O‘z o‘zini nazorat qilish savollari:
1. Suv resurslarini boshqarish jarayonida uchrayotgan
muammolar va murakkabliklar;
2. Suv resurslarini boshqarishda ishtirok etuvchi havzaviy
tashkilotlar;
3. Havzaviy tashkilotlarning turlari;
4. Havzaviy tashkilotlarni tashkil etish zaruriyati;
5. Havzaviy tashkilotlarning roli va vazifalari;
6. Havzaviy tashkilotlarning tuzilishi va tarkibiy qismlari;
7. Havzaviy kengash reglamenti;
8. Tashabbuskor (ishchi) guruh shakllanishi;
9. Tashabbuskor guruhning tayyorgarlik ishlari;
10. Havzaviy kengashning birinchi majlisiga tayyorgarlik;
11. Havzaviy kengashning birinchi majlisini o‘tkazish;
12. Havzaviy kengashning rivojlanishi uchun zaruriy
qadamlar.
89
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
III bob. Suv resurslarini havzaviy boshqarish
3.1 Suv resurslarini havzaviy boshqarishning mohiyati
va afzalliklari
Suv resurslarini havzaviy boshqarish masalasiga o‘tishdan av
-
val suv resurslarini boshqarish tushunchasi va uning mohiyatini
qisqacha sharhlab o‘tamiz. Amalda suv resurslarini boshqarish
zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
- mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis
tarqalganligi;
- suvga bo‘lgan talabning keskin ortib borishi;
- suv resurslari miqdorining, ularning shakllanish sharoitlari
va manbalariga bog‘liq ravishda vaqt davomida o‘zgaruvchanligi
va o‘zgarish amplitudasining kattaligi;
- tabiiy va antropogen omillar ta’sirida suv resurslarining if
-
loslanishi va sho‘rlanishining kuchayib borishi;
- suv ob’yektlarining tabiatga va xalq xo‘jaligi ob’yektlariga
salbiy ta’siri (suv toshqini, suv bosishi va b.).
Suv resurslarini boshqarish ikkita yo‘nalishda amalga
oshiriladi:
1) suv resurslari miqdorini boshqarish;
2) suv resurslari sifatini boshqarish.
Suv resurslari miqdorini boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul
qilishda suvga bo‘lgan talabning o‘rtacha qiymatlariga, shuning
-
dek, har bir suv iste’molchisining tavsifnomasini o‘rganish nati
-
jalariga tayaniladi hamda mo‘ljallangan u yoki bu tadbirni o‘tka
-
zish zaruriyati asoslanishi lozim bo‘ladi. Suv resurslari sifatini
boshqarishda esa iste’molchilarning suv sifatiga qo‘yadigan ta
-
lablariga asoslanish zarur, chunki turli iste’molchilar suv sifatiga
nisbatan turli talablarni qo‘yadilar. Suv resurslarining miqdori
va sifatini oddiy va murakkab boshqarish usullari mavjud.
90
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
Suv resurslarining oddiy boshqaruvida ular miqdor va sifat
jihatidan suv iste’moli tartibiga muvofiq ravishda suv inshoot
-
lari va texnik vositalar yordamida iste’molchilarga yetkaziladi
yoki yo‘l-yo‘lakay suv ob’yektining alohida foydali xususiyatlari
-
dan foydalanish amalga oshiriladi. Suv resurslarining murakkab
boshqaruvida esa suv (sifat va miqdor jihatdan) iste’molchining
talablariga mos ravishda tayyorlanadi va so‘ngra maxsus inshoot
-
lar va texnik vositalar yordamida iste’molchilarga yetkaziladi.
Suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv resursla
-
rini vaqt va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash, ekologik barqa
-
rorlik talablarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalarining
suv resurslariga bo‘lgan talablarini optimal ravishda qondirish
uchun suv sifatini yaxshilash, ya’ni suvni kerak bo‘lgan joyga,
talab etilgan sifat bilan zarur bo‘lgan vaqtida yetkazish tushu
-
niladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarish suv
resurslarining vaqt va makonda tarqalishi hamda sifat ko‘rsat
-
kichlarini iste’molchining talablariga moslashtirish jarayoni, deb
talqin etilishi mumkin.
Suv resurslarining har bir tarkibiy qismini vaqtda va makon
-
da boshqarish mumkin. Jumladan, yer usti suvlari miqdorini
boshqarish suv omborlari barpo etish, kanallar qurish va bosh
-
qa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yer osti suvlari miqdori esa
suv omborlari barpo etish, yer osti sig‘imlaridan foydalanish va
boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Hozirgi
davrda dunyo amaliyotida atmosfera yog‘inlarini boshqarish
bo‘yicha ham katta tajriba to‘plangan.
Shunday qilib, hozirgi kunda suv resurslaridan foydalanish
va ularni muhofaza qilish jarayonlarini boshqarish ehtiyoji ja
-
miyat va mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik talab
-
larini muvofiqlashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Iqtisodiy
taraqqiyot, xuddi ijtimoiy talablarning o‘sishi kabi suv iste’mo
-
li ortishiga olib keladi va bu o‘z navbatida asta-sekinlik bilan
91
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
tabiatning o‘zini ham, uning mahalliy, mintaqaviy va hatto global
miqyoslarda suv iste’molchisi va suvdan foydalanuvchi sifatida
-
gi ehtiyojlarini ham hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqa
-
radi. Suv resurslarini boshqarishning mazkur uch strategiyasi
o‘rtasidagi asoslangan muvozanatni topish butun jahon ham
-
jamiyati oldida turgan maqsad va umumiy yondashuvdir.
Suv resurslarini boshqarish jarayoni birinchi qaraganda
go‘yo oddiydek, ammo chuqurroq qaralsa, juda murakkab tizim
ekanligini ko‘rish mumkin. Bu murakkab tizimda quyidagilarni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
* tabiiy suv resurslari (yog‘inlar, yer usti va yer osti suv oqim
-
lari), shuningdek, antropogen ta’sir ostida hosil bo‘ladigan qay
-
tuvchi suvlar. Bu resurslar iqlimning tashqi o‘zgarishlari ta’siri
ostida o‘zgarishi mumkin;
* iqtisodiyot sohalari bo‘yicha suvning qaytmas tarzda
ishlatilishini hisobga olgan holda suvga bo‘lgan talablar ham
turlicha;
* ekologik sharoitlar va talablar;
* ijtimoiy muhit va iqtisodiy taraqqiyot;
* nihoyat, eng muhim tarkibiy qism – siyosiy muhit.
Shuningdek, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qarorlar
qabul qilishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
• resurslar mavjud bo‘lgan joylar ularni iste’mol qilish joy
-
lari bilan mos kelmaydi;
• turli iste’molchilarning suvga bo‘lgan ehtiyojlari turli
vaqt intervallariga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (masalan,
sug‘orish va energetika; rekreatsiya va baliqchilik va b.);
• suv sifatining yomonlashuvi mohiyatan jamiyat uchun
yaroqli suvning miqdori keskin kamayib ketishiga olib keladi.
Ko‘pincha juda soddalashtirilgan fikr bildiriladiki, go‘yo suv
resurslarini boshqarish bu shunchaki suvni kerakli nuqtalar
-
ga imkoni boricha kerakli vaqtda kerakli miqdorda yetkazib
92
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
berishdan iborat. Aslida yuqorida keltirilgan tashqi va ichki
omillar ta’sirida dunyoda yetilib kelayotgan tendensiyalar hisob
-
ga olinsa, zamonaviy suv resurslarini boshqarish jarayoni mu
-
rakkab jarayon ekanligi ko‘rinadi. Shunday qilib, suv resurslarini
boshqarishning zamonaviy ta’rifi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |