Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Tojikiston
Tojikistonda ham suv qonunchiligi asosini Suv kodeksi tashkil 
etadi, biroq shu bilan birga suv bilan bog‘liq alohida masalalar 50 
dan ortiq qonunlarda o‘z aksini topgan. Tojikiston Respublikasi 
Suv kodeksiga 2012-yilda va yangi tahrirda 2020-yilda SRIB 
bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, Suv kodeksi
-
ga «Suv resurslarini integral boshqarish», «Suv resurslarining 
havza tashkiloti», «Milliy suv kengashi», «Havzaviy suv ken
-
gashi» kabi tushunchalar kiritilgan.
Tojikiston Suv kodeksida SRIB va havzaviy rejalashtirish ele
-
mentlarining aks ettirilishi (Tojikiston Respublikasi suv kodeksi, 
2020-yil 2-aprelda kiritilgan o‘zgartirishlar bilan):


117
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
- 1-modda: Asosiy tushunchalar: 
• Suv resurslarini integral boshqarish – bu suv (yer osti, 
yer usti va qaytgan) va yer resurslari hamda ular bilan bog‘lan
-
gan boshqa tabiiy resurslarning muayyan gidrografik chega
-
ralarda hisobga olinishi va o‘zaro ta’siriga asoslangan, turli tar
-
moqlarning hamda suv va tabiiy resurslardan foydalanishning 
turli ierarxiya darajalari manfaatlarini inobatga oluvchi, ularni 
barqaror taraqqiyot va tabiatni muhofaza qilish yo‘lida qarorlar 
qabul qilish, moliyalashtirish, suv resurslarini muhofaza qilish 
va rivojlantirish jarayoniga jalb etuvchi boshqaruv tizimi
• Suv resurslarining havza tashkiloti – bosh havza chega
-
ralarida suv resurslarini boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan, suv 
resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish jarayonini 
tartibga soluvchi vakolatli davlat organlarining hududiy tuzilma
-
si. Bu yerda havza tashkilotlari vakolatli davlat tashkiloti sifatida 
talqin etilgan; 
• Milliy suv kengashi – Tojikiston hukumati qoshida
-
gi suv resurslarini rejalashtirish, boshqarish, foydalanish 
va muhofaza qilish yo‘nalishida vazirlik va idoralar, davlat
-
ning boshqa organlari hamda nodavlat tashkilotlarining 
faoliyatlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahat 
organi; 
• Havzaviy suv kengashi – muayyan suv havzasida suv re
-
surslarini rejalashtirish, boshqarish, foydalanish va muhofaza 
qilish yo‘nalishida davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini mu
-
vofiqlashtiruvchi havzaviy maslahat organi
- 21-modda: Suv resurslarini havzaviy boshqarish.
• Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
sohasidagi davlat boshqaruvi boshqarishning havzaviy … prin
-
siplariga asoslangan holda Tojikiston Respublikasi hukumati, 
joylardagi ijro hokimiyati organlari hamda suv resurslaridan 


118
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlatning mu
-
tasaddi tashkilotlari tomonidan qonunchilik asosida amalga 
oshiriladi. 
- 38-modda. Suv resurslarini boshqarish bo’yicha havzaviy 
reja. 
• xo‘jalik ichki suvdan foydalanish rejalari – suv bilan ta’min
-
lovchi tashkilot bilan kelishgan holda, muayyan hudud ma’mu
-
riy jihatdan bo‘ysunuvchi joylardagi ijro hokimiyati organlari 
tomonidan; 
• tuman (havzaviy) ahamiyatiga ega bo‘lgan tizimlar bo‘yicha 
– muayyan hudud ma’muriy jihatdan bo‘ysunuvchi joylardagi 
ijro hokimiyati organlari tomonidan; 
• tumanlararo, viloyat (havzaviy) ahamiyatiga ega bo‘lgan 
tizimlar bo‘yicha – mos ravishda suv resurslaridan foydalanish 
va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlatning mutasaddi or
-
ganlari va ularning tashkilotlari tomonidan joylardagi qishloq 
xo‘jaligi organlari bilan kelishgan holda. 
-30-modda (IV bob): Suv resurslaridan foydalanishni 
rejalashtirish: 
• Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish aho
-
lining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlarini birinchi 
navbatda qondirishni, suv ob'ektlarini muhofaza qilishni va 
ularning zararli ta'sirini oldini olishni hisobga olgan holda suv 
resurslairni suvdan foydalanuvchilar o'rtasida ilmiy asoslangan 
taqsimlanishini ta'minlashi kerak.
• Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda davlat 
suv kadastri, suv xo’jaligi balanslari, suv resurslaridan mukam
-
mal foyfalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihasi hamda 
davlat suv fondi manbalaridan suv olish limitlari ma’lumotlari 
hisobga olinadi.


119
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Tojikiston Respublikasi Suv kodeksiga asosan mamlakatda 
tarkibiga faoliyatlari havzadagi mavjud suv resurslarini reja
-
lashtirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan turli tashkilotlar va korxonalar vakillari kiruvchi Havzaviy 
suv kengashlari tuziladi. Asta-sekin barcha havzalar bo‘yicha suv 
resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning havza
-
viy rejalari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish