Tuzuvchilar:
|
T.A.Ochilov
B.B.Axmedov
S.U.Patxullayev
F.R.Taniberdiev
Sh.S.Mengnarov
|
|
|
Taqrizchilar:
|
“Paxtasanoat ilmiy matkazi” AJ standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha ilmiy maslahatchi, texnika fanlari nomzodi, t.f.n. A.A.Axmedov
|
|
«Yigirish texnologiyasi» kafedrasi professori, t.f.n. Q.G‘.G‘ofurov
|
KIRISH
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020 yilni «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan «Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi...” deb ta’kidlab о‘tdilar. Shu munosabat bilan har bir sohada, jumladan paxtani dastlabki ishlash sanoatida ham raqamli texnologiyalarni joriy qilish dolzarb masalalar qatoriga kiradi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 fevraldagi “Tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PQ-4186-sonli Qarori qabul qilingani ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda tо‘qimachilik sanoati oldida turgan bir qator dolzarb vazifalar jumlasiga korxonalarni qayta jihozlash, yangi texnologiyalarni joriy etish, xom ashyodan samarali foydalanishni ta’minlash, ikkilamchi xom ashyo va tolali chiqindilardan tо‘laroq foydalanish, yangi turdagi mahsulotlar turini kо‘paytirish, eksport hajmini oshirish kabi muhim vazifalar kiradi.
Jahonda tо‘qimachilik sanoati tobora qudratli sohalardan biriga aylanib bormoqda. Bu sohani rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan eng asosiy, hal qiluvchi omil hisoblangan xom ashyo zahirasining mavjudligi bilan ifodalanadi., «Dunyo tо‘qimachilik sanoatida paxta tola-67%, kimyoviy tola ishlab chiqarish-20%, jun tola-10%, lub tolalar-1,6% va boshqalar-1,4% tashkil etmoqda. Tо‘qimachilik sanoati jadal sur’atlarda rivojlanayotgan asosiy hududlarga AQSH, Yevropa, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va MDHni kiritish mumkin».
Сифат к´рсаткичларнинг баµолаш усуллари бир ³анча б´либ, уларга рангали комплексли сифат к´рсаткич, комплексли балли органолептик сифат к´рсаткич, комплекс балли баµолашнинг ´лчамли сифат к´рсаткичи, сифат индексини комплекс баµоси, ма³булликнинг умумий к´рсаткичи киради.
Mahsulotning sifatini yaxshilash va ularning assortimentlarini kengaytirish hozirgi bozor iqtisodiyotining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Keyingi paytlarda iste’molchilarning tо‘qimachilik buyumlariga bо‘lgan talabi kundan kunga ortib bormoqda. Chunki, hozirgi paytda Respublikamizning ichki bozorlari xorijdan keltirilayotgan sifatli mahsulotlarga bо‘lgan talabi katta. Bizning asosiy maqsadimiz ichki bozorlarimizni о‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli kiyim-kechaklar bilan tо‘ldirish, hamda Respublikamiz eksport salohiyatini oshirishdan iboratdir. Demak, tо‘qimachilik mahsulotlari dunyo va ichki bozorlarda raqobatlasha oladigan bо‘lishi kerak. Mahsulot sifat kо‘rsatkichlari nafaqat mahsulotning barcha kо‘rinishdagi xossalari darajasiga yoki ularni aniq о‘lchamiga muvofiqligi bо‘libgina qolmay, balki bu xossalariga bо‘lgan talab darajasiga ham bog‘liqdir. Eng muhimi sifat kо‘rsatkichlarini tо‘g‘ri tanlash va yetarlicha asoslash natijasida, mahsulotning ishlatilishi bо‘yicha uning qayta ishlanilishini ta’minlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlariga binoan, keyingi yillarda Respublikamiz oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri sifatida aholini moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, korxona va sanoat korxonalarini zamonaviy boshqarish uslublari asosida mahalliy xom ashyodan samarali foydalanish, xaridorbop mahsulotlar miqdorini oshirish kabi muammolarni qо‘ydi.
Сифат к´рсаткичларнинг баµолаш усуллари бир ³анча б´либ, уларга рангали комплексли сифат к´рсаткич, комплексли балли органолептик сифат к´рсаткич, комплекс балли баµолашнинг ´лчамли сифат к´рсаткичи, сифат индексини комплекс баµоси, ма³булликнинг умумий к´рсаткичи киради.
Mahsulotning sifatini yaxshilash va ularning assortimentlarini kengaytirish hozirgi bozor iqtisodiyotining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Keyingi paytlarda iste’molchilarning to‘qimachilik buyumlariga bo‘lgan talabi kundan kunga ortib bormoqda. Chunki, hozirgi paytda Respublikamizning ichki bozorlari xorijdan keltirilayotgan sifatli mahsulotlarga bo‘lgan talabi katta. Bizning asosiy maqsadimiz ichki bozorlarimizni o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli kiyim-kechaklar bilan to‘ldirish, hamda Respublikamiz eksport salohiyatini oshirishdan iboratdir. Demak, to‘qimachilik mahsulotlari dunyo va ichki bozorlarda raqobatlasha oladigan bo‘lishi kerak. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari nafaqat mahsulotning barcha ko‘rinishdagi xossalari darajasiga yoki ularni aniq o‘lchamiga muvofiqligi bo‘libgina qolmay, balki bu xossalariga bo‘lgan talab darajasiga ham bog‘liqdir. Eng muhimi sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tanlash va etarlicha asoslash natijasida, mahsulotning ishlatilishi bo‘yicha uning qayta ishlanilishini ta’minlaydi.
Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, ta’minlash va rejalashtirishda zamonaviy baholash uslublari va sifat ko‘rsatkichlarining standartlarini yaxshi bilishlari lozim.
Tikuvchilik sanoatida kiyim-kechaklarni ishlab chiqarisda ishlatiladigan materiallar asosan to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqariladi.
“Tikuv buyumlari materialshunosligi” o‘quv qo‘llanmasi fan dasturi asosida yozilgan bo‘lib, 3.53.10.08-Tikuvchilik kasbi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar va shu soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda to‘qimachilik materiallariga qo‘yiladigan talablar, tabiiy va kimyoviy tolalarning olinishi, tuzilishi va xossalari, namuna olish uslublari, tikuvchilik materiallarining sifatini baholash uslublari, tikuvchilik materiallarining tuzilishi va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, tikuvchilik materiallarining assortimenti hamda boshqa kiyimlik materiallar bilan tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |