115
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Havzaviy kengashlar tuzilishi belgilangan. Shuningdek, mam
-
lakatda faoliyati havzalarning gidrogeografik
chegaralarini
aniqlash, Milliy suv strategiyasi loyihasini ishlab chiqish, qonun
hujjatlari loyihalarini va boshqa tegishli hujjatlarni ishlab chi
-
qishga yo‘naltirilgan Milliy kengash ham tuzilgan.
Qirg‘iziston Suv kodeksida SRIB
va havzaviy rejalashtirish
elementlarining aks ettirilishi (Qirg‘iziston Suv kodeksi, 2005-
yil 12-yanvar, 2012-yil 10-oktyabrda kiritilgan o‘zgartirishlar
bilan):
- V bob: Suv resurslarini boshqarish va havzaviy yondashuv:
• «Havzaviy yondashuv – suv resurslaridan foydalanish
va ularni muhofaza qilish jarayonini boshqarish bosh havzalar
doirasida gidrografik prinsip asosida
amalga oshirilishini
bildiradi...»;
• «Har bir bosh havzada tegishli havzaviy suv ma’muri
-
yati va havzaviy kengashlar suv resurslarini boshqarishning
muayyan jihatlari uchun mas’uldirlar...».
- V bob: Suv resurslarini boshqarish prinsiplari:
• Ifloslaganlik uchun to‘lov
prinsipi;
• Real kafolat prinsipi: suv iste’molchilarining huquqlari
va yuridik himoyasi bo‘yicha real kafolatning ta’minlanishi;
• Ochiqlik prinsipi: suv ob’yektlari va suv resurslarining
holati haqidagi ma’lumotlar jamoatchilik vakillari uchun ochiq
bo‘lishi lozim.
- X bob: Havzaviy rejalashtirish. Havzaviy kengashlar va ular
-
ning vakolatlari:
• Havzaviy kengashlarning vazifalari – Havzaviy rejani ish
-
lab chiqish...
dan iborat; Havzaviy reja quyidagilarni o‘z ichiga
olishi mumkin:
116
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
o havza ichidagi suv resurslari miqdori va sifatini baholash;
o aholi va ekologik ehtiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabni
aniqlash;
o investitsion
va moliyaviy talablarni, ularning ehtimoliy
manbalarini
aniqlagan holda baholash;
o suvdan foydalanish bo‘yicha ustuvorliklarni hamda iqti
-
sodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasida suvdan foydalanuvchilarn
-
ing huquqlari ehtimoliy cheklanishlarini belgilash.
• Havzaviy kengash faoliyati bo‘yicha ish yuritish qoidalari
loyihalarini tayyorlash…;
• Bosh havza doirasida suv sektorida faoliyatlarni
muvofiqlashtirish;
«...Davlat suv ma’muriyati havzaviy rejalarni ishlab chiqish
bo‘yicha jarayonlarni belgilaydi...».
«...Davlat suv ma’muriyati va tegishli havzaviy suv ma’mu
-
riyatlari o‘z vazifalarini bajarish davomida tegishli havzaviy re
-
jalarni amalga oshiradilar...».
«...Havzaviy rejalar tegishli havzaviy kengashlar tomonidan
har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi...».
Do'stlaringiz bilan baham: