Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Havzaviy rejalashtirishda qo‘llaniladigan



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Havzaviy rejalashtirishda qo‘llaniladigan 
asosiy yondashuvlar va ularning 
metodologik asoslari
Havzaviy rejalarni ishlab chiqishda dunyo tajribasida ko‘plab 
metodologik yondashuvlardan foydalaniladi. Quyida suv xo‘jaligi
-
da keng qo‘llanilayotgan va Havzaviy Rejalarni ishlab chiqishda 
u yoki bu darajada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodologik 
yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. 
Bunday metodologik yondashuvlardan biri transchegaraviy 
monitoring bo‘yicha baholash tizimi bo‘lib, uning asosiy maqsadi 
muayyan havza sharoitida havzani mavjud siyosiy, ijtimoiy-iqti
-
sodiy va ekologik sharoitlarda rivojlantirishni ko‘zlagan Havzaviy 
Rejalashtirishning optimal strategik variantlarini aniqlash va 
ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda eng muhim prinsip taklif eti
-
layotgan tadbirlarning tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lishi
-
ni aniqlash hisoblanadi. Mazkur metodologik instrument odatda 
dolzarb masalalarni o‘rganish va optimal qarorlarni qabul qilish 
yo‘lida hamkorlikdagi daryo havza tashkilotlari tomonidan foy
-
dalaniladi. Bunda matritsa taraqqiyotning to‘rt omili va suv re
-
surslarining uch manbasidan tashkil topadi. Ta’kidlash lozimki, 
taraqqiyot omillari har bir alohida holatni e’tiborga olgan holda 
qo‘shib borilishi mumkin. 
Havzaviy Rejalarni ishlab chiqishda u yoki bu darajada qo‘lla
-
nilishi mumkin bo‘lgan metodologik yondashuvlarga yana bir 


108
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
misol sifatida Strategik ekologik baholash (SEB) xizmat qili
-
shi mumkin. Mazkur uslub asosiy instrument sifatida qator 
olimlar va mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llan
-
gan. Jumladan: Phillips, D.J.H., Allan, J.A., Claassen, M., Granit, 
J., Jägerskog, A., Kistin, E., Patrick, M., and Turton A. 2008-yilda 
o‘zlarining “The TWO Analysis: Introducing a Methodology for 
the Transboundary Waters Opportunity Analysis” asarlarida 
ko‘rsatib berdilar. Shuningdek, mazkur uslub Jahon Bankining 
“World Bank (2009). Strategic Environmental Assessment-
Improving Water Resources Governance and Decision 
Making: Case Studies, Paper No. 116., Washington, DC, USA” 
asarlarida ham yuqori samaradorlik bilan qo‘llanilishi mumkin
-
ligi ko‘rsatib berilgan. Mazkur uslublar manfaatdor tomonlarni 
nafaqat tahlil, balki rejalashtirish bosqichlarida ham jalb etish 
imkonini yaratadi. Amalda SEB mo‘ljallanayotgan faoliyatning 
va qabul qilinayotgan qarorlarning ustuvor ekologik jihatlarini 
aniqlashga yo‘naltirilgan. Ushbu uslubni qo‘llab amalga oshiri
-
ladigan baholash jarayoni havzani rivojlantirish ssenariylarini 
tahlil qilish, xavflarni baholash, ehtimoliy ekologik oqibatlarni 
modellashtirish va bashorat qilish, optimal tadbirlarni aniqlash
-
da iqtisodiy hisoblar kabi qator turli instrumentlarni qo‘llash 
imkonini beradi. SEB usulidan havzaviy rejani ishlab chiqish 
jarayonida asosan havzaning mavjud dolzarb ekologik xarakter
-
dagi muammolarini aniqlash va optimal muhofaza tadbirlarini 
ko‘rib chiqish uchun foydalaniladi. 
Havzaviy Rejalarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan har bir 
metodologik yondashuv muayyan maqsadlar uchun mo‘ljallan
-
gan. Turli yondashuvlarning elementlari bir vaqtda ham foydala
-
nilishi mumkin. Shunday qilib, Havzaviy Rejani ishlab chiqishda 
birlik asos sifatida suv manbasining gidrografik havzasi qabul 
qilinadi. Bunda eng muhim asos rolini havzadagi mavjud vazi
-
yatni aniqlash bo‘yicha bajarilgan kompleks baholash natijalari 


109
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
o‘ynaydi. Havzaviy rejalashtirish jarayonida manfaatdor tomon
-
lar va jamoatchilikning jalb etilishiga katta e’tibor qaratiladi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish