“TASDIQLAYMAN”
Ishlab chiqarish ta’limi
bo‘yicha direktor o‘rinbosari
___________________A.Qurbonov
“____”_________________2021- yil
Guruhlar
|
|
|
|
|
Dars o`tiladigan sana
|
|
|
|
|
Talabalar soni
|
|
|
|
|
Amaliy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
1-mavzu: Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritish.
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli
Mashg‘ulot vaqti-6 soat
|
O‘quvchilar soni nafar
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy
|
Mashg‘ulot rejasi
|
Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritish.
Tayyor mahsulotlarni hisobga olish.
Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritishni, tayyor mahsulotlarni hisobga olish, tayyor mahsulotlarni sotish hisobini o‘rgatish.
|
Pedagogik vazifalar: Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritishni, tayyor mahsulotlarni hisobga olish, tayyor mahsulotlarni sotish hisobini o‘rgatish.
|
O‘quv faoliyatini natijalari:
Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritishni, tayyor mahsulotlarni hisobga olish, tayyor mahsulotlarni sotish hisobini o‘rganadilar.
|
O‘qitish usullari
|
Amaliy, pinbord, aqliy hujum, namoyish;
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, doska, bo‘r, axborotli ta’minot; Ko‘rgazmali materiallar (slaydlar),
|
O‘qitish shakli
|
Ommaviy,
|
O‘qitish shart-sharoitlari
|
Maxsus texnik vositalardan foydalanishga mo‘ljallangan auditoriya
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Og‘zaki so‘rov; tezkor so‘rov;
Nazorat so‘rovlari;
|
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
O‘quvchi
|
1-bosqich
O‘quv mashg‘ulotiga kirish
( 25 minut)
|
O`quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatni tekshiradi. O‘quvchilarning ” Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritish.” mavzusi bo‘yicha tayanch bilimlarini tekshirish maqsadida savollarini tarqatadi. O‘quvchilarga savollarini variantlar bo‘yicha tarqatadi, faoliyatini nazorat qiladi.
Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan
natijalarni yetkazadi, mavzularning o‘zaro aloqasini yoritadi, ularga qisqa tavsif beradi.
Reyting-nazorat tizimi, joriy, oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari bilan tanishtiradi, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi.
Birinchi o‘quv mashg‘ulotining mavzusi, rejasi, maqsadi va natijalarini aytadi.
|
Nazorat topshirig‘ini bajaradilar;
Tinglaydilar,
Yozib oladilar
Tushunchalarni aytadilar;
Eshitishadi; Yozishadi;
|
2-bosqich
Asosiy
(200 minut)
|
2.1 Aqliy hujum usuli yordamida ushbu fan bo‘yicha ma’lum bo‘lgan asosiy tushunchalarni aytishni taklif etadi. Aqliy hujum usuli qoidasini eslatadi. Barcha aytilayotgan takliflarni yozuv taxtasiga yozib boradi. Ushbu ish mashg‘ulot yakunida tugatilishini ma’lum qiladi.
2.2. Slaydlarni Power point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.2. Yozuv taxtasida yozilgan tushunchalarga qaytishni taklif etadi. O‘quvchilar bilan birga fanga taalluqli bo‘lmagan va qaytariluvchi ma’lumotlarni olib tashlaydi, muhim asosiy tushunchalarni (Pinbord) kiritadi.
|
Fikrlarini aytishadi;
Eshitishadi; yozishadi;
Tinglaydilar;
Savollar beradilar;
Muhokama qiladilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd etadilar
|
3-Bosqich
Yakuniy
(15 minut)
|
3.1 Mavzu bo‘yicha yakun yasaydi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga o‘quvchilar e’tiborini qaratadi.
3.2 O‘quvchilarning mustaqil tayyorlanishlari uchun vazifa beradi: Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni yozib, o‘rganib kelish.
|
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar;
|
1-mavzu: Ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari hisobini yuritish.
Buxgalteriya hisobining 1С dasturiy ta’minotida (keyingi matnlarda “Dastur” deb ataladi) ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtirilgan holda aks ettirish uchun quyidagi xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish mumkin:
- ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladigan ishlab chiqarish zaxiralari va
chet tashkilotlarning xizmatlarining kirimi;
- ishlab chiqarish zaxiralarini mahsulot ishlab chiqarishga berish;
- omborga tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlaming kirimi;
- o‘z ishlab chiqarish bo‘limlariga ko‘rsatilgan xizmatlarni aks ettirish;
- mahsulot (tovar, xizmat)larning haqiqiy tannarxini aniqlash;
- o‘z ishlab chiqargan tayyor mahsulot (yarim tayyor mahsulot, xizmat)larni
sotish;
- buyurtmachilarga xizmatlarni ko‘rsatish;
- daval xom-ashyolarni qayta ishlovga berish.
Ishlab chiqarishga doir hujjatlarda ishlab chiqarish bo‘limini yozish majburiy
hisoblanadi.
Dasturda mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo‘lgan va ishlab
chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hamda ishlab chiqarish faoliyatiga ta'sir
ko‘rsatuvchi omillarni hisob siyosatida aks ettirish lozim.
Dasturda ishlab chiqarish faoliyati quyidagicha aks ettiriladi:
l. Oy davomida ishlab chiqarish faoliyatini bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida hisobga olib boriladi. Ishlab chiqarish zaxiralari avval omborga qabul qilinadi va undan keyin ishlab chiqarishga beriladi.
2. Omborga tayyor mahsulot (yarim tayyor mahsulot)lar reja bahosida (ishlab chiqarish hisobi reja bahosida olib borilsa) yoki material qiymati (ishlab chiqarish hisobi spetsifikatsiya asosida olib borilsa) asosida qabul qilinadi.
3 . O‘z ishlab chiqarish bo‘limlariga va chet tashkilotlarga ko‘rsatilgan
xizmatlar hisobi aks ettiriladi.
4. Oy oxirida inventarizatsiya natijasida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari aniqlanadi, agar tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi hujjati foydalanilsa.
5. Oy oxirida reglamentli operatsiyalar natijasida ishlab chiqarish tayyor mahsulot (yarim tayyor mahsulot, xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi schyotlarida olib boriladi:
- 2000 “Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar”;
- 2300 “Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar”;
- 2500 “Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”;
- 2600 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi
schyotlar”.
Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagilar bo‘yicha olib boriladi:
- Ishlab chiqarish bo‘limlari (Tashkilotning bolimlari ma’lumotlar bazasi);
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari (Nomenklatura guruhi
ma’lumotlar bazasi);
- Xarajat moddalari (Xarajat moddalari va boshqa xarajat va daromadlar
ma’lumotlar bazasi).
Omborga materiallar kirimi qilish uchun menyu xaridlar - Tovar va
xizmatlarning kirimi — Xarid, komissiya operatsiya turi yoki qayta ishlovga
hujjatlari bilan kirim qilinadi.
Material va yarim tayyor mahsulotlarning analitik hisobini olib borish uchun
Nomenklatura ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi.
Material va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga berishda menyu
Ishlab chiqarish-Talabnoma-yukxati hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatning
yuqori qismida qaysi ombor chiqarilayotgan bo‘lsa, o‘sha ombor ko‘rsatilishi
shart.
Materiallar zakladkasida ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar va
yarim tayyor mahsulotlarning nomi, miqdori va qaysi schyotlardan hisobdan
chiqarilayotganligi ko‘rsatiladi.
Uzasbo programmasida bu jarayoni xarajat schyotlari zakladkasida
xarajatlar hisobining schyoti va analitik hisob obyektlari orqali aks
ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralar haqidagi ma'lumotlar dasturiy majmuaga tovarmoddiy zaxiralarning analitik hisobini yuritishda foydalaniladigan М-44-son
shakldagi tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha “Aylanma qaydnoma", 296-son
shakldagi Moddiy qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi),
Moddiy javobgar shaxslar haqidagi ma 'lumot va boshqa hujjatlardan foydalangan
holda kiritiladi.
Bu quyidagicha bajariladi:
1. Dasturiy majmuadagi tovar-moddiy zaxiralar ma 'lumotnomasini
to‘ldirish uchun “Ma’lumotnomalar”—“Справочники” oynasidan
“Foydalanuvchilar” ma’lumotnomalari” - “Справочники пользователя” bo‘limi, so‘ng “Tovar moddiy zaxiralar ”—“Товарно-материальние запасы ” qatori tanlab ochiladi.
2. “Добавить” tugmachasini (1) bosib, “TMZ” ma’lumotlarini dasturga
kiritish oynasi ochiladi. Oynadagi kataklarga so‘ralgan ma’lumotlar yozib yoki
uchta nuqtali (...) belgi tugmachani bosish bilan paydo bo‘ladigan ma’lumotlardan
“Tanlov” - “Выбрать” tugmachasi yordamida olib to‘ldiriladi. Tovar-moddiy
zaxiralarning to‘liq nomi “Наименование” katakchasiga (2) yoziladi, o‘lchov
birligi “Единица измирения” katakchasini ochib, o‘lchov birligi (3) tanlab
olinadi.
3. Tovar-moddiy zaxiralarning turiga qarab “Tip TMZ” tanlab olinadi.
4. “Номер ” katakchasiga tartib raqam yoziladi. “Статья ” katakchasiga
tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilish xarajatlar moddasi tanlab olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha birlamchi buxgalteriya
ma’lumotlari dasturga kiritilib bo‘lgandan so‘ng, tekshirish uchun “Проверить” tugmachasi bosiladi.
Agar oynadagi katakchalardan birortasi to‘ldirilmagan bo‘lsa, aynan shu
katak to‘ldirilmaganligi haqida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo‘ladi. Barcha
ma’lumotlar to‘la va to‘liq kiritilgan bo‘lsa, ogohlantiruvchi yozuv chiqmaydi.
Tayyor mahsulotlarni hisobga olish.
Tayyor mahsulotlar - ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan o‘tgan,
Davlat standarti yoki texnik talablarga to‘liq javob beradigan, sifat nazorati bo‘limidan o‘tgan va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va tayyor mahsulotlar omboriga topshirilgan mahsulotlarga aytiladi.
Tayyor mahsulotlar oy davomida ishlab chiqariladi va tayyor mahsulotlar omboriga topshirilishi menyu ishlab chiqarish - Smena bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti hujjati bilan rasmiylashtiriladi.
Oy davomida tayyor mahsulotlar (yarim tayyor mahsulotlar) omborga reja
bahosi yoki material xarajatlar bahosi (hisob siyosatiga qarab) bilan qabul qilinadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi reglament operatsiyalarini (2000,
2300, 2500 schyotlarning yopilishi) amalga oshirilishi bilan hisoblanadi.
Jadval qismining Xizmatlar zakladkasida bir bo‘lim tomonidan boshqa bo‘limga ko‘rsatilgan xizmatlari aks ettiriladi. Har xizmat uchun quyidagilar ko‘rsatiladi:
- ko‘rsatilgan xizmatlarning nomi;
- miqdoriy ko‘rsatkichlari yoki reja bahosi (hisob siyosatidan kelib chiqqan holda);
-xizmatlar ko‘rsatilayotgan bo‘limning xarajatlar hisobining schyoti;
- nomenklatura guruhi — ishlab chiqarilgan mahsulotning turi.
Ishlab chiqarishga berilgan ishlab chiqarish zaxiralardan qaytariladigan
chiqindilarning kirim qilinishida ularning nomi miqdori belgilangan bahosi
qaytariladigan chiqindilar hisobining schyoti xarajat moddalari nomenklatura
guruhi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Mahsulotni ishlab chiqarishga berilgan xom-ashyolar chiqimi Materiallar
to‘ldiriladi. Mahsulotlar zakladkasida tayyor mahsulotlar bo‘yicha spetsifikatsiya
ko‘rsatilayotgan bo‘lsa Materiallar qismi avtomatik ravishda To‘ldirish
tugmachasini bosish bilan to‘ldirish mumkin.
Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi
Omborga qabul qilingan tayyor mahsulotlar xaridorlar bilan tuzilgan
shartnomalar bo‘yicha sotiladi va ularning sotilishi Tovar va xizmatlarning
sotilishi hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatning jadval qismi sotilayotgan
mahsulot haqida ma’lumotlar Nomenklatura ma’lumotlar bazasidan foydalanib
rasmiylashtiriladi (menyu Sotuv-Tovar va xizmatlarning sotilishi). Hisob-kitoblarni am alga oshirishda foydalaniladigan schyotlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |