73
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
ular davlat organlarining jamoatchilik tashkilotlari bilan ham
-
korligini ta’minlash uchun maxsus
tuzilgan shunchaki tuzilma
emas. Mazkur holatda suv iste’molchilari va nodavlat tashkilot
-
larining vakillari davlatning suv resurslarini boshqarish tash
-
kilotlaridan birida to‘la huquqli (konsultativ-maslahat mavqeida
bo‘lsa ham) a’zosi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Amaliy jihatdan jamoatchilikning havzaviy kengashlarning
ishida muvaffaqiyatli ishtirok etish shakllari turli mamlakat,
havza va mintaqalar sharoitlarida turlicha bo‘lishi mumkin.
Ammo jamoatchilikning qarorlar qabul qilishda muvaffaqiyatli
ishtirok etishlarida zaruriy va asosiy shart ularning ma’lumot
-
ga ega bo‘lishlarini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur masalaning
yana bir muhim jihati havzaviy kengashlarda a’zo bo‘ladigan
suv iste’molchilari va jamoat tashkilotlari vakillarini aniqlashga
to‘g‘ri yondashishdir. Ularning muayyan havzadagi shakllangan
suvdan foydalanish tuzilmasini tushunishlari
va keng spektrli
manfaatlarni ko‘zlashlari juda muhim.
Alohida olingan havzalarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa
-
ruvchilarining manfaatlari kattaroq bo‘lsa, boshqalarida
sanoat tarmoqlari yoki boshqa suv xo‘jaligi majmuasi qatnash
-
chilarining manfaatlari katta bo‘lishi mumkin va bu holatlar har
bir havzaviy kengash tarkibini shakllantirishda e’tiborga olinishi
lozim. Boshqa tomondan ayrim hollarda havzaviy kengash tarki
-
bini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining
manfaatlari ularning vakillari sifatida suv iste’molchilari uyush
-
masi tomonidan ifodalanishi qulay va samarali bo‘lsa, sanoat so
-
hasi vakillari uchun havzaviy kengashda a’zo sifatida qatnashish
juda katta hal qiluvchi ahamiyat kasb etmasligi ham mumkin.
Albatta, havzaviy kengashga suv iste’molchilari va nodav
-
lat tashkilotlari o‘z vakillarini o‘zlari yuborishlari ideal variant
bo‘lardi. Biroq buni amalga oshirish turli sabablar (tashkiliy,
moliyaviy) tufayli murakkab bo‘ladi,
shuning uchun havzaviy
74
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
kengash tarkibida turli suv iste’molchilari va jamoatchilik sektori
vakillarining bo‘lishlarini ta’minlashga e’tibor qaratish lozim.
Bunda turli suv iste’molchilari va jamoatchilik sektori vakillari
ishtirok etgan hollarda ham, havzaviy kengashning ishi unda
ishtirok etmayotgan manfaatdor tomonlarning vakillari uchun
ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Buni ayniqsa havzaviy ken
-
gashning nizomini, reglamentini va boshqa ichki hujjatlarini ish
-
lab chiqishda, masalan, ularga majlislarning ochiq tarzda o‘tka
-
zilishi, ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar hamda qabul qilinayotgan
qarorlar matnining ochiqligi, kengash muhokamasiga takliflar
kiritish mumkinligi kabi talablarni kiritish orqali e’tiborga olish
juda muhim. Bunday qadamlar jamoatchilik tomonidan havzaviy
kengash faoliyatiga e’tibor yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi
hamda uning ishida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar ko‘la
-
mi kamayishining oldini oladi.
Umuman, havzaviy kengash ko‘rinishidagi organning bo‘li
-
shi
qabul qilinayotgan qarorlarda, masalan, suv resurslari
-
dan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha dasturiy va
me’yoriy hujjatlarni, turli xo‘jalik qarorlari loyihalarini ko‘rib
chiqishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlashda yaxshi in
-
stitutsional asos yaratadi. Bu esa milliy qonunchilik va xalqaro
konvensiyalarning jamoatchilik ishtirokini ta’minlash talabla
-
rini bajarish bo‘yicha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytira
-
di, ko‘rilayotgan masalalarning havzaning suv ob’yekti holatiga
ta’sir etuvchi turli jihatlarini chuqurroq ko‘rib chiqish imkonini
beradi.
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan
holda havzaviy kengash
-
larni shakllantirish jarayonini har bir havzaning o‘ziga xos sha
-
roitlarini hisobga oluvchi bir necha bosqichlarga bo‘lish mum
-
kin. Havzaviy kengashlar havzaning suv resurslarini samarali
boshqarishdan manfaatdor bo‘lgan barcha tomonlarning va
-
killigiga asoslangan organ bo‘lishi lozim, shuning uchun uning
75
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
shakllanishi dastlabki kunlaridanoq
manfaatdor tomonlarning
xabardorligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: