T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov


-§. Gazlamalarning egilish deformasiyasiga bog‘liq xususiyatlari



Download 14,46 Mb.
bet40/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

1.6.2-§. Gazlamalarning egilish deformasiyasiga bog‘liq xususiyatlari

Tikuvchilik gazlamalari uchun ahamiyatliligi jihatidan egilish deformasiyasi chо‘zilish deformasiyasidan keyin ikkinchi о‘rinda turadi.

Gazlamalarga ta’sir etuvchi kuchning miqdori katta bо‘lmasa ham hatto о‘z vazni ta’sirida ham osongina egiladi.

Egilish deformasiyasiga bog‘liq xususiyatlar jumlasiga Materiallarning bikrligi, burmabopligi va g‘ijimlanmasligi kiradi.

Tikuvchilik gazlamalarning egilishidagi bikrligi deb ularning egilganda о‘z shaklini о‘zgartirishiga qarshilik kо‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Gazlamalarning bikrligi ularni hosil qiluvchi tolalar va iplar tuzilishiga va xususiyatlariga, pardozlash turiga, iplarning zichligi va о‘rilishiga bog‘liq bо‘ladi. о‘z navbatida Gazlamalarning bikrligi bichish jarayoniga ta’sir etadi. Bikrlikni aniqlaydigan uskunalar ikkita guruhga bо‘linadi:

1. Gazlamalarni taqsimlangan kuch ta’sirida etadigan uskunalar.

2. Gazlamalarni bir joyga yig‘ilgan kuch ta’sirida etadigan uskunalar.

Birinchi guruhga M003B va PT-2 markali uskunalar kiradi (1.71 va 1.72-rasmlar).

Kо‘ndalang holatdagi plastinka ustiga namunani yuk yordamida mahkamlab qо‘ygandan keyin plastinkalar soatli mexanizmi yordamida pastga qarab ohista tushadi. Plastinkalar bо‘ylama holatga kelganda namuna ma’lum miqdorda egiladi. Egilishning miqdori uskunaning kо‘rsatkichidan yozib olinadi.



1.71-rasm.M003B asbobi.




1.72-rasm. PT-2 uskunaning shakli.

1-qо‘shgich tugma; 2-mexanizm; 3-muruvat; 4-egilishi kо‘rsatkichi; 5-shkala;


6-yuza qismi; 7-namuna; 8-yuk; 9-shkala.

Tikuvchilik gazlamalarining shartli bikrligi VSH (mkNsm2) quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

, (1.4)

bu yerda: 42046-doimiy koeffisent; m - beshta yig‘indi namunaning yig‘indi massasi,g; Aq - egilish miqdoriga bog‘liq bikrlik koeffisiyenti (standartlarda beriladi).

Gazlamalarning burmabopligi deb gazlamalarning yumshoq va mayda buramlar hosil qilishiga aytiladi. Bu xususiyat gazlamalarning bikrligi va vazniga bog‘liq. Gazlamalarning bikrligi qancha katta bо‘lsa, uni egish uchun sarflangan kuch ham shuncha katta bо‘ladi. Burmabopligi esa kichik bо‘ladi. Gazlamalarning massasi oshishi bilan uning burmabopligi ham oshadi.

Burmaboplik ikkita usulda aniqlanadi:

1. Automatic Drapability Tester, M213 Fabric Drape Tester va markaziy ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (SNIIshyolka) tomonidan yaratilgan gazlamalarning burmaboplik xususiyatini aniqlash usuli. Bu usul eng oddiy deb hisoblanadi va gazlamalarning ikkala yо‘nalishida (bо‘yi va eni bо‘yicha) alohida aniqlanadi (1.73-1.75-rasmlar). Sinovni о‘tkazish uchun materialdan 200x400 mm о‘lchovli namuna qirqib olinadi. Uning qisqa tomoniga tо‘rtta nuqta qо‘yiladi. Belgilangan nuqtalardan igna 3 о‘tkazilib namuna 1 da uchta burma hosil qilinadi. Namunaning uchlari tiqin 2 bilan mahkamlanadi. 30 minut davrida namuna erkin osilgan holda turadi. Keyin, namunaning pastki uchlari orasidagi masofa Ab-chizg‘ich yordamida о‘lchanadi va namunaning burmabopligi B (foiz) quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

, (1.5)

bu yerda: 200-namunaning eni, mm; Ab-namunaning pastki uchlari orasidagi masofa,mm.



1.73-rasm. Automatic Drapability Tester asbobi.




1.74-rasm. Gazlamalarning burmabopligini SNIIshyolk usuli bilan aniqlash.

1-namuna; 2-tiqin; 3-igna.





1.75-rasm. M213 Fabric Drape Tester asbobi.


2. Disk usuli. Gazlamalarning ikkala yо‘nalishidagi burmabopligini aniqlash uchun disk usuli qо‘llaniladi. Bu usulda sinovlar о‘tkazish uchun gazlamalardan doira shaklida qirqilgan namuna ikkita disk orasiga qо‘yiladi (1.76-rasm).


1.76-rasm. Materiallarning burmabopligini disk usuli

bilan aniqlash.

1-namuna; 2-disk; 3-sterjen.


Disklarning diametri namunaning diametridan kichik bо‘lgani tufayli namunaning chetlari yerkin holatda osilib turadi. Namunaning ustidan parallel yorug‘lik nurlari berilgandan keyin qog‘ozga namunaning soyasi tushadi (1.77-rasm). U chizilib olinadi. Burmabopligi yaxshi bо‘lgan materiallarning soyasi kо‘rinishda chuqur burmalar hosil bо‘ladi.

1.77-rasm. Namunani qog‘ozdagi tasviri.

a-yaxshi; b-yomon; v-tanda bо‘yicha yomon.
Bu holda namuna yuzasi bilan uning soyasining yuzasi orasidagi farqi katta bо‘ladi. Gazlamalarning burmabopligi past bо‘lsa, soyaning yuzasi namuna yuzasi miqdoriga yaqin bо‘ladi. Ayrim gazlamalarning yо‘nalishlarining birida burmabopligi yaxshi, ikkinchisida esa pastroq bо‘ladi.

Disk usulida burmaboplik koeffisenti quyidagi formula yordamida hisoblanadi.



, (1.6)

bu yerda: Sn-namunaning yuzasi, mm2; Ss-namuna soyasining yuzasi, mm2.

Egilish va qisilish deformasiyalari ta’siri natijasida Gazlamalar g‘ijimlanadi, ya’ni ular burmalar va g‘ijimlar hosil qiladi. hosil bо‘lgan g‘ijim va burmalarni faqat namlab-isitib dazmollashdagina ketkazish mumkin. Gazlamalarning g‘ijimlanishi ularning tola tarkibiga, tuzilishida ishlatilgan iplarning yо‘g‘onligiga, о‘rilish va pardozlash turiga, zichligiga bog‘liq. Gazlamalarning g‘ijimlanuvchanligi ularning salbiy xususiyatlaridan biridir. U buyumning kо‘rinishini buzadi. Oson g‘ijimlanadigan gazlamalar tez ishdan chiqadi, chunki bukilgan va burmalangan joylarda ancha ishqalanadi. Gazlamalarning g‘ijimlanmasligi deganda ularning g‘ijimlanishga qarshilik kо‘rsatichi va g‘ijimlangandan keyin о‘zining dastlabki holatiga kelishi tushuniladi.

Gazlamalarning g‘ijimlanmasligini aniqlash uchun qо‘llaniladigan asboblarni ikki guruhga bо‘lish mumkin:

1. Gazlamalarda belgilangan joyidan g‘ijimlar hosil qiluvchi asboblar.

2. Gazlamalarda tartibsiz g‘ijimlar hosil qiluvchi asboblar.

Birinchi guruhga AW-6, M272 AATCC WRINKLE RECOVERY TESTER, M003A SHIRLEY CREASE RECOVERY TESTER & LOADING DEVICE, SMT va ST-1 markali asboblar kiradi. ST-1 asbobi jun gazlamalarini sinash uchun ishlatiladi. qolgan gazlamalarning barchasi SMT asbobida tekshiriladi. Bu yerda 1800 burchakka egilgan namunaga (1.78-1.81-rasmlar) 15 min davomida 1,5 kg li yuk ta’sir etadi. Yukni olgandan keyin namuna 5 minut davomida tiklanadi. Bundan sо‘ng tiklanish burchagi aniqlanadi. Gazlamalarning g‘ijimlanmasligi N (foiz), tiklash burchagining () egilish burchagiga () nisbati bilan baholanadi:

. (1.7)

G‘ijimlanmaslik materiallarning ikkala yо‘nalishi tanda va arqoq bо‘yicha alohida aniqlanadi.

ST-1 markali asbobda jun gazlamadan olingan namunani maxsus metall plastinkasi yordamida bukib uchta burma hosil qilinadi va bu holatda u 5 min davomida yuk ostiga qо‘yiladi. Yukni olgandan keyin namuna 3 min davomida tiklanadi. Bundan keyin namunadagi burmaning balandligi о‘lchaniladi. g‘ijimlanmaslik koeffisenti quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

1.78-rasm. AW-6 asbobi.




1.79-rasm. Gazlamalarning g‘ijimlanmasligini aniqlash usuli.

1-asos; 2-murvat; 3-tenglashtirish darajasi; 4-shkala; 5-ustun; 6-qisqich;


7-muruvat; 8-egilgan qirqim; 9-kо‘rsatkich; 10-qirqim; 11-linza;






Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish