146
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
amaliyotini joriy etish;
• Suvni yetkazib berishdagi yo‘qotishlarni 20
foizga
kamaytirish;
• Qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab, hosildor
-
likni oshirish.
4.5 Suv resurslarini havzaviy boshqarish rejasi
(Havzaviy reja) matnini ishlab chiqish va tasdiqlash
Dastlabki tayyorgarlik ishlari yakunlanganidan so‘ng, bar
-
cha olingan materiallar yakuniy hujjat – Havzaviy Rejaga kiriti
-
ladi. Rejaning matnini ishlab chiqishda qator asosiy tamoyillar
talablari bajariladi:
•
Rejani ishlab chiqish, muhokama qilish va tasdiqlash
jarayonlarida jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash;
• Havzadagi suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq mavjud
vaziyatning tahlilini o‘tkazish;
• Rejaning aniq maqsad va vazifalarini, natijadorlik indikator
-
lari/ko‘rsatkichlari tizimini hamda uni amalga oshirish jarayoni
-
da monitoring mexanizmlarini aniqlash;
• Muayyan
ustuvorliklarni aniqlash;
• Rejani moliyalashtirish rejasini tuzish va belgilangan mud
-
dat chegaralarini aniqlash, Rejaga kiritilgan tadbirlarning bajari
-
lishi va uning nazorati bo‘yicha rollar taqsimoti;
• Suv resurslarini boshqarish jarayonidagi asosiy chegaraviy
shartlarga e’tibor qaratish;
• Barcha daryo havzalari va barcha gidrologik sikllarni qam
-
rab olish.
Havzaviy Reja matnini ishlab chiqish turli uslublarda amalga
oshirilishi:
bir kishiga, ekspertlar guruhiga, manfaatdor vazir
-
liklar va idoralar vakillariga yoki tashqi konsultantlarga topshiri
-
lishi mumkin. Matnni ishlab chiqish uslubini tanlash manfaatdor
147
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
tomonlar qarorlariga va Rejani ishlab chiqish uchun moliyaviy
resurslarning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki,
matnni ishlab chiqish va rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi
shaxs(lar) rejalashtirish jarayonining barcha bosqichlarida,
vaziyatning tahlilidan tortib rejaning chora-tadbirlarini ishlab
chiqishgacha bo‘lgan bosqichlarda ishtirok etishlari lozim.
Matnni ishlab chiqishdagi birinchi qadam Rejaning mundari
-
jasini ishlab chiqish hisoblanadi. Rejaning mundarijasini (maz
-
muni) ishlab chiqishda qarorni barcha manfaatdor tomonlar qa
-
bul qilishlari lozim. Rejada davlat suv strategiyasi hamda davlat
va havzani strategik rivojlantirish reja va dasturlari o‘z
aksini
topishi lozim. Rejaning mundarijasi turli davlatlar va havzalar
sharoitlarida tanlangan ustuvorliklarga bog‘liq holda bir-biri
-
dan farq qilishi mumkin. Biroq, shu bilan birga, Rejaning barcha
uchun majburiy bo‘lgan
bir necha qismlari mavjud, jumladan:
• Vaziyatning tahlili va baholanishi;
• Maqsad va vazifalar;
•
Rejaning chora-tadbirlari;
• Rejani amalga oshirishdan kutiladigan natijalar.
Shu bilan birga, mazkur bo‘limlar har birining ichki mazmuni
havzaning o‘ziga xosliklari va manfaatdor tomonlar qabul qilgan
qarorlarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
Quyida misol tariqasida Qozog‘istonning Orol-Sirdaryo Havza
Rejasi mundarijasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: