T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet35/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Hosilali glad tо‘qimasining eni va bо‘yi bо‘ylab pishiqligi glad tо‘qimasi pichiqligiga qaraganda kattadir. Lastik deb, tarkibi old va orqa halqa ustunchalarining almashib joylashichi bilan tuzilgan, ikki qavatli, bosh, kо‘ndalangiga tо‘qilgan ikki yuzli tо‘qimaga aytiladi (1.66-rasm). Bitta old va bitta orqa halqa ustunchalari о‘zaro almashib joylashgan lastik tо‘qimasining rapporti ikkiga teng bо‘lib, u “Lastik 1+1” deyiladi. Agar ikkita old va ikkita orqa halqa ustunchalari bir-biri bilan almashib kelsa, u xolda lastik tо‘qimasining rapporti tо‘rtga teng bо‘lib, u «Lastik 2+2” deyiladi. Lastikning turli takrorlanishdagi tuzilishlari, ya’ni «Lastik A+B» mavjuddir. Elastiklik trikotaj tо‘qimalarga xos bо‘lib, unda elastik deformatsiya miqdori tushuniladi. Bu xususiyat foydali xususiyatlar qatoriga kiradi. Agar lastik tо‘qimasini eniga tarang qilib chо‘zsa, keyin uni qо‘yib yuborilsa, u holda lastik о‘zining boshlang‘ich holiga qaytadi. Lastik elastikligini oshirish uchun halqa ipining uzunligini kamaytirish va ipning elastikligini oshirish kerak, shu bilan birga ishlatilayotgan ip yoki kalava ip birvaqtda birnechta bо‘lishi ham maqsadga muvofiqdir.

Old va orqa halqa ustunlarining bir xil takrorlanishidan (1+1, 2+2) hosil bо‘lgan lastik buralmaydi, chunki bir tomon halqalarining bir tomonga buralishga intilishi, ikkinchi tomon halqalarining ikkinchi tomonga buralishga intilishi bilan neytrallashtiriladi. Lastik 1+1 faqat tо‘quv yо‘nalishiga teskari eshiladi (62-rasm). Lastik 2+2 va uning boshqa takrorlanishlari glad kabi eshiladi.

Lastikning eni bо‘yicha pishiqligiga qaraganda bо‘yi bо‘yicha pichiligi kо‘proqdir. Lastik eniga chо‘zilganda uzilishga har bir qatorda bitta ip qalinligi qarshilik kо‘rsatadi, bо‘yiga esa tо‘rtta ip qalinligi qarshilik kо‘rsatadi.

Interlok yoki qо‘sh lastik tо‘qimasi bir lastik ustunchalarining ikkinchi lastik ustunchalari orasida joylashuvidan tashkil topgan ikki qavatli, hosilali, kо‘ndalangiga tо‘qilgan tо‘qimadir (1.67-rasm).



1.67-rasm.Interlok trikotaj tо‘qimasi.




1-bittalik; 2-ikkitalik.
1.68-rasm. Jakkard tо‘qimasi tuzilishi.






1.69-rasm. Press tо‘qimasi tuzilishi.
a) bir qavatli yarim fang; b) bir qavatli fang.

Ushbu tо‘qima halqa protyajkalari о‘zaro krest shaklida kesishganligi uchun ham u «Interlok», ya’ni krest shaklida kesishuvchi degan nom bilan ataladi.

Interlok, xuddi lastik singari tо‘quv yо‘liga teskari yо‘nalishda eshiladi. Interlok lastik tо‘qimasiga nisbatan birmuncha kam eshiluvchanlikka ega, bu interlok tо‘qimasi tuzilishining о‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Interlok, xuddi lastik tо‘qimasiga о‘xshab yoylar moduli hisobiga chо‘ziladi, lekin ikki lastikning о‘zaro joylashuvidan tashkil topganligi sababli elastikligi kamroqdir. Jakkard tо‘qimasi bosh va hosilali tо‘qimalar asosida ignalarni tanlash yо‘li bilan olinadigan, tarkibida protyajkalari va jakkard halqalari bо‘lgan (1.68-rasm) shunday naqshli tо‘qimaki, unda ba’zi ignalar yangi ipni olmaydi va eski halqalarini tashlamaydi.

Jakkard tо‘qimasining bir qator turlari mavjud bо‘lib, bular kо‘ndalangiga va buylamasiga tо‘qilgan, bir va ikki qavatli, muntazam va nomuntazam, bir va kо‘p rangli, notekis yuzali, qoplama va boshqalardir (1.68-rasm).

Press tо‘qimasi deb tarkibida nabroskalari mavjud bо‘lgan naqshli trikotaj tо‘qimalarga aytiladi. Press tо‘qmasining rasmlanishida jakkard tо‘qimasidan farqli tarzda, ba’zi ignalar eski halqalarini tashlamaydi, yangi ipni esa oladi. Ushbu tо‘qimalarning kо‘ndalangiga va bо‘ylamasiga tо‘qilgan, bir va ikki qavatli, notekis yuzali va boshqa turlari mavjud. Bir qavatli fang nabroskali halqalardan tashkil topadi, yarim fangda esa nabroskali halqa ustunchalari glad halqa ustunchalari bilan almashinib keladi (1.69,a-rasm). Ikki qavatli fang tо‘qimasining har ikkala tomoni ham nabroskali halqalardan tashkil topadi (1.69,b-rasm). Yarim fang tо‘qimasi bir tomoni halqalardan, ikkinchi tomoni esa nabroskali halqalardan tashkil topadi. Lastik asosida olingan fang va yarim fang tо‘qimalari lastik tо‘qimasi singari tо‘quv yо‘liga teskari yо‘nalishda eshiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki fang va yarimfang 1+1, 2+2 va x.k. Shunday tuzilishdagi lastik tо‘qima kabi ayrim halqa ustunlari tо‘qilish yо‘nalishi bо‘yicha eshilishi mumkin. Fang va yarim fang halqa ustunlarida yarim halqa (nabroska) bо‘lgani tufayli ularning eshilishi lastikga nisbatan kamroqdir.

Plyush tо‘qimasi deb, shunday yopchiqli tо‘qimaga aytiladiki, bunda plyush ipi platina egriliklarining chо‘zilishi evaziga tо‘qima sirtida tuk hosil etadi (66-rasm). (Yopchiqli tо‘qima deb, halqalari kamida ikki ipdan tashkil topgan, bir ipning doim tо‘qima oldiga, ikkinchisining orqasiga chiqishi bilan olinadigan tо‘qimaga aytiladi).



1.70-rasm. Plyush tо‘qimasi tuzilishi.



Plyush tо‘qimasi kо‘ndalangiga yoki bо‘ylamasiga tо‘qilgan, sidirg‘a, naqshli, bir va ikki tomonlama, tuki kesilgan va kesilmagan bо‘lishi mumkin. Ushbu tо‘qima yuqori issiqlik saqlash xususiyati bilan ajralib turadi. Plyush tо‘qimasi qalinligi bevosita asos, plyush iplari chiziqli zichligi va tuk uzunligi bilan belgilanadi.

Ushbu tо‘qima tukining mustahkamligi uning hosil bо‘lishi uslubiga (yopchiqli, futerli, arqoqli) va tо‘qima zichligiga bog‘liqdir. Yopchiqli plyush tuki plyush ipining asos ipi bilan birgalikda halqa hosil qilganligi tufayli nisbatan mustahkam bо‘ladi. Plyush tо‘qimasining issiqlik saqlash xususiyati yuqori bо‘lganligi uchun, u issiq kiyim mahsulotlari ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Tarkibiy tо‘qima asosiga qо‘shimcha (futer) ipini ignalarga tanlab berib, ulardan halqa hosil qilmasdan shakllantirilgan tо‘qimaga futer tо‘qimasi deyiladi (1.70-rasm). Halqa qatorida bitta futer ipi bо‘lgan tо‘qimaga birlamchi, ikkita futer ipi bо‘lgan tо‘qimaga esa ikkilamchi va h. k., futer tо‘qimasi deyiladi. Futer tо‘qimasi oddiy yoki yopchiqli bо‘lishi mumkin.

Futer tо‘qimasi issiqlik saqlash xususiyati yuqoriligi bilan ajralib turadi va undan issiq kiyimlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Aynan taralgan futer ipi tufayli tо‘qima issiqlik saqlash xususiyati 50 %ga oshadi. Ushbu tо‘qima futer ipining mavjudligi tufayli tarkibiy tо‘qimaga nisbatan kam chо‘ziladi, eshiluvchanligi о‘zgarmaydi. Halqa qator bо‘ylab oldi tomoniga buraladi, halqa ustunchalari bо‘yicha esa buralmaydi.



Trikotaj tо‘qimalari tasnifidagi bosh, hosilali, naqshli tо‘qimalar guruhining hech biriga ta’luqli bо‘lmagan, о‘z vaqtida shu tо‘qima elementlarining qо‘shilishi bilan shakllangan trikotajga aralash tо‘qimalar deyiladi.

Aralash trikotaj odatda turli guruh tо‘qima qatorlari yoki alohida elementlarining ma’lum tartibda takrorlanib kelishi bilan hosil bо‘ladi. Shuning uchun ham aralash trikotaj tо‘qimalar turli tuman bо‘lib, juda keng tarqalgandir.

Ikki yoki undan ortiq tо‘qima qatori yoki elementlarining qо‘shilishidan xususiyatlari о‘zgacha yangi tо‘qima kelib chiqadi. Masalan, lastik tо‘qimasining boshqa tо‘qimalar bilan qо‘shilishi uning eniga chо‘ziluvchanligini kamaytiradi. Bunday aralash tо‘qimalar shakl saqlash xususiyatiga ega ustki trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.

Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish