1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari



Download 22,42 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi22,42 Kb.
#583628
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashdir. Fanning asosiy vazifasi kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash, kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira olish malakalarini shakllantirishdir. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatishdan iboratdir.
Amaliy mashg‘ulotga quyidagi mavzular kiradi:

O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari.

O’zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o'zgarishlar va til rivoji

O’zbek adabiy tili me’yorlari

O’zbek lotin alifbosining imlo qoidalari. O’zbek tilida tinish belgilari

Nutq uslublari va ularning xususiyatlari

Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari

Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi

Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning grammatik xususiyatlari

Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari

Sohaga oid taqdimot nutqi

Rasmiy uslubga xos xususiyatlar

Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar

Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari

Sohaviy ma’lumot axborot hujjatlari

Sohaviy xizmat yozishmalari

Soha terminlari fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi.
Terminlarning ifoda plani so‘zga (hujayra, to‘qima) yoki turІun birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi. Har ikki ko‘rinishda ham termin leksema deb hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga olinadi.
Terminlarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo‘ladi: Masalan, boshoq terminining mazmun planida «poya uchida o‘sadigan to‘pgul yoki to‘pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan.
Shaklan so‘zga teng termin aslida leksemaning o‘zidir, chunki u ko‘pincha til sistemasida mavjud bo‘lgan yoki shu tilning so‘z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga keladi, natijada terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi») - tish (termin: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda so‘zning leksik ma’nosi termin tushunchasiga tengdir. Demak, terminlarda ko‘pincha leksik ma’no bilan tushuncha o‘zaro teng bo‘ladi: gul-botanikada: «o‘simlikning urchish (ko‘payish) organi»; gul-amaliy san’atda: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o‘yib tushirilgan bezak, naqsh». Bu misollarda gul so‘zi o‘zining bosh ma’nosida botanikada, ko‘chma ma’nosida esa amaliy san’atda terminlashgan. Ammo bir sohaning o‘zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko‘p ma’noli termin bo‘lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo‘ladi. Masalan, urug‘ leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi bo‘lib keldi: 1) «o‘simlikning urug‘i» (ruscha: semya); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: rod). Ba’zan termin o‘ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so‘zlari ham ma’lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida qo‘llanadigan, barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi.

Download 22,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish