3. Jun tolali gazlamalarning navini aniqlash. Jun tolali gazlamalar ikkita navga bo’linadi: I- birinchi va II - ikkinchi. Birinchi navli gazlamalarda fizik-mexanik xususiyatlar ko’rsatkichlari belgilangan me’yorlarga to’g’ri kelishi kerak. Ikkinchi navli gazlamalarning ko’rsatkichlari birinchi navli gazlamalar ko’rsatkichlari bilan farqi belgilangan miqdorda bo’lishi lozim. Masalan, uzish kuchi va zichlik bo’yicha farq birinchi nav me’yorning yarmidan oshmasligi kerak. Kirishishi bo’yicha sof jun gazlamalarda 1 foizgacha va yarim jun gazlamalarda 1,5 foizgacha bo’lishi mumkin. Ikkinchi navli gazlamalar va birini navli gazlamalar orasida faqat bittagina ko’rsatkich bo’yicha farq bo’lishiga ruxsat beriladi.
Jun gazlamaning tashqi ko’rinishidagi nuqsonlar tarqalgan va mahalliylarga bo’linadi.
Gazlama to’pining 30 metrga teng bo’lgan shartli uzunligiga tug’ri keladigan mahalliy nuqsonlar son miqdori birinchi navli gazlamalarda 12 tadan va ikkinchi navli gazlamalarda 36 tadan oshmasligi shart. Ikkinchi navli gazlamalarda bitta tarqalgan nuqson bo’lishi mumkin. Bu holda mahalliy nuqsonlarning soni 1 dan oshmasligi kerak. Mahalliy nuqsonlar sonini shartli uzunlikka qayta hisoblash uchun formula:
NSh = 30 Nh / Lh (1.3)
bu yerda: 30- shartli uzunlik, m; Nh - haqiqiy uzunlikdagi nuqsonlar soni; Lh - gazlama to’pining haqiqiy uzunligi,m.
4. Trikotaj matolarining navini aniqlash.Trikotaj matolarning navini aniqlash tartibi gazlamalarnikidan farq qiladi. Avval ishlab chiqarilgandan keyin laboratoriya tajribalarini o’tkazib matoning sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi. Bunda uning fizik-mexanik ko’rsatkichlari, rangining mustahkamligi va tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar bor-yo’qligi aniqlanadi. Laboratoriya tajribalarini o’tkazich uchun mato to’dasidan 5 foiz to’p ajratib olinadi. To’plarning soni beshtadan kam bo’lmasligi kerak. O’ar to’pdan ikkita xil namuna qirqib olinadi. Birini sinab matoning namligi aniqlanadi. Ikkinchisi boshqa xususiyatlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Trikotaj matolarning namligi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, matoning xususiyatlari uning namligiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, trikotaj matolari vazn bo’yicha qabul qilingani tufayli ularning namligi ham hisobga olinichi lozim. Matolarning namlik va boshqa xususiyatlarining ko’rsatkichlari standart yoki texnik sharoitlarda belgilangan me’yorlardan kam bo’lmasligi lozim.
Bo’yoqining mustahkamligi bo’yicha trikotaj matolari oddiy mustahkam va maxsus mustahkam bo’yalgan bo’ladi. Turli ta’sirlarda bo’yoqning mustahkamligi 3 ball bilan baholansa, bu mato oddiy bo’yoqli 3-4 ball bilan baholansa, mustahkam bo’yoqli matolarga kiradi, 4-5 ball bilan baholansa maxsus mustahkam bo’yoqli matolarga kiradi.
Tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar matoni hosil qiluvchi ipning sifati past bo’lgani tufayli, trikotaj mashinalari nosozlanishi va ignalar singani sababli hamda pardozlash jarayonlarini buzish natijasida paydo bo’ladi. Shu nuqsonlarga ko’ra matolar ikkita nav: I - birinchi va II- ikkinchi navli bo’ladi. Birinchi navli matolarda ko’z bilan sezilmaydigan nuqsonlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Ikkinchi navli matolarda ma’lum o’lchovli, ko’zga ko’rinarli va qo’pol ko’rinadigan nuqsonlar bo’lishi mumkin. Nuqsonlarning ko’zga ko’rinarliligi va qo’pol ko’rinishining darajasi etalonlar bilan solishtirib aniqlanadi. Bir kvadrat metrga teng bo’lgan matoning yuzasiga keladigan nuqsonlar soni uchtadan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Trikotaj matolarning navi to’pi bo’ylab emas, uning vazniga nisbatan tasdiqlanadi. Nuqsonlarning turi va soniga ko’ra mato to’pidagi birinchi, ikkinchi navlarga va yaroqsizlikka to’g’ri keladigan yuzalari aniqlanadi. Keyin birinchi, ikkinchi navli va yaroqsizlikka to’g’ri keladigan yuza vaznlarining matoning yuza zichligiga nisbati aniqlanadi.
5. Noto’qima matolarining navini aniqlash. To’qish-tikish usulida olingan noto’qima matolarning navini aniqlashda ikkita asosiy ko’rsatkichlar nazarda tutiladi: fizik-mexanik xususiyatlar ko’rsatkichlarining standartdagi me’yorlarga mos kelishi va tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar borligi.
Noto’qima matolar ikkita navli bo’lishi mumkin: I- birinchi va II - ikkinchi nav. Birinchi navli matolarda fizik-mexanik xususiyatlarning ko’rsatkichlari belgilangan me’yorlardan chetga chiqishiga va tarqalgan nuqsonlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 30 kvadrat metrga teng bulgan shartli yuzada mahalliy nuqsonlarning son miqdori I - navli matolarda 12, II - navli matolarda 24 bo’lishi mumkin. II - navli matolarda ko’pi bilan bitta tarqalgan nuqson bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Bu holda mahalliy nuqsonlar soni 17 dan oshmasligi lozim.
To’qish-tikish usulida olingan noto’qima matolarda asosan quyidagi mahalliy nuqsonlar uchrab turadi: qalinligi hamma joyda har xil bo’lishi; eni har xil bo’lishi; yoqli dog’lar mavjudligi; tikish uchun ishlatilgan ipning uzilichi; bahiyadagi halqalarning cho’zilgani va hokazo.
Yelimlash usulida olingan va kiyimda qatlam sifatida ishlatiluvchi noto’qima matolar navlarga bo’linmaydi. Faqat ularda teshiklar, yoqli dog’lar, burmalar, bukib qolingan joylari bo’lmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |