T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet37/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

1.6-§. Gazlamalarni standartlash

1.6.1-§. Gazlamalarning navini aniqlash

Barcha gazlamalarning navini aniqlash uchun tegishli davlat standartlari mavjud. Shu jumladan:

- ip gazlamalari uchun - 161-86 raqamli;

- zig’ir tolali gazlamalar uchun - 357-75 raqamli;

- jun gazlamalari uchun - 358-82 raqamli;

- ipak gazlamalari uchun - 187-85 raqamli

standartlar. Ushbu standartlar bo’yicha gazlamalarning navini aniqlash ularning tolali tarkibiga ko’ra turlicha bajariladi.

1. Ip va ipak gazlamalarning navini aniqlash. Ip gazlamalarning navini aniqlash uchun bular to’rtta guruhga bo’linadi:

Birinchi guruh - shit, gul bosilgan surp, satin, ayollar ko’ylagibop, kiyimbop va jovonsozlikda ishlatiluvchi va uy jihozlariga mo’ljallangan gazlamalar.

Ikkinchi guruh - shoyshabbop va ichki kiyimlar uchun mo’ljallangan gazlamalar.

Uchinchi guruh - astarbop, matraslar uchun mo’ljallangan gazlamalar va past navli paxta tolasidan ishlab shiqarilgan hamda xom gazlamalar.

To’rtinshi guruh - kesilgan tukli gazlamalar.

Ip gazlamalarning navini belgilash uchun ikkita raqam ko’rsatkichi qo’yilgan: I - birinchi nav; II - ikkinchi nav.

Ip gazlamalarning navini aniqlash ikkita asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi:

a) gazlamalarning fizik - mexanik xossalari va bo’yoqining mustahkamligi bo’yicha ko’rsatkichlari davlat standartida yoki texnikaviy sharoitlarda ko’rsatilgan, me’yorlarga mos kelishligi;

b) gazlamalarning tashqi ko’rinishidagi nuqsonlarning miqdori.

Ip gazlamalarning tashqi ko’rinishida uchraydigan nuqsonlar o’z navbatida ikkita turga bo’linadi:

a) gazlamaning butun to’pi bo’yicha tarqalgan nuqsonlar (ifloslanish, turli tovlanuvchanlik, yo’l-yo’llik va hokazolar);

b) mahalliy nuqsonlar - gazlama to’pining ayrim joylarida uchrovchi nuqsonlar (dag’al, chigal arqoq iplilik, arqoq yoki tanda ipi yo’qligi, arqoq ipining zichliligi va siyrakligi va hokazolar).

Ip gazlamaning navini baholash yig’ilgan nuqsonlar jamiga qarab olib boriladi:

1 - nav ko’rsatkichiga jami 10 nuqsondan ko’p bo’lmagan;

II - nav ko’rsatkichiga jami 30 nuqsondan ko’p bo’lmagan gazlamalar kiradi.

Biroq bu ko’rsatkichlar ip gazlamalar to’pi uchun belgilangan shartli uzunligiga qarab olib boriladi. Bunday sharoitda gazlamaning eni ham hisobga olinadi:

- tayyor ip gazlamalarning eni 90 sm gacha bo’lgan turlari uchun belgilangan Shartli uzunlik 40 m ga teng;

- tayyor gazlamalarning eni 90 sm dan 110 sm gacha bo’lgan turlari uchun 30 metr;

- tayyor gazlamalarning eni 110 sm dan oshsa - 23 metr;

- kesilgan tukli ip gazlamalarning eni 110 sm gacha bo’lgan turlari uchun - 20 metr; eni 110 sm dan oshsa - 10 metr.

Agar gazlama to’pining haqiqiy uzunligi belgilangan shartli uzunligidan farq qilgudek bo’lsa, uning mahalliy nuqsonlari bo’yicha yig’ilgan nuqsonlar jami gazlamaning haqiqiy uzunligiga mos holda quyidagi tenglama yordamida qayta hisoblanadi:

HSh =NhLSh/Lh (1.1)

bu erda: Nh-gazlamaning haqiqiy uzunligi buyicha yig’ilgan mahalliy nuqsonlar son miqdori; Lh-gazlama to’pining haqiqiy uzunligi, m; LSh-gazlama to’pining shartli uzunligi, m.

Ip gazlamalarning navini aniqlashda quyidagi fizika-mexanikaviy xususiyatlar nazarga olinadi:

- yuza zichligi, g/m2;

- eni, sm;

- uzish kuchi, H;

- kirishuvchanligi, foiz.

Bu xususiyatlarning ko’rsatkichlari standartlar yoki texnik shartlardagi me’yorlarga mos kelishlari shart.

Ipak gazlamalarning navini aniqlash ip gazlamalariga o’xshash bo’ladi. Ipak gazlamalar uchta guruhga bo’linadi:

Birinchi guruh - ichki kiyimlik, ko’ylaklik, kiyimlik va boshqa sof ipaklik gazlamalar.

Ikkinchi guruh - astarbop va boshqa yarim ipak gazlamalar.

Uchinchi guruh - tukli gazlamalar.

Ipak gazlamalari umumiy nuqsonlar yig’indisiga qarab uchta navga bo’linadi: I-birinchi, II-ikkinchi va III- uchinchi. Nuqsonlar yig’indisi quyidagicha:



Navning raqami

Gazlamaning tashqi ko’rinishi

Silliq gazlamalar

Tukli gazlamalar

I

7

5

II

17

9

III

30

25

2. Zig’ir tolali gazlamalarning navini aniqlash. Zig’ir tolali gazlamalarning navini aniqlash uchun bular uchta guruhga bo’linadi.

Birinchi guruh - yirik naqshli o’rilishdagi gazlamalar, zig’ir tolali va yarim zig’ir tolali gazlamalarning sidirg’a rangli, oqartirilgan, nafis xom turlari, silliq tuzilishdagi va mayda naqshli matolar, ayollar ko’ylagi va kostyumbop, uy jihozlari uchun ishlatiluvchi gazlamalar.

Ikkinchi guruh - chodirbop, kema elkanlari uchun ishlatiluvchi brezentlar, chirishga bardosh beradigan gazlamalarning dag’al turlari.

Uchinchi guruh - qoplar tikish uchun ishlatiluvchi va kiyimlarning qatlari sifatida (bortovkalar) ishlatiluvchi gazlamalar.

Zig’ir tolali gazlamalarga ham xuddi ip gazlamalariga belgilanganidek ikkita sifat ko’rsatkichi tayin etilgan fizik-mexanik xususiyatlar ko’rsatkichlarining standart me’yorlariga mos kelishi va tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar bor-yo’qligi. Zig’ir tolali gazlamalarning sifatini aniqlashda hisobga olinadigan tashqi ko’rinishdagi nuqsonlar mahalliy va tarqalgan nuqsonlarga bo’linadi.

Zig’ir tolali gazlamalarning sifati ikkita nav bilan belgilanadi: I - birinchi, II - ikkinchi.

Birinchi navli gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlari davlat standartida ko’rsatilgan raqamlarga mos kelishi shart. Ikkinchi navli gazlamalarda fizik-mexanik xususiyatlarning ko’rsatkichlari va standart me’yorlari orasida farq bo’lishi mumkin, ammo bu nuqson bilan baholanmaydi.

Gazlamada mahalliy nuqsonlarning jami sanaladi va shartli yuzaga qaytadan hisoblanadi. Shartli yuza 30 kvadrat metrga teng:

HSh= Hh 3 103 /L B (1.2)

bu yerda:3 103 -shartli yuza, m2 ; L - to’pning uzunligi, m; B - gazlamaning eni, sm.

Birinchi navli gazlamalarda 8 ta nuqson va ikkinchi navli gazlamalarda 22 ta nuqsondan ko’p bo’lishi mumkin emas.

Birinchi navli gazlamalarda tarqalgan nuqsonlar bo’lishi ma’n etiladi Ikkinchi navli gazlamalarda esa bularning soni bittadan ko’p bo’lmasligi shart.




Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish