o g ‘liq boMmagan holda undan ilgari vujudga kel- 
gan va insonga m ajbur qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. B oshqacha qilib 
aytganda, h ar bir individ m adaniy olam da tug‘iladi, uni o ‘zlashti- 
radi, insoniy sifatlarga eg a bo‘ladi va uning rivojiga muayyan hissa 
q o ‘shadi.
M adaniyat, avvalo, insoniyatning ko‘p asrlik bilimlari va taj- 
ribalari yigMndisi sifatida namoyon boMadi. Inson aqlli mavjudot 
sifatida k o ‘p asrlar davom ida jam iyat tom onidan yaratilgan bi- 
lim, tajriba, ko‘nikma, xulq-atvor m e’yorlarini, y a ’ni madaniyatni
o ‘zlashtiradi.
M adaniyat insonni hayvondan, jam iyatni esa tabiatdan farqlay- 
digan sifatiy belgi, faqat insonga va jam iyatgagina xos boMgan, 
uning xatti-harakatlari, faoliyat va m ehnat m ahsulotlarida namoyon 
boMadigan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar, m e’yorlar majmuasidir.
M adaniyat ravnaqi va ijtimoiy m unosabatlam ing takom illashib 
borishi bir-biri bilan uzviy bogMiq boMgan jarayonlardir. Shu o ‘rin- 
da madaniyat va ijtimoiy taraqqiyotning o 'z ig a xos xususiyatlari 
haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga muvofiq.
Ilgari ta ’kidlab kelinganidek, m adaniyat nam unalari keng xalq 
ommasi tomonidan m exanik tarzda em as, balki ijtim oiy hayotning 
turli sohalarida faoliyat k o ‘rsatayotgan eng ilg 'o r kishilar, ziyolilar, 
ilm-fan ahllari tom onidan yaratiladi, jam iyatning asosiy ko‘pchi- 
lik qismi esa madaniyatning ilg 'o r nam unalarini o ‘zlashtirish va 
sotsiallashtirish jarayoniga tortiladilar. M adaniyatdagi umumiy 
inqiroz madaniyatning ilg‘or namunalarini yaratuvchi elita — sara
153


toifa bilan keng ommaning m a’naviy salohiyati o ‘rtasidagi tafovut 
va ziddiyat bilan bogMiq ravishda ro‘y beradi.
M adaniyatning jam iyat hayotidagi ahamiyatini haddan tashqari 
bo‘rttirish ham, uning aham iyatini kam sitish ham birday xatodir.
XVIII asrdayoq m ashhur fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo 
m adaniyatning ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirishga qarshi ta­
biiy insonning axloqiy ustunligi g'oyasi va tabiatga qaytish shiorini 
ilgari surgan edi.
XX 
asr boshlarida taniqli nemis faylasufi Fridrix Nitsshe 
m adaniyat strukturasida fan va texnika yetakchi mavqeni egallab, 
hayotning rivojiga imkon bermayotganligini keskin tanqid qil- 
gan edi. Zigm und Freydning fikricha, m adaniyat o 'zin in g axloqiy 
m e’yorlari, talab va qadriyatlari bilan dastavval kishilik jam iyati- 
ning paydo boMishida muayyan ijobiy rol o'ynagan boMsa, keyin- 
chalik o ‘zining taqiqlovchi talablari, qat’iy m e’yorlari bilan kishilik 
jam iyati rivojiga xalaqit bera boshlagan.
X ulosa qilganda, m adaniyat tushunchasi taraqqiyot, yangilikka 
intilish, m a’naviy yangilanish, yaratish, yaxshilik va ezgulikni as- 
rab-avaylash, qoM lab-quwatlash bilan uzviy bogMiq ekan, jam iyat 
hayotini madaniyatsiz, m adaniyat rivojini esa sogMom ijtim oiy mu­
nosabatlar tizim isiz ta sa w u r etib boMmaydi. Jam iyat va insonga 
m adaniy hodisa sifatida qarash m adaniyatning shaxs va jam iyat 
hayotidagi ahamiyatini teranroq anglashga yordam beradi.
Sivilizasiyalar tasnifi. Sharq va G ‘a rb sivilizatsiyasi. 
V.Stepin 
va boshqa ko‘pchilik mualliflar umuman olganda insoniyat tarixida 
ikki tip sivilizatsiya — Sharqda shakllangan va saqlanib turgan tra- 
ditsion (an’anaviy) va G ‘arbda shakllangan va endilikda Sharqqa 
ham kirib kelgan texnogen - sivilizatsiyalarini bir-biridan farqlanti- 
radi. Texnogen, degan tushunchada sivilizatsiyalar taraqqiyotida 
ham isha va nafaqat ishlab chiqarish rivojlanishida, balki ijtimoiy 
boshqaruv va kommunikatsiya ishlarini yaxshi yoMga q o ‘yishda 
ham yangi texnologiyalami qoMlash hal qiluvchi rol o ‘ynashiga 
asoslanadigan sivilizatsiyalar nazarda tutiladi. Traditsion sivilizat­
siyalar Xitoy, Hindiston, A ntik davr, 0 ‘rta asrlar Yevropasida yor- 
qin nam oyon boMgan o ‘ziga xosligi boMgani bilan, texnogen sivi-
154


lizatsiyalarga nisbatan ham xuddi shuni aytish m um kin b o ‘lgan!igi 
bilan ularning birlashtiruvchi invariant (umumiy) jih a tla r k o ‘p.
Texnogen sivilizatsiya taxminan XIV- X VI asrlarda Yevropada 
shakllana boshladi. U ning qadriyatlari tizim ining yadrosi (m ag‘zi) 
uyg‘onish, reform atsiya va m a’rifatchilik davrlarida vujudga kel- 
gan edi. U o ‘z ichiga inson va uning dunyodagi o ‘rnini tushunishni 
olgan edi. B u a w a lo insonga tabiatga qarshi turadigan, taqdiriga 
tabiatni o‘zgartirish, uni o ‘z irodasiga bo‘ysundirish bitilgan faol 
mavjudot degan tasavvurning shakllanishi edi. Shunga ko‘ra, inson 
faoliyati deyilganda uning obyektlam i o ‘zgartirishi va ulam i inson­
ga bo‘ysundirilishi tushunilgan edi. Obyektlarni bunday o ‘zgartiru- 
vchilik qadriyati faqat texnogen sivilizatsiyaga xos bo‘Iib, tradi- 
tsion jam iyatlarda bu yo‘q edi. B u jam iyatlarda buning aksi, y a ’ni, 
m asalan, qadim gi xitoy m adaniyatining “u-vey” deb atalgan ta ’li- 
m otida ifodalangan edi. U shbu ta ’limotga ko‘ra inson olam ritmlari 
rezonansini his etib yashashi va u bilan ham ohang b o ‘lish uchun 
minimal faoliyatda bo‘lish kerak. Shuning uchun traditsionalistik 
jam iyatlarda insonning tabiat ustidan hukm ronlik qilishi maqsadida 
uni o ‘zgartirishi m aqsadi q o ‘yi!magan edi. Texnogen m adaniyati 
larda esa buning aksi, bunda, nafaqat tabiat, balki hatto ijtimoiy 
obyektlar ham ijtimoiy texnologiyalarning predm etiga aylanadi.
Bundan tashqari, texnogen m adaniyatlam ing poydevoriy qad- 
riyatlarini xarakterlashda ularda tabiatga o ‘ziga xos, qonuniyatli 
tartiblangan, inson faoliyatining ashyolar va m anbaini tashkil eta- 
digan obyektlarning jo n siz olam i, deb qarash xos b o ‘lganini k o ‘rsa- 
tish mumkin. B u m anbalar esa cheksiz, inson undan cheklanmagan 
ravishda foydalanishi mumkin deb tasavvur etilgandi. Traditsiona­
listik tasavvuriarda esa tabiatga jo n li organizm deb, insonga uning 
kichik bir boMakchasi deb qarash xos boMgan.
Faol, mustaqil shaxs m asalasida ham bu sivilizatsiyalar bir biri- 
dan farqlanadi. Traditsionalistik m adaniyatlarda kishining shaxs 
boMishi avvalo uning muayyan qat’iy aniq urug'-aym oqqa, qat- 
lamga (kastaga), tabaqa m unosabatlariga kirishi bilan belgilansa, 
texnogen sivilizatsiyalarda shaxsning o ‘z erkin individualligiga, 
m ustaqillik huquqiga ega boMish (shaxs avtonom ligi), turli ijtimoiy
155


jam oalarga kira olish va boshqalar bilan teng huquqli boMish ideali 
afzal qadriyat boMadi. Traditsionalistik jam iyatlarga esa individual 
erkinlik va inson huquqlari haqidagi bu ideal yo t boMgan.
Texnogen sivilizatsiyalarda hayotning m a’nosini tinim siz yan- 
gilanishlar va taraqqiyot tashkil etgan boMsa, traditsionalistik sivi­
lizatsiyalarda unday emas. Aksincha, qadim gi X itoy maqollaridan 
birida “Inson uchun eng ogMr hoi o'zgarishlar jarayonida yashash- 
dir” deyiladi.
Texnogen m adaniyatda inson va ijtimoiy taraqqiyotni ijobiy 
yutuqlarga olib keladigan o ‘zgartiruvchilik faoliyatining muvaf- 
faqiyati obyektlam i o ‘zgartish qonunlarini bilishdan kelib chiqa­
di deb qaraladi. Bu qarash ushbu qonunlarni bilish bilan shug‘ul- 
lanuvchi fanni afzal o ‘ringa qo 'y ish g a olib keladi. Ilm iy oqilonalik 
(ratsionallik) ushbu m adaniyat tipida inson bilim lari tizim ida eng 
ustun o ‘ringa qo'yiladi va boshqa barcha shakllarga faol ta’sir 
k o ‘rsatadi.
N ihoyat, texnogen madaniyatning afzal qadriyatlari sifatida 
hukm ronlik va kuchni tushunishdagi o 'zig a xoslikni ko‘rsatish 
mumkin. Hukmronlik qilish deganda bu yerda nafaqat insonning in­
son ustidan hukm ron boMishi (bu traditsion jam iyatlarda ham bor), 
balki a w a lo obyektlar ustidan hukm ronlik qilish m aqsadida kuch 
yo'naltirilgan obyektlar, shuningdek, nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy 
obyektlar ustidan ham hukm ronlik qilish, ular bilan turli texnologik 
m anipulyasiyalar qilish (o‘yin olib borish) nazarda tutiladi. Ushbu 
qadriyatlar tizimidan texnogen sivilizatsiyaning boshqa k o 'p o ‘zi- 
ga xosliklari kelib chiqadi va ular bu sivilizatsiya m avjudligini va 
taraqqiyotini ta’minlaydigan o ‘ziga xos genomlari boMadi.
Kelib chiqqan davridan boshlaboq texnogen sivilizatsiyalar tra­
ditsion sivilizatsiyalarga ta ’sir etib, ulam i o ‘zgarishga m ajbur qila 
boshlagan. Bu jarayon ba’zan harbiy istilolar, koloniyalashtirish, 
keyinchalik esa ko‘proq texnogen sivilizatsiyalar bosimi ostida 
ulam i quvib etish uchun m odem izatsiyani am alga oshirish natija- 
si oMaroq (masalan, YAponiyada) am alga osha bordi. G ‘arb tajri- 
balarini o ‘ziga ko‘chirarkan, Rossiya ham k o ‘p m arta m odem iza- 
tsiyalanish jarayonini boshdan kechirgan edi (Pyotr-I va Aleksandr
156


11-larning reform a lari shular orasida eng yiriklari b o ‘lgan). Oktyabr 
inqilobidan keyin ham u G ‘arb mamlakatlariga yetib olish uchun 
modemizatsiyaiashtirish jarayonini boshdan kechirdi, industrial- 
lashdi.
Sovet sotsializmi bilan G ‘arb kapitalizmi yarim asrdan or- 
tiq vaqt m obaynida texnogen sivilizatsiyalarining ikki xil varian- 
ti, taraqqiyotning ikki strategiyasi sifatida raqobat qilib keldiiar. 
Postindustrial taraqqiyot fazasiga o ‘tgach, texnogen taraqqiyot tipi 
planetaning turli mamlakat va mintaqalarini ekspansiya qilishning 
yangi siklini boshlab yubordi. Texnogen taraqqiyot ijtim oiy hayot- 
ni traditsionalistik taraqqiyotga nisbatan ancha yuqori darajada bir 
xillashtiradi. Fan, ta ’lim, texnologik taraqqiyot va kengayib boru- 
vchi bozor traditsionalistik m adaniyatlam i o ‘zgartirib, u yerda yan­
gicha tafakkur va hayot tarzini vujudga keltiradi. Va bugungi kunda 
biz globallashuv deb atayotgan jarayon ham aynan texnogen siv- 
ilizatsiyaning mahsulidir. U dunyoning turli m intaqalariga avvalo 
texnik va texnologik jarayonlar vositasida kirib bordi va traditsion 
sivilizatsiyalarni m odem izatsiyaiashtirish, ularni lexnogen taraqqi­
yot relslariga o ‘tishning butun bir davrini hosil qildi. Endilikda bu 
m odem lashuv hozirgi globallashuv jarayonlariga aylandi.
“Texnogen sivilizatsiya insoniyatga ju d a k o ‘p yutuqlar keltir- 
ganday boMgan edi..., - deydi VS.Stepanov. — K o‘pchilik odamlar 
yaxshi kelajakka boMgan o ‘z o rz u umidlarini shu sivilizatsiya taraq­
qiyoti bilan bogMagan edilar. Atigi yarim asr oldin aynan texnogen 
sivilizatsiya insoniyatni o ‘zini o 'zi halok etadigan ja r yoqasiga olib 
kelib q o ‘yadigan global krizisga duchor etishini hech kim xayoliga 
keltirmagan edi” .1
Shularni nazarda tutib texnogen sivilizatsiyaga I.A.Karimovning 
Sharq sivilizatsiyasining afzaliyati haqida bildirgan fikrlarini qa- 
rama-qarshi qo‘yish mumkin va zarur. “Sharq olamida, jum ladan, 
o ‘zim izning 0 ‘rta Osiyo sharoitida, - deb ta ’kidlaydi u, — jam oa 
boMib yashash tuyg'usi g ‘oyat muhim aham iyat kasb etadi va


Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish