Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Suv resurslarini havzaviy boshqarish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Suv resurslarini havzaviy boshqarish
Havzaviy boshqaruv iterativ jarayon sifatida suv boshqar
-
malari va havzaviy qo‘mitalar kabi havzaviy kelishuv va bosh-
qaruv tuzilmalari endigina tashkil etilgan va takomillashtirish 
zarur bo‘lgan sohalarni aniqlash imkonini beradi. Qaror qabul 
qilish, rejalashtirish va boshqarish havzaviy boshqaruvdagi ket
-
ma-ket amalga oshiriladigan muhim qadamlar seriyalari sifatida 
qaralishi mumkin. 
Birinchi qadam keng qamrovli maqsadlar bo‘yicha qaror
-
lar loyihasini ishlab chiqish (erishish ko‘zlangan maqsadlarni 
belgilash)dan iborat. Keyingi bosqichlarda esa suv resurslarini 
boshqarish bo‘yicha yechimini topish zarur bo‘lgan muammo
-
larga aniqlik kiritish, ularni hal etish bo‘yicha potensial strate
-
giyalar ro‘yxatini tuzish (maqsadga erishish yo‘llarini belgilash), 
strategiyalarning har birini baholash, muayyan strategiya yoki 
ularning kombinatsiyasini tanlash, tanlangan strategiyani amal
-
ga oshirish, uni amalga oshirish natijalarini baholash hamda re
-
jalarning kelgusida yanada samaraliroq bo‘lishi maqsadida qay
-
ta ko‘rib chiqish tadbirlari amalga oshiriladi. 
Suv resurslarini havzaviy boshqarish sikli bosqichlari. Albatta 
mazkur sikl bosqichlari ketma-ketligi tashqi kuchlar ta’sirida 
uzilishi mumkin. Biroq “boshqaruvni bajarish orqali o‘rganish 
sikli” bizga o‘rgangan bilimlarimizni suv resurslarini boshqarish 
jarayonida qo‘llash hamda yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bi
-
lan inobatga olish imkonini beradi. Bu esa biz suv resurslarini 


99
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
boshqarish jarayonini o‘zgarayotgan oqibatlarga, jumladan si
-
yosiy o‘zgarishlar, tabiiy ofatlar va demografik o‘zgarishlarga 
moslashtira olishimizni anglatadi. 
Mamlakatlarda suv resurslaridan foydalanish va ularni mu
-
hofaza qilish bo‘yicha rasmiy siyosat odatda milliy hukumat
-
lar tomonidan o‘rnatiladi. Mazkur siyosatlarni amalga oshirish 
jarayoni ko‘p hollarda samarali bo‘lsa-da, siyosatlar havza 
miqyosida amalga oshiriladigan hollarda “butun havza” 
uchun maqbul qarorlarga kelishning hamda “yuqori va quyi 
oqim” muammolariga (daryo havzalari uchun) va “mintaqa va 
mintaqa o‘rtasidagi” (ko‘l yoki yer osti suvlari resurslari uchun) 
qarama-qarshiliklariga yechim topishning kattaroq imkoniyat
-
lari mavjud. “Butun havza” yondashuvi ta’sirlarni tizim darajasi
-
da baholash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, milliy siyo
-
satlar hamda transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha xalqaro 
kelishuv va mintaqaviy konvensiyalarni qo‘llash, tabiiy havzalar 
miqyosida amalga oshiriladi. Mamlakat miqyosida va havza dara
-
jasida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutasaddi tashkilot
-
lar o‘rtasidagi munosabatlar esa yanada dinamik va ro‘yobga ke
-
layotgan o‘zgaruvchan oqibatlarga (ularning ekologik, ijtimoiy 
yoki iqtisodiy bo‘lishidan qat’i nazar) moslashuvchanroq bo‘ladi. 
Suv resurslarini havzaviy boshqarish bugun paydo bo‘lgan 
butunlay yangi yondashuv emas. Ayrim mamlakatlar, masalan 
Fransiya va Ispaniya bir necha o‘n yilliklar davomida havza
-
viy boshqarish yondashuvini qo‘llab kelmoqdalar. Jumladan, 
Ispaniyada 9 ta “Gidrografik konfederatsiyalar” 75 yildan 
ko‘proq davr davomida, Fransiyada esa 1964-yildan beri 6 ta 
“Havza qo‘mitalari” va “Suv agentliklari” faoliyat ko‘rsatib kel
-
moqda. Germaniyaning North Rhine-Westphalia shtatidagi 11 ta 
daryo havzaviy tashkilotlardan biri bo‘lgan Ruxr assotsiatsiyasi 
(Ruhrverband) 1899-yilda suv xo‘jaligi va gidroenergetika soha
-
si xodimlarining ixtiyoriy alyansi sifatida tashkil etilgan. Xalqaro 


100
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
komissiyalar Yevropada ko‘p yillar avval, jumladan Reyn, Meyuz, 
Sheldt, Mosell va Sarre daryolari hamda Jeneva ko‘li havzasida 
tashkil etilgan. AQSHda Tennessi vodiysi boshqarmasi 1933-yil
-
da tashkil etilgan. Avstraliyada 1992-yilda Murrey-Darling shart
-
nomasi asosida Murrey-Darling havza komissiyasiga suv, yer 
va atrof-muhit resurslarini rejalashtirish va barqaror boshqa
-
rish masalalarini muvofiqlashtirish vakolati berilgan. 1909-yil
-
da AQSH va Kanada hukumatlari tomonidan chegara suvlari 
shartnomasi asosida birga foydalaniladigan suv resurslarini 
boshqarish bo‘yicha qo‘shma xalqaro komissiya tashkil etilgan. 
Janubi-sharqiy Osiyoda 1995-yilda Mekong daryosi havzasini 
barqaror rivojlantirish bo‘yicha imzolangan hamkorlik shart
-
nomasi Mekong daryosi Komissiyasi tashkil etilishiga olib kel
-
di. Niger daryosi boshqarmasi va Chad ko‘li havzasi komissiyasi 
1960-yillarda tashkil etilgan. Sinega va Gambiya daryolarini ri
-
vojlantirish komissiyalari 1970-yillarda tashkil etilgan. Yevropa 
hamjamiyatining Doiraviy Suv Direktivasi qonuni talablari asosi
-
da uning barcha 27 a’zo mamlakatlari tomonidan havzaviy bosh
-
qaruv rejalari ishlab chiqilgan. 
Suv resurslari havzaviy boshqaruvining rasman katta kun 
tartibiga qo‘yilishi ikkinchi butunjahon suv forumida amalga 
oshirildi. Bungacha mazkur masalaga bag‘ishlangan maxsus 
texnik seminar 1999-yilda Gaagada tashkil etilgan va uning 
tavsiyalari, jumladan, dastlabki tajribalar natijalari hamda 
havzaviy boshqaruv yondashuvi bo‘yicha muhim munozaralar 
xulosalari taqdim etilgan. Jahonda suv resurslarining havzaviy 
boshqaruviga o‘tish bo‘yicha tahlillar 1999- va 2000-yillarda 
yakunlangan. 
Shunday qilib, suv resurslarini havzaviy boshqarish – suv re
-
surslarini boshqarishga zamonaviy yondashuv bo‘lib, unda aso
-
siy birlik sifatida daryo havzasi hududi qabul qilinadi. Bunda 
moliyaviy mexanizm – havza hududida suvdan foydalanganlik 


101
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
(suv xizmatlari) uchun to‘lov va suvni muhofaza qilish bo‘yicha 
ustuvor tadbirlarni moliyalashtirish o‘rtasidagi bevosita bog‘liq
-
likni kafolatlaydi. 
Suv resurslarini boshqarishda havzaviy tamoyilni amalga 
oshirishning majburiy shartlaridan biri – barcha manfaatdor 
tomonlar ishtirokida moliyaviy qarorlar muhokamasi va ular
-
ning qabul qilinishida aniq demokratik jarayonlarni ta’minlash, 
havza bo‘yicha suv siyosati va ekologik dasturlar to‘g‘risida ular
-
ni ishlab chiqish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida 
jamoatchilikni hamda suv resurslari sifati va holati bo‘yicha aho
-
lini xabardor qilib borishdan iborat. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish