T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet48/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

1.6.4-§. Tikuvchilik gazlamalarining

kirishishi

Yuvilganda, hо‘llanganda, hо‘llab dazmollanganda, nisbiy namligi katta bо‘lgan havoda saqlanganda materiallarning о‘lchovlari о‘zgaradi. Ana shunday о‘lchovlarning о‘zgarishi materiallarning kirishishi deb ataladi.

Bu jarayonda kо‘pincha materiallarning о‘lchovlari kichrayadi. Bu holdagi kirishish musbat kirishish deb ataladi. Ayrim materiallarning о‘lchovlari oshadi. Shunday kirishish manfiy kirishish deb ataladi. Tо‘quvchilikda materiallarga namlab-isitib ishlov bergan paytda ham uning о‘lchovlari kichrayadi (kirishtirib dazmollash jarayoni) yoki oshadi (chо‘zib dazmollash jarayoni). Namlab isitib ishlov bergandagi kirishish majburiy-kirishish deb ataladi. Majburiy kirishtirish yordamida tо‘quvchilik buyumlariga ma’lum kerakli shakl beriladi. Majburiy kirishtirish yordamida tо‘quvchilik buyumlariga ma’lum kerakli shakl beriladi. Majburiy kirishtirishdan boshqa kirishishlar Materiallarning salbiy kо‘rsatkichlaridir. Materiallarning kirishishi natijasida ulardan tikilgan buyum va buyum qismlarining kichrayishi va shakli buzilishi mumkin. Agar buyumning asosiy materiali, astari va qatlami turlicha kirishsa, kiyimning tashqi kо‘rinishi yomonlashadi, unda g‘ijimlar va burmalar paydo bо‘ladi. Kirishishiga kо‘ra tо‘quvchilik materiallari uchta guruhga bо‘linadi (1.6-jadval).

Kirishish meyorlari

1.6-jadval


t/r

Kirishish meyorlari,foizda

Guruhning nomi

Materiallar

Trikotaj

Tanda yо‘nalishida

arqoq yо‘nalishida

bо‘ylamasi

bо‘yicha


kо‘ndalangi

bо‘yicha


1.

1,5

1,5

2,0

3,0

Kirishmaydigan

2.

3,5

2,0

5,0/6,0

7,0/8,0

о‘rtacha kirishadigan

3.

5,0

2,0

10,0

15,0

Kirishadigan

Suratda-bо‘ylamasiga tо‘qilgan, maxrajda-kо‘ndalang tо‘qilgan trikotaj matolari uchun.

Materiallarning kirishishiga bir necha sabab bor:

1. Tо‘qimachilik va tо‘quvchilik jarayonining barcha bosqichlarida (yigirish, tо‘qish, pardozlashda, о‘lchovlarni aniqlashda, bichishda) Materiallarni hosil qiluvchi tola va iplar doim tortilib turadi. Materialni hо‘llaganda tola va iplar bо‘shashib о‘zining dastlabki holatiga qaytishga intiladi.

2. Namlik ta’sirida tolalar va iplar namni о‘ziga tortadi. Natijada, ular shishadi va kaltalashadi. Kuchli taranglangan ip turkumlari о‘zaro bukilishini о‘zgartiradi.

Materiallarning kirishishini kamaytirish uchun tolalar tarkibiga namni kam shimadigan tolalar qо‘shiladi, kengaytirish, bug‘lash, maxsus kirishtirish mashinalarida ishlov berish, kirishmaydigan yoki kam kirishadigan qilib maxsus pardozlash usullari qо‘llaniladi (1.7-jadval).

Trikotaj matolari GOST 13711-82 standartiga asosan kirishishi aniqlanadi. Sinov ishlarini olib borish uchun 300x300 mm о‘lchamli namuna qirqib olinadi va M222QW QuickWash va UT-1 asboblarida trikotaj matolarining kirishishi aniqlanadi (1.97 va 1.98-rasmlar). UT-1 asbobi barabanli yuvish vannasi 1, siqish uchun sentrifuga 2, quritish kamerasi 3, tekislab siqish moslamasi 4 va suv qizdirgich 5 dan iborat. Vaqt va suv haroratini nazorat qilish uchun elektr kontaktli termometr 6 va vaqt relesi 7 joylashtirilgan. Olinadigan namunaning massasi 40020 g bо‘lishi, hamda qо‘shimcha materiallar uchun polotno olinadi. Yuvuvchi suyuqlik konsentrasiyasi 3 yuvish poroshogidan iborat bо‘ladi. Jun tolali trikotaj matosi 3020S yuvish suyuqligi haroratida, boshqa turdagi matolar 4020S haroratda olib boriladi.


Kirishishni aniqlash usullarining asoslari

1.7-jadval



Material turi

Namuna shakli va о‘lchovlari, mm

Nazorat masofa-si,mm

Ishlov berish turi

Ishlov berish tartibi

Ip va zig‘ir tolali matolar

2 namuna

200

yuvish

T=30 min.davomida yuvish mashinasida 1 l suvga 4 g sovun va 1 g soda solingan eritmada yuviladi. Eritmaning harorati t=70-800S ga teng bо‘ladi. Yuvilgandan keyin namuna toza suvda 2 min. davomida chayiladi va quritiladi.

Jun matolari




220

ivitish

T=1 soat;t=18-200S. Toza suv tezlashtirilgan usulda: T=20 min; t=55-600S . Toza suv.

Ipak matolari

Tanda va arqoq bо‘yicha 3 tadan namuna 50x350 olinadi

150

yuvish

T=30 min; t=55-600S; 1 litr suvga 2 g sovun, 2 min. davomida chayiladi va quritiladi.

Trikotaj matolari

1 namuna

220

ivitish-yuvish

Jun tolali matolar uchun

t=300S qolganlariga t=400S. 12 dm3 suvga 36 g yuvish kukuni.

T=9 min-ivitilgandan keyin, T=1 min-yuviladi. Sо‘ng T=3 min-chayiladi va quritiladi.


Notо‘qima matolar

3 namuna

200

yuvish

t=400S; 1 l suvda 3 g sovun va 2 g soda. T=15 min. 2 min-chayiladi.

Sinov ishlarini olib borishda UT-1 asbobiga 12 dm3 miqdordagi suv solinadi, 362 g yuvish poroshogi qо‘shiladi va namuna yuklanadi. Birinchi bosqichda namuna 90,5 min davomida hо‘llaniladi, keyin 30 min-1 chastotali barabanda 10,1 min davomida yuviladi. Yuvish ishlari tugagandan keyin, yuvishda ishlatilgan suv olib tashlanib, toza suv solinadi. Suv harorati 2040S, yuvish vaqti 3 min, ya’ni barabanni aylantirganda 0,5 min, barabanni aylantirmaganda 2,5 min bо‘ladi.



1.97-rasm. M222QW QuickWash asbobi.



1.98-rasm. UT-1 asbobining kо‘rinishi.



Materiallar kirishishini aniqlash usullarining asoslari quyidagicha. Ma’lum о‘lchovda qirqilgan namunada nazorat qilinadigan ma’lum miqdordagi masofa belgilan-gandan keyin u hо‘llanadi yoki yuviladi. quritilgandan keyin nazorat qilinadigan masofa о‘lchanadi.

Yuvish ikki marotaba amalga oshiriladi. Keyin, namuna sentrafugada 1 min davomida siqiladi va quritish kamerasiga solinadi. quritish kamerasidagi harorat 55100S bо‘ladi. Quritilgan namuna 20s davomida 90150S haroratda siqiladi-sun’iy va sintetik iplardan olingan mato uchun; paxta va zig‘ir iplaridan olingan material uchun esa harorat 180200S. Siqilgan namuna 2 soat davomida GOST 8844-75 standarti bо‘yicha belgilangan sharoitda ushlab turiladi va belgilar orasidagi masofa о‘lchanib, namunaning kirishishi aniqlanadi.

Kirishish uzunligi Ku va eni Ke va haqiqiy Kh bо‘lishi mumkin. Kirishish namunaning boshlang‘ich о‘lchamlariga asosan foizlarda ifodalanadi.

; (1.23)

; (1.24)

; (1.25)

. (1.26)

bu yerda: Lu1, Le1, S1, V1 – namunaning uzunligi, eni, yuzasi va hajmi bо‘yicha boshlang‘ich chiziqiy о‘lchamlari; Lu2, Le2, S2, V2 – namunalarning kirishishidan keyingi о‘lchamlari.

Namunalarga ishlov berish turi materialning tolaviy tarkibiga bog‘liq bо‘ladi.


Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish