Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Havzaviy rejalar amalga oshirilishini monitoring



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

4.7 Havzaviy rejalar amalga oshirilishini monitoring 
qilish va baholash
Havzaviy Rejaning samaradorligi va natijadorligi amalga 
oshirilayotgan tadbirlarning to‘g‘riligiga bog‘liq bo‘ladi. Reja qay 
darajada amalga oshirilayotganligini kuzatish uchun barcha tad
-
birlar bajarilishini hamda ularning havzadagi vaziyatga umumiy 
ta’sirini baholash va monitoring qilish zarur bo‘ladi. Rejaning 
amalga oshirilishi samaradorligini turli bosqichlarda, jumladan, 
Rejaga kiritilgan alohida tadbirlarni amalga oshirishdan bosh
-
lab Rejaning natijadorligi va samaradorligini baholashgacha 
bo‘lgan bosqichlarda kuzatish mumkin. Bunda muhim jihat, 


151
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Rejani amalga oshirish jarayonining monitoringi va uni baholash 
mexanizmi Rejani ishlab chiqish bosqichidayoq ko‘zda tutilgan 
va barcha manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Rejada quyidagi monitoring va baholash bilan bog‘liq masala
-
lar aniq ifodalangan bo‘lishi lozim: 
•Alohida tadbirlar va umuman Reja bajarilishining aniq 
o‘lchanadigan ko‘rsatkichlari belgilangan; 
• Ma’lumotlarning manbalari, ularni yig‘ish va uzatish kanal
-
lari aniqlangan; 
• Ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari aniqlangan; 
• Reja byudjetida monitoring va baholashni o‘tkazish xarajat
-
lari ko‘zda tutilgan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Rejani monitoring qilish 
mexanizmining muhim elementi – Reja amalga oshirilgan
-
ligi natijadorligining ko‘rsatkichlarini, yoki boshqacha ayt
-
ganda indikatorlarini ishlab chiqishdir. Indikatorlar Rejani 
amalga oshirishdan kutiladigan natijalarni aniqlash bosqichi
-
da ishlab chiqiladi. Umumlashgan holda ishlab chiqilgan in
-
dikatorlar quyidagi asosiy savolga javob berishi lozim: «Qaysi 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha biz dasturning natijalariga erishilgan
-
ligini bilamiz?». Indikatorlarni ishlab chiqish bilan bevosita 
Rejani ishlab chiqqanlar shug‘ullanadilar, biroq, shuningdek
indikatorlar barcha manfaatdor tomonlar muhokamasidan 
o‘tishi lozim. Indikatorlar miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga xos 
bo‘lishi mumkin. Indikatorlar Rejani ishlab chiqish bosqichi
-
da aniqlanadi, ammo ularga rejani amalga oshirish bosqichida 
ham tuzatishlar kiritilishi mumkin. Rejani baholash va moni
-
toring mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim vazifalardan 
biri Rejani baholash va amalga oshirish jarayonida uning mo-
nitoringini olib borish mas’uliyati yuklanadigan shaxslar/tuzil
-
malarni aniqlash hisoblanadi. Bunda funksiyalar bir necha man
-
faatdor tomonlar o‘rtasida bo‘linishi ham mumkin, masalan: 


152
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
• Suv xo‘jaligi sohasi – umumiy suv siyosatini amalga 
oshiruvchi soha sifatida – Rejani rivojlanish strategiyalariga mos 
kelishi jihatidan baholaydi; 
• Havza darajasidagi boshqarma – Rejani amalga oshirish 
bo‘yicha asosiy mas’ul idora sifatida – Rejani amalga oshirish 
bo‘yicha doimiy monitoring va natijadorlikni baholash. 
• Manfaatdor tomonlarning havzaviy kengash/qo‘mitalari – 
Barcha manfaatdor tomonlarning vakili bo‘lgan va Rejani ishlab 
chiqishda ishtirok etuvchi organ sifatida – Rejani amalga oshirish 
bo‘yicha doimiy monitoring va natijadorlikni baholash. 
• Nodavlat tashkilotlari – Rejaning alohida tadbirlari bajarili
-
shi bo‘yicha monitoring. 
• Mustaqil ekspertlar – Rejaning alohida tadbirlari bajarilishi 
bo‘yicha monitoring.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish