ISHSIZLIK. INFLATSIYA MAVZUSIDA
MA’RUZA MATNI
Ishsizlik va uning shakllari
Mehnat bozoridagi talab va taklif muvozanatlashganda to‘la
bandlik yuzaga keladi va bu bandlikning tabiiy chegarada bo'lishini
bildiradi. Biroq bu muvozanat abadiy emas, u bir buzilsa, so‘ng
qaytadan tiklanib ham turadi. Shu sababli, bandlik va ishsizlikning
mavjudligi bozor iqtisodiyotini tavsiflovchi tabiiy bir holdir.
Ishsizlik bozorda mehnat taklifining unga bo‘lgan talabdan ortib
ketishi natijasida ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bor kishilarning bir
qismini ish topa olmay bekor qolishidir.
Ishsizlik mehnat bozoridagi muvozanatning buzilishi natijasida
yuzaga keladi. Ishsizlikni ham talab, ham taklif yuzaga keltiradi.
Mehnat taklifi o'zgarmagan holda unga talab qisqaradi, natijada
mehnatni taklif qiluvchilarning bir qismi ishsiz qoladi. Masalan,
mehnat taklifi 5,2 mln nafardan iborat, talab ham 5,2 mln nafar.
Demak, muvozanat mavjud, chunki 5,2=5,2. Ishlab chiqarish
qisqarib, talab 5,0 mln nafarga tushadi. Taklifesa ilgarigidek 5,2 mln
nafarga teng. Shunday holatda taklif talabdan ortib ketadi, chunki
5,2>5,0, natijada 0,2 mln nafar (5,2-5,0=0,2) kishilar ishsiz qoladi.
Ishsizlik sababi taklif tomonda bo‘lganda, mehnatga talab ortishiga
qaramay, taklif bundan ilgarilab ketadi. Bu yerda taklifning talabdan
ortib qolishi yuz beradi. Aytilgan misolga qaytsak talab 0,2 mln ga
ko'payib jami 5,4 mln nafarga (5,2+0,2=5,4) yetadi. Biroq taklif
bundan tezroq o‘sib, 0,3 mln kishiga ko'payadi. Jami taklif 5,5 mln
ga (5,2+0,3=5,5) yetadi. Talab esa 5,4 mln ga teng. Demak, taklif va
talabning farqi 0,1 mln (5,5-5,4=0,1) bo‘lib, bu ishsizlikni hosil
qiladi. Ishsizlikning sababi ko'pincha mehnatga talabning qisqarishi
bo'ladi va bu foydani maksimumlashtirishga bo‘lgan intilishdan
kelib chiqadi. Biz bilamizki, mehnatga talab u bergan maijinal
mahsulot ish haqiga teng bo‘lganda mehnat bozorida muvozanat
hosil bo‘ladi. Bu mahsulot ish haqidan qanchalik ko‘p bo‘lsa,
shunchalik mehnatga talab ortadi. Bordi-yu bu ish haqidan kam
bo‘lsa mehnatga talab qisqaradi, chunki foyda kamayadi. Natijada,
ishga olish firma uchun qulay bo‘lmaydi.
Mehnatga talabning qisqarishini ish kuchini texnika bilan
almashtirish zarurati ham keltirib chiqaradi. Texnika kiritilishi
uchun unga ketgan pulni u siqib chiqargan ishchilar ish haqidan kam
bo'lishi taqozo etadi. Masalan, yangi stanok 10 mln pul birligi
turadi. Uning kiritilishi tufayli 3 ta ishlovchi ortiqcha bo‘lib qoladi.
Agar stanok 5 yil xizmat qilsa, yiliga 2 mln xarajat bo‘ladi. Agar 3 ta
ishchi yiliga 1 i ln dan olganda, jami ish haqi sarfi 3,0 mln bo‘ladi.
Stanok kiritilsa, firma 1 mln pul tejaydi (3,0mln — 2,0mln= l,0mln).
Bu mehnatga talabni 3 kishiga kamaytiradi, chunki qolgan ishchi-
larning mehnat unumdorligi ortib, ular yaratgan marjinal mahsulot
qiymati ish haqidan yuqori bo‘ladi, bu esa foydani maksimum-
lashtiradi.
Mehnat resurslari tez o‘sgan sharoitda mehnat taklifi ham tez
o‘sadi, ish o‘rinlari esa ular ko‘paygan taqdirda ham yetishmay
qoladi. Demak, ishsizlikning sababi aholining tez o‘sishida ham
bo‘ladi. Bunday hol iqtisodi zaif mamlakatlarda bo‘ladi. So‘nggi
yillar davomida boy mamlakatlarda aholi yiliga 0,7 % ko‘paygani
holda, kambag‘al mamlakatlarda u 2,0 %ga ortdi.
Demograftk (nufus) omili — aholisi tez o‘sgan yerda ishsizlik
omili bo‘ladi, biroq aholi sekin o‘sgan yoki o‘smayotgan yerdagi ishsizlikni demografik ahvol bilan izohlab bo‘lmaydi. Masalan,
1991—2000-yillarda Rossiyada aholi yiliga 0,2 %ga, Ukrainada 0,5
%ga kamaydi, lekin ayni paytda ishsizlik ham ko‘p bo‘ldi. Demak,
bu yerda ishsizlik sababi ishlab chiqarish qisqarib, mehnatga ta-
labning kamayib ketganligidadir.
Ishsizlik o‘zining kelib chiqish sabablari va davomiyligiga ko‘ra
turli shakllarga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |