112
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
3.2-jadval
Markaziy Osiyo davlatlari suv kodekslarida suv resurslarini
integral boshqarish va havzaviy rejalashtirish elementlari
SRIB va Havza
-
viy rejalashti
-
rish
prinsiplari
Qozog‘iston
Suv kodeksi
(09.07.2003
o‘zgart.
25.01.2012)
Qirg‘iziston
Suv kodeksi
(12.01.2005
o‘zgart.
10.10.2012)
Tojikiston
Suv kodek
-
si (yangi
tahrirda
02.04.2020)
Turkmaniston
Suv Kodeksi
(15.10.2016
o‘zgart.
5.01.2018,
8.11.2028,
5.10.2019)
O‘zbekiston
“Suv va suvdan
foydalanish
to‘g‘risida”
-
gi
qonuni
(6.05.1993
o‘zgart.
(25.12.2009)
Barcha turdagi
suv resurslari
qamrovi (dav
-
lat suv fondi)
I bob, 4-modda I bob, 4-modda
I bob,
5-6-moddalar
I bob, 5, 7-mod
-
dalar
I bob, 3, 4-mod
-
dalar
Jamoatchilik
ishtiroki, gen
-
der jihatlari
I bob, 9-mod
-
da; V bob,
33-modda; XII
bob, 63-
modda
I bob, 6-modda
III bob
II bob,
18-modda,
19-modda
III bob,
10-modda
Gorizontal
va vertikal
muvofiq-
lashtirish
V bob, 33-mod
-
da; VII bob,
40-modda;
IX bob,
48-49-mod
-
dalar
II bob,
7-10-moddalar
II bob
II bob, modda
11-17, IV bob,
22-modda
II bob, 5, 6,
7-moddalar III
bob, 8,
9-moddalar
Suv resurslari
va havzalarni
boshqarish,
rejalashtirish
(suv resurslari
-
dan mukammal
foydalanish
va ularni mu-
hofaza
qilish
shakliy loyiha-
si, suv xo‘jaligi
balansi)
V bob, 34-mod
-
da; VII bob,
40-43-mod
-
dalar;
VIII bob, 44,
47-moddalar
I bob, 5-mod
-
da; II bob, 9,
10-modda
-
lar; III bob,
20-modda
II bob, 20-24
moddalar;
IV bob
II bob,
15 modda;
IV bob,
23-24-mod
-
dalar,
IX bob,
53-modda
XXVI bob,
108-112-mod
-
dalar
113
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Qozog‘iston
Qozog‘iston Respublikasi Suv kodeksiga Markaziy Osiyo mam
-
lakatlari orasida birinchilardan bo‘lib SRIB, Havzaviy Kengash
va Havzaviy rejalashtirish tushunchalari kiritilgan. Suv kodeksi
asosiga boshqaruvning havzaviy prinsipi olingan, ya’ni boshqa
-
ruv gidrografik prinsip asosida amalga oshiriladi. Suv kodeksida
Havzaviy kengashlarni tashkil etish va Havzaviy shartnomalarni
tuzishga katta e’tibor qaratilgan. Suv kodeksi bandlarining ba
-
jarilishi davlat moliyalashtirish dasturiga kiritilgan. 2008-yildan
boshlab SRIB prinsiplarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilay
-
otgan tadbirlar davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladi.
Qozog‘iston Suv kodeksiga SRIB elementlari va havzaviy re
-
jalashtirishga oid bandlar 2009-yil 9-iyuldan va keyinroq 2012-
yil 25-yanvardan o‘zgartirishlar bilan kiritilgan. Jumladan: SRIB
elementlari I bob, 1-moddada (Boshqaruvning havzaviy prinsi
-
pi – suv resurslarini daryolar, ko‘llar va boshqa suv ob’yektlari
havzalari doirasida ma’muriy-hududiy birliklarga taqsimotini
amalga oshirishda suv fondi boshqaruvi gidrografik ko‘rsat
-
kichlari bo‘yicha amalga oshirilishini bildiradi) o‘z aksini topgan.
9-moddada (I bob) esa suv qonunchiligi prinsiplari keltirilgan:
• aholining suv bilan adolatli va teng ta’minlanishi;
• suv fondidan foydalanishda va
uning muhofazasida ochiqlik
va jamoatchilikning jalb etilishi;
• Qozog‘iston Respublikasi suv fondining holati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning ochiqligi.
Havzaviy rejalashtirish 34- va 40-moddalarda o‘z aksini top
-
gan. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish so
-
hasida davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari:
• suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish so
-
hasida havzaviy boshqarish;
• gidrografik havzaning suv resurslarini havzaviy prinsip aso
-
sida kompleks boshqarish;
114
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
• suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qi
-
lish sohasida suv munosabatlari sub’ektlarining
faoliyatlarini
muvofiqlashtirish...;
• tegishli havza doirasida taraqqiyotning istiqbolli reja va das
-
turlari asosida suv ob’yektlarining muhofazasi va ularni qayta
tiklash bo‘yicha havzaviy shartnomalarni tayyorlash va amalga
oshirish;
• Havzaviy kengash ishini tashkil etish, Havzaviy kengash
a’zolari bilan havza doirasida suv fondidan foydalanish va uni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
maslahatlashuvlarni tash
-
kil etish, Havzaviy kengash tomonidan tayyorlangan tavsiyalar
tahlili, ular asosida tadbirlarni amalga oshirish, Havzaviy ken
-
gash tavsiyalarini manfaatdor tomonlar davlat organlari va suv
-
dan foydalanuvchilarga yetkazish.
42-modda suv ob’yektlarini qayta tiklash va muhofaza qi
-
lish masalalariga bag‘ishlangan. Jumladan, unda havzaviy
shartnomalar tomonlarining muayyan suvni muhofaza qilish
tadbirlarini (ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan hol
-
da) amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kuchlar va resurslari
bilan ishtirok etishi bo‘yicha majburiyatlari keltirilgan.
43-moddada Havzaviy kengash –
muayyan havza doirasida
tashkil etiladigan maslahat organi sifatida talqin etilgan. 45-mod
-
dada Suv xo‘jaligi balanslari va 46-moddada Suv resurslaridan
mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihasi
(SRMFvaUMQ SHL) mohiyati yoritilgan. Jumladan, SRMFvaUMQ
SHL suv resurslarini integral boshqarish masalalarida qarorlar
qabul qilish maqsadida ishlab chiqilishi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: