Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Tashabbuskor guruhning tayyorgarlik ishlari



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Tashabbuskor guruhning tayyorgarlik ishlari
Tashabbuskor guruh o‘z faoliyatini o‘zi bajarishi lozim 
bo‘lgan vazifalar doirasini aniqlashdan boshlaydi. Ya’ni tashab
-
buskor guruh havzaviy kengashning potensial a’zolari ro‘yxatini 


77
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
aniqlashi, havzaviy kengash faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qi
-
luvchi me’yoriy hujjatlar (Nizom va reglament) loyihasini hamda 
havzaviy kengashning dastlabki ish rejasini ishlab chiqishi zarur. 
Mazkur faoliyat esa tashabbuskor guruhning hamkorlikdagi 
uchrashuvlari, alohida masalalarni ishchi suv xo‘jaligi boshqar
-
malari vakillari bilan ishchi tartibda o‘tkaziladigan maslahatlar, 
ma’lumotlar almashinuvi va boshqa vositalar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Tayyorgarlik bosqichida moliyaviy imkoniyatlarga bog‘liq 
holda tashabbuskor guruh havzaviy kengashning tashkil 
etilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni, uning barcha potensial 
a’zolariga hamda suv iste’molchilari va manfaatdor jamoatchilik
-
ka yetkazish tadbirlarini ham o‘tkazishi mumkin. Informatsion 
kampaniya, seminarlar, davra suhbatlari, tashabbuskor guruh 
a’zolarining gidrografik havza doirasida joylardagi sayyor 
uchrashuvlarini o‘tkazish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. 
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi – manfaatdor tomonlarni 
tashkil etilayotgan havzaviy kengashning maqsad va vazifalari, 
uning ishida ishtirok etishning afzalliklari bilan tanishtirish va 
boshqalardan iboratdir. Informatsion kampaniyani o‘tkazish
-
da maxsus tayyorlangan buklet va materiallardan foydalanish 
mumkin. 
Havzaviy kengashning nizomi namunaviy nizom asosida ish
-
lab chiqiladi. Bunda havzaviy kengashning maqsad va vazifalari, 
kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjat va materiallar, 
tuziladigan konsultativ-maslahat organining tarkibi tashab
-
buskor guruh tomonidan muayyan havzaning o‘ziga xos sharo
-
itlari va talablaridan kelib chiqqan holda qayta ishlab, takomil
-
lashtiriladi. Nizomning havzaviy kengash ish tartibi va majlislarini 
o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘limlari ham tegishli gidrografik havza 
sharoitlariga moslanib batafsil yoritiladi. Havzaviy kengashning 
reglamenti esa uning Nizomiga nisbatan tashabbuskor guruh 


78
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Bu ishga maxsus 
yurist jalb etilishi ham mumkin. 
Tayyorgarlik ishlari davomida tashabbuskor guruh tomo
-
nidan tashkil etilayotgan kengash a’zolarining dastlabki ro‘yxati 
shakllantiriladi. Ta’kidlash lozimki, kengash tarkibiga majburiy 
tarzda birinchi navbatda berilgan gidrografik havzada joylash
-
gan havza suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, viloyatlar va viloyat 
kengashlari rahbarlari kiritilishi lozim. Vakolatli vazirliklar va 
boshqa sohalarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari esa ular
-
ning gidrografik havza bo‘yicha tuzilgan dastlabki ro‘yxati (agar 
u juda katta bo‘lsa, uning muvofiq ravishda qisqartirilgan ver-
siyasi) asosida kiritiladi. Eng muhim suv iste’molchilari va ja
-
moatchilik birlashmalari uchun maxsus ro‘yxat tuziladi (ro‘yxat 
juda katta bo‘lsa, ular havzaviy kengashga vakilini yuboruvchi 
uyushmalarga birlashtiriladi). Shuning uchun Kengashning po
-
tensial a’zolarini tanlash mezonlari belgilanadi. Masalan, havza 
darajasidagi vakillik, professionalizm, kompetentlik, ijtimoiy 
faollik, qatnashishdan manfaatdorlikning mavjudligi kabi me
-
zonlardan foydalanish mumkin. Bu suv iste’molchilari va jamoat 
tashkilotlari ro‘yxatini kerakli miqdorgacha kamaytirish im
-
konini beradi. 
Shuningdek, havzaviy kengash faoliyatiga mazkur gidrogra
-
fik havzada joylashgan transchegaraviy suv ob’yekti bo‘yicha 
qo‘shni mamlakatlarning tegishli havzaviy boshqarmalarini 
hamda tuman yoki alohida aholi punkti darajasidagi mahalliy 
ijro va vakillik davlat organlarini jalb etish tavsiya etiladi. 
Havzaviy kengash a’zolarining dastlabki ro‘yxati havzaviy suv 
xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan tegishli izohlar bilan tuziladi 
va so‘ngra tashabbuskor guruh a’zolaridan, turli tashkilotlardan 
tarqatilgan dastlabki informatsion xabarnoma bo‘yicha tushgan 
va turli potensial a’zolar bilan o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida 


79
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
tushgan takliflar asosida qayta ishlanadi. 
Adabiyotlar tahlili asosida havzaviy kengashga a’zo tash
-
kilotlarning soni 10-25ta bo‘lishi tavsiya etiladi, chunki un
-
dan kam sonda havzaviy kengashda yetarli darajada vakillilik 
mavjudligini ta’minlash qiyin bo‘lsa, undan ko‘p bo‘lgan hollar
-
da kengash ishi samaradorligini ta’minlash murakkab bo‘ladi. 
Havzaviy kengash a’zolarining ro‘yxati – tashkilot nomi, konkret 
a’zolarning familiyasi va ismi-sharifi hamda bog‘lanish ma’lu
-
motlarini o‘z ichiga oladi.
Navbatdagi qadamda tashabbuskor guruh tomonidan 
havzaviy kengashning birinchi majlisini o‘tkazish bo‘yicha 
dastlabki muddatlar hamda uning kun tartibi belgilanadi. 
Muddatlarni belgilashda ko‘pchilik kengash a’zolari uchun 
qulay bo‘lishi uchun ular (ayniqsa eng muhim a’zolar) bilan 
maslahatlashish muhimdir. Birinchi majlisda ko‘rib chiqilishi 
lozim bo‘lgan masalalar – odatda havzaviy kengash a’zolarining 
yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash, havzaviy kengash nizomi va regla
-
mentini muhokama qilish va tasdiqlash, kengash organlarini say
-
lash hamda tuzilayotgan kengash ish rejasini muhokama qilish va 
tasdiqlashdan iborat bo‘ladi. Albatta, tashabbuskor guruh 
a’zolari faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmay, kun tartibiga 
havzaviy kengashning faoliyati bilan bog‘liq boshqa mantiqiy 
masalalarni ham kiritishlari mumkin.
Keyingi qadamlarda tashabbuskor guruh tomonidan havzaviy 
kengashning yillik va imkon darajasida 2-3 yilga mo‘ljallangan 
istiqbolli ish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Havzaviy kengash
-
ning faoliyatini rejalashtirish tashabbuskor guruh a’zolari bilan 
muhokama qilish asosida, agar tayyorgarlik ishlari davomida 
havzaviy kengash a’zolarining kengroq doirasida informatsion 
kampaniya olib borilgan bo‘lsa, unda tegishli qarorlar, ularning 
ishtirokidagi maxsus seminar yoki davra suhbati asosida qabul 
qilinadi. 



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish