T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet46/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Optik xossalar

Tikuvchilik materiallarining optik xossalari ularning yorug‘lik oqimini miqdor va sifat jihatidan о‘zgartirish qobiliyatiga bog‘liq. Kiyim modelini tanlash, buyumning g‘ijimlanuvchanligi, hajmi, о‘lchovi va mutanosibligining kо‘z bilan idrok etilishi materiallarning optik xususiyatlariga bog‘liq. Materialga tushgan yorug‘lik oqimining (R) bir qismi qaytariladi (R), ikkinchi qismi yutiladi (R), uchinchi qismi materialdan о‘tadi (R). Bu holat quyidagi koeffisentlar yordamida ifodalaniladi:



  1. Yorug‘lik oqimini qaytarish koeffisenti:

(1.20)

  1. Yorug‘lik oqimini yutish koeffisenti:

(1.21)

  1. Yorug‘lik oqimini о‘tkazish koeffisenti:

(1.22)

Asosiy optik xususiyatlar jumlasiga materiallarning rangi, tovlanuvchanligi, oppoqligi, tiniqligi kiradi.

Rang - Materiallar yorug‘lik oqimini tо‘liq ravishda yoki tanlab yutishi mumkin. Tо‘liq yutishda yorug‘lik oqimining turli xil uzunlikdagi tо‘lqinlari yutiladi. Tanlab yutishda faqat ma’lum uzunlikdagi tо‘lqinlar yutiladi. Agar materiallar yorug‘lik oqimini tо‘liq yutsa yoki qaytarsa axromatik ranglar hosil bо‘ladi.

Axromatik ranglarga oq, qora va turli xil tuslardagi kulrang kiradi. Agar material yorug‘lik oqimini tо‘liq yutsa qora rang, tо‘liq qaytarsa-oq rang hosil bо‘ladi. Agar yorug‘lik oqimi qisman yutilsa-kulrang hosil bо‘ladi. Axromatik ranglar yorug‘lik oqimini qaytarish koeffisenti orqali baholanadi. Agar material yorug‘lik oqimidagi nurlarni tanlab yusa, xromatik ranglar hosil bо‘ladi. Bu ranglarga axromatik ranglardan boshqa barcha ranglar kiradi. Xromatik ranglarning tabiiy darajasi qilib spektr ranglarini olish mumkin. Xromatik ranglar sovuq va issiq ranglarga shartli ravishda bо‘linadi. Sariq, qizil, tо‘q sariq ranglar quyosh nuri, olov issig‘i haqida tasavvur berganlari uchun issiq ranglarga kiradi. Kо‘k, binafsharang, zangori, yashil ranglar kо‘kat, suv, osmon ranglarini eslatganligi uchun sovuq ranglarga kiradi. Oq va issiq ranglar materiallar sirtining afzalligini, modelning tuzilishini oshkor qiladi, inson tanasi о‘lchamini kattalashtiradi. Tо‘q va sovuq ranglar esa aksincha, material sirti kо‘rinishini va inson tanasi о‘lchamini yashiradi. Och va issiq ranglardan tayyorlangan buyumlarning ustida hamma kamchiliklari va nuqsonlari ochiq kо‘rinib turadi. Yozgi kiyimlar uchun sovuq rangli materiallarni, qishki kiyimlar uchun esa issiq rangli materiallarni ishlatish kerak.

Materiallarning bо‘yoq mustahkamligi M231/PR1-3 Aatcc perspiration tester va M238E AATCC ROTARY CROCKMETER asboblari yordamida aniqlanadi (1.94 va 1.95-rasmlar).

Materiallar ranglari tusi, tо‘yinganligi, yorqinligi bilan tavsiflanadi, rangining bir tusda bо‘lishi esa EKS-1 markali elektron komparator asbobida aniqlanadi.




1.94-rasm. M231/PR1-3 Aatcc perspiration tester suv ta’sirida bо‘yoq mustahkamligini aniqlash asbobi.



1.95-rasm. M238E AATCC ROTARY CROCKMETER asbobi.



Tovlanuvchanlik. Bu insonning kо‘zgudek qaytarilgan va tarqatilgan nurlardan iborat bо‘lgan yorug‘lik oqimini tasavvur qilishi. Bu yorug‘lik oqimida kо‘zgudek qaytarilgan nurlar qismi qancha kо‘p bо‘lsa, materiallarning tovlanuvchanligi ham shuncha katta bо‘ladi. Binobarin, materiallarning tovlanuvchanligi ularni hosil qiluvchi tolalar va iplarning tovlanuvchanligiga, ularning tuzilishiga va joylashishiga, hamda materiallarning sirt kо‘rinishiga bog‘liq. Materiallarning tovlanuvchanligi FB-2 markali fotoelektr tovlanuvchanlikni о‘lchovchi asbobda aniqlanadi.

Oppoqlik - materialning rangi va benuqson oq sirt rangi orasidagi umumiylik darajasini kо‘rsatadi. Materiallarning oppoqligini elektron komparator EKS-1 yoki fotoelektr FB-2 asboblarida aniqlash mumkin.

Tiniqlik - materiallar orqali yorug‘lik oqimi о‘tishini his qilish bilan bog‘liq bо‘lib, materialning tolaviy tarkibi va tuzilishiga bog‘liq. Materialning zichligi va qalinligi oshishi bilan uning tiniqligi pasayadi.

Elektrlanuvchanlik - bu materiallarning ma’lum sharoitlarda о‘z sirtiga statik elektr zaryadlarini tо‘plash xususiyati.

Tayyorlash va foydalanish jarayonlarida trikotaj materiallari albatta boshqa jism sirtlariga tegadi va ishqalanadi. Natijada, ularning sirtida birdaniga ikkita jarayon о‘tib boradi: zaryadlar uzluksiz tо‘planadi va tarqaladi. Bu ikkala jarayonlar orasidagi muvozanat buzilsa, Materiallarning elektrlanishi ayon bо‘ladi.

Materiallarning elektrlanuvchanligi zaryadning kattaligi va ishorasi (musbat yoki manfiy) bilan tavsiflanadi. Zaryadlarni tо‘plash jarayoni tarqalish jarayoni bilan birgalikda о‘tgani tufayli materiallar elektrlanuvchanligining asosiy tavsifi bu ularning solishtirma elektr qarshiligidir.

Materiallarning elektrlanuvchanligi ularni hosil qiluvchi tolalarning kimyoviy tuzilishi va gigroskopligiga, atrofdagi havo namligiga, о‘rilishiga bog‘liq bо‘ladi. Kо‘pincha materiallarning elektrlanuvchanligi-bu salbiy xususiyat. U materiallar va buyumlarni tayyorlash jarayonini qiyinlashtiradi. Kiyib yurganda esa kiyim tez kir bо‘ladi, badanga yopishadi va odam о‘zini noqulay his qiladi.

Inson terisiga tegib turganda materiallarning musbat zaryadli elektr maydoni odamning asab, yurak-tomir turkumiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Manfiy zaryadlangan elektr maydoni esa foydali ta’sir kо‘rsatadi, revmatizm kabi kasalliklarni davolashda yordam beradi.

Materiallarning elektrlanuvchanligini kamaytirish uchun elektrlanishga qarshilik kо‘rsatuvchi maxsus moddalar (antistatiklar) bilan ishlov beriladi yoki tolalar aralashmasini tayyorlaganda bir-birini neytrallaydigan tolalar tanlanadi.

1.96-rasm. MT-420 elektr qarshiligini aniqlash asbobi.



Materiallarning elektrlanuvchanligi MT-420 va IVZ-1 markali elektr zaryadlarining kattaligi va ishorasini о‘lchovchi asbobda aniqlanadi (1.96-rasm). Materialllarning solishtirma elektr qarshiligini aniqlashda esa IESTP-1 markali asbobidan foydalaniladi.



Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish