Talab inflatsiyasi. Bunda inflatsiyani pulning ko‘pligidan
talabning ortishi yuzaga keltiradi, talab oshgan yerda esa narx
qimmatlashadi. Talab inflatsiyasi pul emissiyasini yuzaga keltiradi.
Taklif inflatsiyasi. Bunda resurslar qimmatlashib, xarajatlar
oshadi, foyda kamayib, tovarlarni ko‘paytirishga intilish susayadi,
natijada taklif talabga nisbatan qisqarib narx o‘sadi. Talab infla-
tsiyasini xarajatlar inflatsiyasi, deb ham yuritiladi.
Davlatning narxlarga ta'sir etishi jihatidan qaralganda erkin va
bostirilgan inflatsiya bo'ladi. Erkin inflatsiya yuz berganda narxlar
o‘z holicha o'sadi, davlat narx belgilashga umuman aralashmaydi.
Bostirilgan inflatsiya bo'lganda davlat ma'muriy yo‘l bilan narx-
larning o'sishini chegaralab turadi. Erkin inflatsiyada bir narx
ketidan boshqa narxlar ham o‘sadi, natijada narxlar pariteti, ya'ni
nisbati o‘zgarmaydi. Masalan, bir tovar boshqasidan 2 marta arzon
yoki qimmat tursa, narx oshgan sharoitda ham shunday holat
saqlanadi. Agar I tonna metall 300 dollar, neft 150 dollarbo‘lsa narx
pariteti 2,0:1 bo'ladi, inflatsiya yuz berib metall 350 dollarga chi-
qadi, neft esa 175 dollar tursa, baribir narx pariteti 2,0:1 ligicha
qoladi. Narx pariteti o'zgarmaganidan tovar ayirboshlashda zarar
ko‘rilmaydi, firmalar ilgaridek foyda olib ishlashda davom etadi.
Hatto ular inflatsion mukofot hisoblangan foydaga ham ega bo‘-
ladilar. Ma’lum davrgacha resurslar ilgarigi narxda olinib, xarajatlar o‘smay turadi, tovar narxi esa oshadi. Natijada inflatsiya foydasi
ko'riladi. Lekin bu foyda vaqtincha bo'ladi, chunki resurslar narxi
ham oshib ulgurgach, u yo‘qolib ketadi. Masalan, resurslar eski
narxi saqlanganda xarajatlar 10 mln dollar boigan, inflatsiyadan
oldin tovarlar narxi 12 mln dollarni tashkil etib, 2 mln dollar
(12—10=2) foyda ko‘rilgan. Tovarlar narxi oshib ular 13 mln dollar
boiib qoldi, lekin resurslar narxi oshib ulgurmaganidan xarajatlar 10
mln dollarligicha qoladi. Natijada 3 mln dollar (13—10=3) foyda
ko‘rildi. Shundan 1 mln dollari (3—2=1) inflatsiya foydasi boiadi.
Maium vaqtdan so‘ng resurslar narxi oshib, xarajatlar 11 ntln
dollarga etgach 2 mln dollar (13—11=2) foyda ko‘riladi. Natijada
inflatsion foyda yo'qoladi, chunki ilgarigi va keyingi foyda teng
boiib qoladi (2=2).
Davlat narxlarning o‘sishini chegaralab qo‘yganda inflatsiya
sun'iy ravishda bostiriladi. Chunki narxlarning erkin o'zgarib
bir-biriga moslashib olishi qiyinlashadi, natijada narx pariteti bu-
ziladi. Bir narxning yuqori bo‘lib, boshqasining pastligicha qolishi,
narx past joyda rentabellikni kamaytirib, iqtisodiy stimullami
so‘ndiradi, bu esa iqtisodiyot uchun zarardir.
Inflatsiyani uning shiddatiga, ya'ni naqadar tez yoki sekin bori-
shiga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Inflatsiya shiddatini uning
darajasi belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |