1. Xalqaro Ekologik Hamkorlik (xeh) tushunchasi, prinsiplari. Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro ob’ektlari. Xalqaro hamkorlikning zamonaviy shakllari
Mavzu: Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari.
Reja:
1. Xalqaro Ekologik Hamkorlik (XEH) tushunchasi, prinsiplari. 2. Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro ob’ektlari. 3. Xalqaro hamkorlikning zamonaviy shakllari. 4. O‘zbekistonning XEX da ishtiroki. Tayanch iboralar: prinsip, rezolyusiya, shartnoma, konvensiya, xartiya, bayonnoma.
Jahon hamjamiyatining ekologik inqirozdan chiqishining asosiy meyo’rlridan biri xalqaro ekologik munosabatlarini muvofiqlashtirishdir. Hozirgi kunda xech bir davlat o‘zining ekologik muammolarini yolg‘iz holda yoki kichik guruhdagi davlatlar bilan hamkorlikda hal qilish imkoniyatiga ega emas. Barcha davlatlarning harakatlari aniq kelishilgan va ularning faoliyati xalqaro huquqiy me’rlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi zarur.
Biz o‘tgan mashg‘ulotlarimizda ekologik muommalrning xech qanday ma’muriy chegarlarni tan olmasligini aytib o‘tgan edik, chunki tabiat umumiy va yagonadir.
Bir mamlkatning ekotizimining buzilishi shubhasiz qo‘shni davlatlarda javob reaksiyasini keltirib chiqaradi. Masalan, Germaniya yoki Angliya sanoat korxonalari atmosferaga m’yoridan yuqori foizlarda tutun gazlarni chiqaradigan bo‘lsa bu, holat nafaqat shu davlatlarining ekologik holatiga salbiy tasir ko‘rsatib qolmasdan shuningdek Skandinaviya davlatlari flora va faunasiga zarar etqazadi. Markaziy Osiyo regionida bunaqangi hudud sifatida Tursunzoda (Tojikiston) dagi alyuminiy zavodini misol qilib olish mumkin.
Davlat chegaralarini tan olmaydigan tabiiy komponentlar (daryo irmoqlari, dengizlar ko‘chmanchi hayvonlar) tushunchasi mavjud. HEX deganda xalqaro miqyosida atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha shartnomalar, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me’yorlarni ishlab chiqish va ular ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik, global va hududiy muammolarni hamkorlikda echish, ilmiy tadqiqotlar va konferensiyalar o‘tqazish tushuniladi. HEX ni maksimal samaradorligiga erishish uchun qo‘yidagi xalqaro huquqiy me’yorlar bilan asoslangan prinsiplarga amal qilinishi kerak:
- er sharining har bir fuqarosi normal ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega;
- har bir davlat atrof muhit va tabiiy resurslarni o‘z fuqarolari manfaatlari yo‘lida ishlatish huquqiga ega;
- bir davlatning ekologik muvaffaqiyati ikkinchi bir davlat manfaatlariga zid kelmasligi lozim;
- ekologik natijasi noma’lum bo‘lgan xar qanday xo‘jalik yoki boshka turdagi faoliyat ta’qiqlanadi;
- atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish;
- bir davlat hududida favkulodda ekologik vaziyatlar vujudga kelsa, boshka davlatlar tomonidan yordam ko‘rsatilishi majburiyligi;
- atrof muhit muammolari bilan bog‘lik nizoli holatlarni tinch yo‘l bilan hal etish.
Atrof muhitni muhofaza qilish ob’ektlarining uchta turi mavjud: xalqaro (butunjahon) va milliy (bir davlat ichida). Milliy ob’ektlarga davlat hududida joylashgan er, suv, qazilma boyliklar, yovvoyi hayvonlar va boshqa tabiat elementlari tushuniladi. Davlat o‘zining milliy ob’ektlariga erkin egallik qiladi, o‘z qonunlari asosida ularni boshqaradi va himoya qiladi.
Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro ob’ektlariga halqaro kenglikda joylashgan ob’ektlar: kosmos, atmosfera havosi, jahon okeani va Antarktida, shuningdek turli davlatlarda ko‘chib yuruvchi hayvonlar tushuniladi. Ushbu ob’ektlar biror bir davlatning ro‘yxatida turmaydi va xech bir davlatning milliy mulki xisoblanmaydi. Ular jahon hamjamiyati tomonidan tuzilgan har hil shartnomalar, konvensiyalar va protokollar yordamida himoya qilinadi.
YAna shunday tabiiy muhitning xalqaro ob’ektlari mavjud, qaysiki davlatlar tomonidan muhofaza qilinadi va boshqariladi, lekin xalqaro ro‘yxatga olingan (qo‘riqxonalar, milliy parklar, xalqaro qizil kitobga kiritilgan yo‘qolib borayotgan va nodir hayvon va o‘simliklar).
Xalqaro munosabatlarda ishlatiladigan atamalar tushunchalari: