Havzaviy kengashning birinchi majlisini o‘tkazish
Havzaviy kengashning birinchi majlisini havzaviy suv xo‘jaligi
boshqarmasi boshlig‘i ochib, kun tartibini e’lon qilishi va so‘ngra
raislik qiluvchi maqomida majlisni olib borishi lozim. Kun
tartibi tasdiqlangach, unga kiritilgan masalalarning mohiyati
bo‘yicha muhokamasi amalga oshiriladi. Muhokamalar ma’ruza
yoki so‘zga chiqish ko‘rinishlarida o‘tkazilishi mumkin. Bildirilgan
fikrlar va muhokamalar natijasi asosida raislik qiluvchi muayyan
masalalar bo‘yicha tushgan takliflarni qatnashchilar e’tiboriga
yetkazadi va havzaviy kengash a’zolariga ovoz berish yo‘li bilan
qaror qabul qilishni taklif etadi. Majlis yakuni bo‘yicha uning
protokoli tuziladi va unga havzaviy kengash raisi va kotibi imzo
chekadilar. Agar havzaviy kengashni tashkil etish, uning Nizomi,
reglamenti va ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul
qilinsa, mazkur bosqichni yakunlangan, deb hisoblash mumkin.
Havzaviy kengashning rivojlanishi uchun keyingi zaruriy
qadamlar
Havzaviy kengashning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha keyin
-
gi qadamlar tasdiqlangan nizom, reglament va ish rejasi asosi
-
da amalga oshiriladi. Havzaviy kengashning faoliyatini rivojlan
-
tirishda birinchi qadamlardan biri sifatida kengash majlisida
82
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
havzaviy kelishuvlarni ishlab chiqish va qabul qilish masalasini
ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Mazkur masalani muhokamaga
qo‘yish uchun tegishli lug‘aviy ma’lumotlarni hamda havzaviy
kelishuv loyihasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Mazkur hujjat
-
larni ishlab chiqish uchun havzaviy kengash tomonidan maxsus
ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
Shubhasiz, havzaviy kengashlarning barqaror faoliyati uchun
moliyaviy ta’minot muhim ahamiyat kasb etadi. Havzaviy ken
-
gashlarni tashkil etishning dastlabki bosqichlarida xalqaro va
donor tashkilotlar tomonidan tashqi moliyaviy manbalar jalb
etilishi mumkin. Biroq havzaviy kengash tuzilib, uning birin
-
chi majlisi o‘tkazilgan davrdan boshlab darhol kelajakda havza
-
viy kengash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun turg‘unroq
moliyaviy manbalar topish zaruriyati to‘g‘risidagi masala
tug‘iladi. Bugungi kunda jahon tajribasida bu masala yechi
-
mi bo‘yicha turli ichki manbalar mavjudligini ko‘rish mum
-
kin. Masalan, Qozog‘iston tajribasida havzaviy kengashlarning
faoliyatini yuritish uchun zaruriy moliyaviy xarajatlar davlat
byudjeti hisobiga qoplanishi mumkinligi belgilab berilgan (Suv
kodeksi, 42, 43-moddalar va boshqa me’yoriy hujjatlar).
Havzaviy kengashlarning asosiy vazifalaridan biri suv
iste’molchilari va jamoatchilikning suv resurslaridan foydalanish
va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha boshqaruv qaror
-
larini ishlab chiqish va ularni qabul qilishdagi bevosita ishtiro
-
kini hamda suv resurslarini boshqarish jarayonining ochiqligini
ta’minlashdan iborat. Shuning uchun havzaviy kengashlarning
faoliyati barcha manfaatdor tomonlar (shaxslar, tashkilotlar, so
-
halar) o‘rtasidagi aloqa va ma’lumot almashinuvi tizimini yax
-
shilash maqsadida muntazam ravishda informatsion va ta’limiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlab turilishi lozim.
Havzaviy kengashlar uchun umumiy keng tarqalgan mu
-
loqot vositalari – telefon, faks yoki elektron pochtani hisobga
83
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
olmaganda – ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, jamoat
eshituvlarini o‘tkazish, ilmiy-texnik ma’lumotlarni yig‘ish va
almashish, informatsion materiallarni chop etish, o‘quv va
tarbiyaviy plakatlarni ishlab chiqish, aholi bilan uchrashuvlar
o‘tkazish, tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Internet-sayt
orqali tarqatish.
Jamoatchilikning keng ommasini suv bilan bog‘liq
dolzarb muammolardan xabardor qilish uchun OAV bi
-
lan faol ish olib borish lozim. Buni turli press-relizlarni
ishlab chiqish, OAV vakillarini havzaviy kengash majlis
-
lariga taklif qilish, kengash qarorlarini rezolyusiya va tav
-
siyalar ko‘rinishida tarqatish, press-konferensiyalar tashkil
etish orqali amalga oshirish mumkin. Muhimi – ma’lumotlar
qanchalik to‘liq va aniq berilsa, u OAV tomonidan shunchalik
darajada aniq yoritiladi. Jahon tajribasi aynan OAV bilan faol
ishlash suv resurslarini integral boshqarishning asosiy prin-
siplarini keng jamoatchilikka yetkazib berishga imkoniyat yarat
-
ganligini ko‘rsatadi. Bu esa kengashlar faoliyatining ochiqligi va
qonuniyligini ta’minlagan.
Shunday qilib, havzaviy kengashlar mamlakatlarda suv re
-
surslarini boshqarishda yaxlit informatsion tizimining ajralmas
bo‘limiga aylanmoqda. Birinchidan, havzaviy kengashlar faoliya
-
ti havza darajasidagi ma’lumotlarni yig‘ish jarayonini osonlashti
-
radi. Ikkinchidan, havzaviy kengashlar bevosita suv resurslarini
boshqarish jarayoniga jalb etilgan asosiy tashkilotlar va shaxs
-
lar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Nihoyat,
havzaviy kengashlar suv resurslaridan foydalanish, ularni muho
-
faza qilish va boshqarish bo‘yicha muammoning tahlilini sifatli
amalga oshirish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy tavsiyalarni
ishlab chiqish orqali qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligi
-
ni oshiradi.
Bugungi kunda jahonda havzaviy tashkilotlarning «The
84
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
International Network of Basin Organizations (INBO)» deb nom
-
lanuvchi, 1994-yilda tashkil etilgan xalqaro tarmog‘i (HTXT)
ham mavjud. Mazkur xalqaro tarmoq daryo va ko‘llar hamda yer
osti suvlari qatlamlari havzalarida suv resurslarini integral bosh
-
qarishni joriy etish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur
xalqaro tashkilot transchegaraviy, milliy va mahalliy havzalar
sharoitlarida havzaviy boshqaruvning maqbulroq va takomil
-
lashgan mexanizmlarini ishlab chiqishni rivojlantirish va tajriba
almashinuvini rag‘batlantirish maqsadida havza tashkilotlari bi
-
lan va havza boshqaruvi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan boshqa davlat
tashkilotlarini o‘zaro bog‘laydi.
Havzaviy tashkilotlarning xalqaro tarmog‘i (HTXT) – Afrika,
Lotin Amerikasi, Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda O‘rta Yer
dengizi mamlakatlari Havzaviy tashkilotlarning mintaqaviy tar
-
moqlari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu tashkilot, shuningdek,
Xalqaro Komissiyalar Tarmog‘i, Transchegaraviy havzaviy tash
-
kilotlar hamda Yevropaning “Yevropa hamjamiyati suv direkti
-
vasi”ni joriy etish bo‘yicha mas’ul Yevropa havza tashkilotlari
guruhi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi. HTXT dunyo
bo‘yicha havzaviy tashkilotlarni tashkil etish va rivojlantirish
-
ning ko’p yillik rejasi asosida faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |