128
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
5. Suv resurslarini havzaviy boshqarish;
6. Havzalarda suv resurslarini integral boshqarishga o‘tish
-
ning boshlang‘ich
darajalari;
7. Havzalarda suv resurslarini gidrografik prinsip asosida
boshqarishning mohiyati;
8. Birgalikda boshqarishga o‘tish jarayoni;
9. Havzaviy boshqarish va Suv resurslaridan mukam
-
mal foydalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihasining
o‘xshashliklari
va farqli jihatlari;
10. Havzaviy boshqaruv tizimini shakllantirishda asosiy
talablar;
11. Havzaviy rejalashtirishda qo‘llaniladigan asosiy yon
-
dashuvlar va ularning metodologik asoslari;
12. Siyosiy xohish va havzaviy boshqaruv tizimlari;
13.
Gorizontal integratsiya;
14. Vertikal integratsiya.
129
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
IV bob. Havzaviy rejalarni ishlab chiqish. Suv
resurslarini havzaviy boshqarishni rejalashtirish
sikli
4.1 Suv resurslarini havzaviy boshqarishni
rejalashtirish jarayoni: Rejalashtirish sikli
Oldingi boblarda ta’kidlanganidek, hozirgi sharoitda suv bilan
bog‘liq muammolarning yechimiga integrallashgan yondashuv
-
ga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi reallik sharoitlarida suv
muammolariga bir vaqtning o‘zida
ularning iqtisodiy, ijtimoiy
va ekologik jihatlarini va ta’sirlarini qamrab olgan holda tahlil
qilmasdan yechim topishning imkoni yo‘q. Havzaviy rejalash
-
tirish Suv resurslarini integral boshqarishning (SRIB) muhim
elementi hisoblanadi va u suv resurslarini boshqarishning turli
darajalarida, shu jumladan transchegaraviy darajada ham qo‘lla
-
nilishi mumkin. Havzaviy rejalarni ishlab chiqish va tatbiq
etish suv xo‘jaligi (havzaviy) tashkilotlariga mavjud suv xo‘jali
-
gi vaziyatini kompleks tahlil qilish
va baholash hamda havza
doirasida suv resurslaridan foydalanishning yaqin (2-3 yilga),
o‘rta (5-7 yilga) va uzoq (10-15 yilga) kelajakka mo‘ljallan
-
gan rejalashtirishni amalga oshirish imkonini beradi. Havzaviy
boshqarish jarayonida havzaning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir
etuvchi – iqtisodiy rivojlanish, demografik bashoratlar, iqlim
o‘zgarishining o‘sib borayotgan ko‘rsatkichlari va boshqa omillar
hisobga olinadi. SRIB rejasini ishlab chiqish rejalarning eng
hayotiy va samarali bo‘lishiga
imkon yaratuvchi asosiy
tamoyillarga amal qilishni talab etadi. Bunda asos sifatida reja
-
lashtirish jarayoni yoki boshqacha qilib aytganda rejalashtirish
sikli xizmat qiladi. Shunga o‘xshash rejalashtirish sikllari har
qanday boshqaruv tizimlarida, havzani boshqarish yoki alohida
korxonani boshqarish tizimi bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘llaniladi.
130
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
Rejalashtirish sikli asosida ishlab chiqilgan SRIB rejasi mamlakat
va davlatlararo darajadan boshlab toki har qanday daryo havzasi
darajasigacha bo‘lgan turli darajalarda qo‘llanilishi mumkin.
Quyida keltirilgan sxemada ko‘rsatilganidek (4.1-rasm), SRIB
uchun tuzilgan rejalashtirishning zamonaviy sikli 7 ta asosiy
bosqichni o‘z ichiga oladi. Mazkur bosqichlarning har biri o‘quv
qo‘llanmasining keyingi bobida batafsil ko‘rib chiqiladi.
Tayyorlangan rejani ishga
tushirish: Manfaatdor
tomonlar tahlili.
Rejani
tuzish bo‘yicha ishchi
guruhni shakllantirish
Mavjud holatni
tahlil qilish va
baholash
Strategik
nazar
(qarashlar)ni
shakllantirish
Foydalanilayotgan rejani
monitoring qilish va
baholash,
korrektirovka qilish
Barcha
manfaatdor
tomonlarni
jalb etish
Maqsad va vazifalarni
shakllantirish,
muammolarni
birinchi
o‘ringa qo‘yish
Rejadagi
tadbirlarni
amalga oshirish
Rejaning matnini tayyorlash
va barcha manfaatdor
tomonlarning roziligini olish
Do'stlaringiz bilan baham: