69
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
• umumiy masalalar;
• majlisga tayyorgarlik va uni o‘tkazish tartibi;
• masalalarni havzaviy kengash muhokamasiga olib chi
-
qish tartibi;
• qarorlarni
qabul qilish tartibi;
• havzaviy kengashning yordamchi organlari;
• kuzatuvchilar va taklif etilgan shaxslarning kengash
majlisidagi ishtiroki;
• bo‘lg‘usi faoliyatni rejalashtirish.
Reglamentning umumiy masalalar bo‘limida havzaviy ken
-
gashning huquqiy mavqei va faoliyatidagi asosiy, jumladan uning
jamoatchilik uchun ochiqligi va qarorlarni kollegial xarakterda
qabul qilinishi kabi prinsiplarning belgilab qo‘yilishi muhim hi-
soblanadi. Majlislarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish bo‘limida
ularni o‘tkazish shakli va tili, muddati va ular orasidagi vaqt va
boshqa umumiy sharoitlar ko‘rsatiladi. Umuman, reglamentga
kiritilgan masalalar o‘xshash bo‘lib, bunday tashkilotlar uchun
deyarli bir xil bo‘ladi. Havzaviy
kengashlarning ishida barqa
-
rorlikni ta’minlash maqsadida uning ishini rejalashtirish lozim
bo‘ladi. Rejalashtirish jarayonida kengash a’zolari faol ishtirok
etishlari lozim.
So‘nggi yillarda mintaqada birinchilar qatorida tashkil etilgan
havzaviy tashkilotlarga misol sifatida “SRIB – Farg‘ona” loyiha
-
si doirasida Farg‘ona vodiysida tashkil etilgan “Kanal Suvdan
Foydalanuvchilari Ittifoqi (KSFI)”ni keltirish mumkin.
Mazkur
70
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
havzaviy tashkilot Suv resurslarini boshqarish (SRIB)ga o‘tish
-
da o‘sha davrda hududda mavjud bo‘lgan va pilot-kanallarini
boshqarishning ma’muriy-hududiy tamoyiliga asoslangan tash
-
kiliy tuzilmaga muqobil variant sifatida, o‘zining
tuzilmaviy
bo‘linmalarga ega jamoatchilik organi sifatida tashkil etilgan edi.
Dastlab bu yangi tuzilma faqatgina jamoatchilik organi bo‘lishi
rejalashtirilgan, biroq bunday yondashuv mintaqa sharoitida
qator muammoli masalalarga olib kelganligi tufayli amalda
-
gi qonunchilik tartibi asosida pilot-kanalning “Kanal Suvdan
Foydalanuvchilari Ittifoqi (KSFI)” nomidagi yuridik shaxs
maqomini olgan tashkilotga aylantirilgan.
KSFIning tashkiliy tuzilmasi quyidagi tarzda ifodalangan:
• KSFIning umumiy yig‘ilishi – KSFIning oliy organi;
• KSFIning kengashi –
KSFIning ijro organi;
• KSFI kengashining boshqaruvi – KSFI kengashining joriy
faoliyatiga javob beruvchi ijrochi organ.
KSFI kanal havzasidagi barcha mafaatdor tomonlarni jalb
etish asosida suvni taqsimlash masalalarini hal etishning namu
-
nasi hisoblanadi. KSFI tarkibiga suv resurslaridan foydalanish
-
dan manfaatdor bo‘lgan suvdan foydalanuvchilarning vakillari,
suv xo‘jaligi tashkilotlari, hokimiyatning mahalliy organlari va
boshqa tashkilotlar kiritilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda havzaviy tashkilotlar
-
ning rivojlanishi yo‘lidagi yana bir qadam O‘zbekiston
Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Markaziy Osiyo
mintaqaviy
ekologik
markazi
(MOMEM)
tomo
-
nidan
amalga oshirilayotgan, AQSH xalqaro taraqqiyot
agentligi
tomonidan
moliyalashtirilgan
«Markaziy
Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik (Smart Waters)» loyiha
-
si hamkorligida qo‘yildi. 2018-yilning 20-iyulida O‘zbekiston
Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Podshoatasoy daryo
-
si havzasida Podshoatasoy daryosi havzasida joylashgan
72
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
sinergizmini ta’minlaydi.
SRIBning birinchi prinsipi – suv
resurslarini havza darajasi
-
da gidrografik chegaralar asosida boshqarish – suv iste’molchi
-
larining qayerda joylashganligidan (oqim bo‘yicha yuqori yoki
pastda) qat’i nazar ularning turg‘un va teng huquqli suv bilan
ta’minlanishi kafolati hisoblanadi. Jamoatchilikning rejalashti
-
rish jarayonida, jumladan, jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar
asosida faol ishtirok etishi barcha suv iste’molchilari manfaat
-
larini e’tiborga olish imkonini beradi. Bugungi kunda suv re
-
surslarini muhofaza qilish, saqlab qolish va suvdan foydalanish
mahsuldorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha manfaatdor
-
likni joriy etish zaruriyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakl
-
lantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: