10-mashg‘ulot Sohaga oid taqdimot nutqi. Reja



Download 16,88 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi16,88 Kb.
#423088
Bog'liq
10-mavzu


10-mashg‘ulot
Sohaga oid taqdimot nutqi.
Reja:

  1. Sohaga oid taqdimot yaratish qoidalari.

  2. Taqdimot nutqi.

  3. Taqdimot etikasi.

  4. Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari.



Tаyanch soʻz va iboralar:
Taqdimot nutqi. Taqdimot etikasi. Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari.


Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:
- og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
- og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
- og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
- og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
- kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.
Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq).
3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:
1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi.
2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi.
3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.

1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,
2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.
4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi.

Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim:
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);

ixchamlik, harakatchanlik;
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);
moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi);
- suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati).
Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilganvideoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish
(-15%) organlari orqali qabul qiladi.

1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2. Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4. Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash;
5. Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6. Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdimotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
a) slaydlar soni (7 – 10 ta);
b) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
d) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
e) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak.
Ommaviy axborot vositalari

Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar qiladi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, diktorlar, sharhlovchi va blogerlardir. Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi. Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.
Muxbir - (arab. - xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy- axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi.
Internet - bu hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi aхborot manbaidir. Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.
Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.
Download 16,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish