Bir havodan nafas olish mas`uliyati
Bugungi kunda barchani tashvishga solayotgan transchegaraviy ekologik muammolarni
bartaraf etish, xalqaro hamjamiyatning bu boradagi sa`y-harakatlarini kuchaytirish
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston XXI asr
bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli
asarida ta`kidlanganidek, «Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki
to'laqonli va sog'lom turmush kechirishi uchun zarur mo'`tadil atrof-muhit sharoitlariga
ham bo'lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e`tirof etgan.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi
bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi...».
Xalqaro huquqiy tajriba, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik
xavfsizlikning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekistonda bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda
ekologik xavfsizlik sohasidagi siyosat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, shuningdek, atrof-
muhit
va
barqaror
rivojlanish
bo'yicha
Rio-de-Janeyro
va
Yoxannesburg
deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan hamda
yetakchi davlatlarning qonunchilik sohasidagi tajribalaridan kelib chiqadigan davlat
majburiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Milliy siyosat va xalqaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlari mamlakatning ekologik
salohiyatini saqlashga va mustahkamlashga asoslangan. Shu maqsadda O'zbekiston
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan atrof
tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida faol hamkorlikni yo'lga qo'yib, atrof-muhit va
barqaror rivojlanish bo'yicha o'nlab xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. Xalqaro,
mintaqaviy muammolarni hal etish uchun Barqaror rivojlanish konsepsiyasi va Milliy
strategiyasi, «XXI asr kun tartibi», atrof-muhit, aholi salomatligi muhofazasi, biologik
xilma-xillikni saqlash, cho'llanishga qarshi kurash, ozon qatlamini yemiruvchi
moddalardan foydalanishni to'xtatish, chiqindilarni boshqarish bo'yicha Milliy harakat
rejalari, issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish Milliy strategiyasi va boshqalar qabul
qilindi.
HAMKORLIKDAGI HARAKAT ZARURATI
Atmosfera
havosini
transchegaraviy
muhofaza
qilish
umumjahon
ekologik
muammolardan sanalib, 1979 yilda qabul qilingan BMT Yevropa iqtisodiy
komissiyasining (YeIK) Atmosfera havosining uzoq masofalarida transchegaraviy
ifloslanishi to'g'risidagi konvensiyasi atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi
kurashishda hamkorlikdagi harakatlar uchun asos yaratdi. Konvensiya atmosfera havosini
ifloslantirish, uning mintaqaviy darajadagi oqibatlarini o'rganish va monitoringi hamda
chiqindilarni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish sohasida sa`y-harakatlarni
birlashtirishni ta`minlovchi asosiy xalqaro kelishuvlardan biri hisoblanadi. 1984 yildan
boshlab to hozirgi davrga qadar oltingugurt (oltingugurt dioksidi), azot oksidlari,
uchuvchan organik birikmalar, og'ir metallar va barqaror organik ifloslantiruvchi
chiqindilar hamda transchegaraviy oqimlarning qisqartirilishiga qaratilgan sakkizta
protokol qabul qilingan.
Atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bugungi kunning ham
dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. O'zbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurash va
havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi o'z strategiyasi bor. Davlatimiz 1992 yil 8
fevralda MDH davlat boshliqlari imzolagan bitimga muvofiq tuzilgan MDH
mamalakatlari Davlatlararo ekologiya kengashining to'laqonli a`zosidir. O'zbekiston
hukumati tomonidan ekologik muammolarni bartaraf etish borasida keng ko'lamli ishlar
amalga oshirilmoqda.
Ammo, O'zbekiston tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilangina umummintaqaviy
ekologik muammolarni to'la yechib bo'lmaydi. Buning uchun Markaziy Osiyo
davlatlarining barchasi birdek harakat qilmog'i talab etiladi. Kezi kelganda ta`kidlash
lozimki, 36 yildan buyon qo'shni Tojikistondagi «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi»
davlat unitar korxonasining atmosfera havosiga zararli tashlanmalarining bevosita ta`sir
doirasida Surxondaryo viloyatidagi bir milliondan ortiq aholi yashaydigan Sariosiyo,
Uzun, Denov, Oltinsoy, Sho'rchi, Qumqo'rg'on tumanlari hududi aholisi endokrin va
suyak-bo'g'in tizimi, nafas olish yo'llari, tug'ma nogironlik, flyuoroz va onkologik
kasalliklardan borgan sari ko'proq aziyat chekmoqdalar. Chunki, bu tumanlarning aholisi
sutkaning 18-19 soati davomida ekologik nuqtai nazardan zaharli – zavod mo'rilaridan
tashlanayotgan, tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo'lgan ftorli vodorod va boshqa
qo'shilmalar mavjud havodan nafas olishga majbur bo'lmoqdalar.
EKOTIZIMDAGI MUAMMOLAR
Alyuminiy olish jarayonida ftorli vodoroddan tashqari katta miqdordagi uglerod va
oltingugurt oksidlari kabi zaharli gazlar ajralib chiqib, insonda yiringli bronxit, o'pka
shamollashi, bosh aylanishi, migren, qon bosimining oshishi kabi kasalliklarni keltirib
chiqarmoqda. Bunday zaxarli tashlanmalar, ayniqsa, bo'lajak onalar salomatligiga juda
salbiy ta`sir ko'rsatmoqda. Oqibatda, ularning tug'ish davrida ekologik muammolar tufayli
yuzaga kelgan turli darajadagi asoratlar sababli chaqaloqlar jarohatlangan miya, miya
sholi kasalligi, turli xil bel-miya churrasi, yuqori va pastki jag'dagi nuqsonlar hamda
boshqa jarohatli xastaliklar bilan dunyoga kelmoqda. Ushbu hududda yashovchi 6
yoshdagi bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari hududdagi maktabgacha yoshdagi
bolalarning 36,5 foizi jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolayotganini
ko'rsatmoqda.
Ftorli vodorod va boshqa zaharli moddalar qishloq xo'jalik mahsulotlari tarkibida ham
ko'plab uchrayotgani nihoyatda achinarlidir. Jumladan, bunday zaharli moddalar 1
kilogramm bug'doyda 13,2, no'xatda 57,4, kartoshkada 52,6, sabzida 55,7, sutda 37,2,
olmada 57,3 milligrammni tashkil etayotir. Bu belgilangan me`yoriy miqdordan 3-5 marta
ortiqdir.
Surxon vohasida mazasi tilda qoladigan, shirinligi bilan mashhur, hovuchga sig'maydigan
ekologik toza anorlar, shaftoli va o'riklar yetishtirilgan. Bugun esa ekologik ta`sir tufayli
ularni yetishtirishning imkoni bo'lmayotir. Bog'lar yo'qotilmoqda. Borlarining ham