64
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
– gidrografik havza hududida joylashgan havzaviy suv xo‘jaligi
boshqarmalari hamda viloyatlarning hokimiyat va maslahatlari
(shuningdek, respublika ahamiyatiga molik shaharlar - Nur-
Sulton, Olma-ota va Chimkent)ning
rahbarlari;
2) suv fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish so
-
hasidagi kompetensiyalar asosida belgilanadigan markaziy
tarmoq vazirliklarining (ministrlik, qo‘mita, agentlik)
hududiy
bo‘limlari rahbarlari;
3) suv iste’molchilarining vakillari;
4) jamoat
birlashmalarining vakillari;
5) boshqa tashkilotlarning vakillari.
Birinchi guruhga kiritilgan ishtirokchilar uchun havzaviy
kengashlarda faoliyat ko‘rsatish qonuniy asosda o‘rnatilgan
majburiyat hisoblanadi. Berilgan gidrografik havza hududida
joylashgan viloyatlarning ijro hokimiyati organlari (Nur-Sulton,
Olma-ota va Chimkent), majburiy tarzda hokim yoki uning o‘rin
-
bosari darajasida havzaviy tashkilotlar ishida ishtirok etishlari
lozim. Vakillik organlari esa havzaviy tashkilotlar ishida sessiya
raisi yoki maslahat kotibi darajasida ishtirok etadi. Havzaviy suv
xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i shaxsan ishtirok etadi va suv ko
-
deksi talabiga ko‘ra havzaviy kengash ishiga rahbarlik qiladi.
Ikkinchi guruhga kiritilgan ishtirokchilar
ichidan muayyan
havza uchun ularning suv fondidan foydalanish va ularni mu
-
hofaza qilish sohasidagi kompetensiyalari bo‘yicha eng muhim
-
larini aniqlab olish lozim. Umuman, mazkur guruhni quyidagi
tarmoqlar davlat organlari hisobiga shakllantirish tavsiya etiladi:
65
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
◻
tabiatni muhofaza qilish sohasida davlatning vakolatli
organi;
◻
aholining sanitar-epidemiologik xavfsizligini ta’minlash
sohasida
davlatning vakolatli organi;
◻
yer qa’ri boyliklaridan foydalanish
sohasida davlatning
vakolatli organi;
◻
favqulodda vaziyatlar sohasida davlatning vakolatli
organi;
◻
gidroenergetika sohasida davlatning vakolatli organi;
◻
o‘rmon xo‘jaligi sohasida davlatning vakolatli organi;
◻
baliq xo‘jaligi sohasida davlatning vakolatli organi;
◻
boshqa markaziy tarmoq vazirliklari.
Havzaviy kengashlarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sohalar
ularning mazkur suv havzasida joylashgan hududiy bo‘linmalari
rahbarlari yoki ularning muovinlari
misolida ishtirok etishlari
lozim. Ta’kidlash lozimki, mazkur guruhdagi potensial ishti
-
rokchilar soni juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Tuzilayotgan havzaviy
kengash ishini faollashtirish uchun ularning sonini eng muhim
-
larini tanlash hisobiga cheklash lozim.
Suv kodeksi talabiga ko‘ra, havzaviy kengashda albatta
suv iste’molchilari vakili ishtiroki ta’minlanishi lozim.
Bunda
muhim omillardan biri turli manfaatlar (qishloq xo‘jaligi,
gidroenergetika, ichimlik suvi ta’minoti va h.k.) balansini ta’min
-
lash hisoblanadi. Manfaatdor tomonlar havzaviy kengash tarkibi
-
da nafaqat suv iste’molchilari, balki jamoat tashkilotlari vakillari
sifatida ham qatnashishi mumkin, lekin ularning ishtiroki shart
etib belgilanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: