O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV ORGANLARIDA ISH YURITISH VA IJRO NAZORATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH HAQIDA
Vazirliklar va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari apparatlarida ijro intizomini mustahkamlash, ish yuritishni takomillashtirish, boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlar va mutaxassislar javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularning ijro uchun yuborilishini, ular bajarilishining natijalari yuborilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 881-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/881/0194)
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, o‘zlarining me’yoriy hujjatlarini ko‘rsatib o‘tilgan Yo‘riqnomalarga muvofiqlashtirsinlar hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va o‘zlariga qarashli tashkilotlarning barcha xodimlari tomonidan ularning bajarilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR ministrliklari va idoralarida, Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, mehnatkashlar deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlarida, korxona va tashkilotlarda ish yuritish haqida Namunaviy instruksiya to‘g‘risida” 1975-yil 16-dekabrdagi 667-son Qarori (O‘zSSR QT, 12-son, 57-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnoma to‘g‘risida” 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiy bo‘limiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |