1
Orxideya
- guli g'alati shaklda ochiladigan juda xushbo'y
tropik o'simlik.
203
tiga ana shu kokoslardan biroz olib kirishni man
etsa? - deya mendan so'radi kanadalik.
- Man etmasa kerak deb o'ylayman, - javob ber
dim men, - ammo uning o'zi bunga qo'l urmas-
ligiga imonim komil.
- O'ziga qiyin! - dedi Konsel.
- Biz uchun esa yana ham yaxshi! - uning so‘-
zini ilib ketdi Ned Lend. - Bizga ko'proq qoladi.
- Sabr qiling, do'stim Ned! - dedim men ikkin-
chi palmaga ham hujum qilish uchun shaylanib
turgan kanadalikka qarab. - Kokos yong'og'i ajoyib
narsa, ammo u bilan qayiqni to'latib olishdan oldin,
menimcha, orolda foydasi bundan kam bo'lmagan
boshqa mahsulotlar ham bor-yo'qligini aniqlash ke
rak. Menimcha, «Nautilus»da ho'l sabzavotlar ham
kunimizga yarasa kerak.
- Xo'jam haqlar, - dedi Konsel, - men qayiq
ni uch qismga bo'lishni taklif etaman: birinchisi-
ni mevalarga, ikkinchisini sabzavotga, uchinchisini
esa, to'g'risi, hali birorta uchratmagan bo'lsak ham
yowoyi qushlarga qoldirsak.
- Konsel, noumid bo'lish yaramaydi, - e ’tiroz
bildirdi kanadalik.
- Shunday qilib, sayohatimizni davom etti-
rishni taklif etaman, biroq har qadamda hushyor
turmoq lozim. Orol kimsasiz tuyulsa-da, ammo
baribirozuqa tanlashda biz singari injiqlik qilmay-
digan odamlar chiqib qolishi mumkin.
- O 'h-he-he! - deya qichqirdi Ned Lend bu
so'zlarni eshitgach, jag'larini shaqirlatib.
- Ho', Ned, sizga nima bo'ldi? - xitob qildi Kon
sel.
- Xudo haqqi, chin so'zim, - dedi kanadalik, -
men odamxo'rlikning lazzatini payqayotganday
bo'lyapman.
204
-= Ned! N^di Nima dedingiz? - xitob qildi Konsel.-
BundarTchiqdi, siz odamxo'r ekansiz-da? Demak, siz
bilan bir kayutada yashab hamisha xavf ostida turgan
ekanman-da? Demak, kunlarning birida yarim yeyil-
gan holda turishim xavfi bor ekan-da menda?
- Do'stim Konsel, men sizni yaxshi ko'raman,
ammo hech qanday ehtiyojsiz yeb qoyish darajasi-
da emas, albatta.
- Sizga ishonmayman, - deb javob berdi Konsel. -
Kelinglar, ov qilaylik. Bu odamxo'rga tezroq birorta
qush topib bermasak, yaqin kunlarda xo'jam sobiq
xizmatkorining burdalarinigina topishi mumkin.
Ned bilan Konsel hazil-mutoyibasi bilan bo'lib
o'rmon etagiga borib qolibmiz. Quyuq daraxtzorlar
oralab yurib, ikki soat davomida o'rmonning u bo-
shidan bu boshiga borib keldik.
Tasodif bizga yaxshigina imkon berdi: tropik
mintaqaning eng foydali o'simliklaridan biriga
duch keltirdi; u bizga «Nautilus» bortida juda ilhaq
bo'lgan ozuqani topib berdi.
Men Gveboroar orolida juda ko'p o'sadigan
non daraxti haqida gapiryapman; biz osonlik bilan
uning malayyaliklar orasida «rim» nomini olgan
urug'siz turini topdik.
Non daraxti atrofidagi boshqa daraxtlardan
o'zining balandligi qirq fut keladigan tanasining
tikligi bilan ajralib turar edi. Uning juda chiroyli
dum-dumaloq ko'p pallali katta barglardan iborat
tepa qismi tabiatshunos diqqatini darhol o'ziga jalb
etadi. Kattaligi bir detsimetr keladigan, olti qirra-
li g'adir-budur sharsimon mevalari juda ko'p barg-
lar orasida osilib turar edi. Bu foydali daraxt hech
qanday qarovsiz va betashvishgina yiliga sakkiz oy
meva beradi.
Bu mevalar Ned Lendga ma’lum edi.
205
U o'zining juda ko‘p safarlari davomida bu me-
valardan tanovul qilib ko'rgan va uni qanday tay-
yorlashni bilar edi.
- Janob professor, - dedi u, - men bu daraxt-
ning yumshoq mevasini darhol tatib ko'rmasam,
o'lib qolaman!
- Yeb ко‘ring, Ned, yeb ko'ring. Axir biz bu yer-
ga shuning uchun keldik-da, tatib ko'rishimiz ke
rak. Tortinmang!
- Bu ko'p vaqtimizni olmaydi, - dedi u.
Kanadalik qalin oyna yordamida quruq shoxlar-
dan tezda gulxan yoqdi.
Olov charsillab yonar edi.
Shu orada Konsel bilan men yaxshiroq non da-
raxtini tanladik.
Ulardan ayrimlarining mevalari hali yetilma-
gan va qalin terisi oppoq lahmni yopib turardi.
Ammo ko'plari xuddi uzib olishni kutib turganday
sarg'ayib pishib qolgan.
Konsel Nedga shunaqa mevalardan o'ntachasini
uzib olib kelib berdi.
Kanadalik urug'siz bu mevalami tilimlab kesib
cho‘g‘ ustiga qo'ydi. Bu ishlarni qilarkan, u tinmay
gapirardi:
- Hozir ko'rasiz, professor, bu qanaqa mazali
nonligini!
- Ayniqsa odam ikki oy davomida umuman non
ko'rmagandan keyin, - deb qo'shib qo'ydi Konsel.
- Bu hatto non ham emas, - deya so'zini davom
ettirdi kanadalik, - bu eng mazali pirojniy. Siz uni
hech tatib ko'rganmisiz, janob professor?
- Yo'q, Ned.
- Unday bo'lsa, bu dunyoda ko'rolmaydigan ro-
hatga hozirlaning. Agar siz yana bir bo'lak talab qil-
masangiz, men garpunchilar qiroli emasman!
206
Bir necha^riinutdan so‘ng bo'laklarning olovga
qaratilgan tomoni tamoman qoraya boshladi. Har
bir bo'lakning o'rtasida artishokning hidini eslata-
digan oq lahm ko'tarildi.
Ochig‘ini aytsam, non chindan ham juda mazali
ekan, men uni zo‘r ishtaha bilan yedim.
- Afsus, - dedim men, - bu lahm uzoq vaqt tur-
masa kerak... Shuning uchun, menimcha, uni bort-
ga g'amlab olib borishga hojat ham yo'qdir.
- Nima deyapsiz, janob professor! - jahli chiqib
xitob qildi Ned Lend. - Siz nazariyotchi tabiatshu-
nos sifatida gapiryapsiz. Men bo‘lsam amaliyotchi
now oy sifatida ish tutaman. Konsel, bu mevalardan
g'amlayvering, qaytishimizda bortga olib ketamiz.
- Ularni qanday qilib saqlaysiz?
- Ularning lahm yeridan xamir qoraman. U achi-
gandan keyin, uzoq vaqt buzilmay saqlanaveradi.
Yemoqchi bo'lganingizda ularni «Nautilus» osh-
xonasida qaynatish kerak, ta’mi xiyol achiganroq
bp'lishiga qaramay, yeb, uzoq tamshanib qolasiz.
- Noningizning bekam-u ko'stligini ко‘rib turib-
man, bundan bo'lak narsaning hojati ham yo'qdir...
- Aksincha, janob professor, - e’tiroz bildir-
cji kanadalik, - yanada lazzatliroq bo'lishi uchun
meva-sabzavot kerak bo'ladi.
- Nima ham derdik, qani, kelinglar bo'lmasa,
meva va sabzavot qidiraylik.
Non daraxtidan meva yig'ib bo'lgach, biz yana
«yer dasturxoni» uchun yangi mahsulotlar qidirish-
ga kirishdik.
Qidiruvimiz zoye ketmadi va biz tushgacha an-
chagina banan g'amlab oldik. Bu ajoyib nozik tropik
mevasi yil bo‘yi pishib yotadi. Uni xomligicha ham
yeyaverishadi. Biz banandan tashqari, mazali man
go mevalari va bir necha yirik ananas topdik. Bu-
207
larni yig'ib olishga ko‘p vaqt sarflagan bo‘lsak-da,
bunga achinmadik.
Konsel Ned Lenddan ko'z uzmas edi. Garpunchi
oldinda borar, buta yoki daraxtlar yonidan o‘ta tu-
rib g'amlash uchun eng yaxshi mevalarni uzib borar
edi.
- Xo‘sh, qalay, - dedi nihoyat Konsel, - endi
xursanddirsiz, do'stim Ned? Siz istagan narsa-
laringizning hammasini oldingizmi?
- Hm... - gVldiradi kanadalik.
- Nima, hali xursand bo'lganingiz yo'qmi?
- Bu o'tlarning hammasi - ovqatga qo'shib
beriladigan tatimlik, meva-cheva, shirinliklar.
Sho'rvaning o‘zi qani? Kabob qani?
- Ha, ha, Ned, - dedim men, - marhamat qilib
bizni kotletga toydirish borasidabergan va’dangizni
unutmang! Negadir kotletni ko'rmayapman...
- Janob professor, - deb javob berdi kanada
lik, - ov tugashi u yoqda tursin, hatto hali boshlan-
gani ham yo‘q. Sabr qiling! Ertami, kechmi biz ba-
ribir biror qanotli yoki to ‘rt oyoqli ovga uchraymiz,
bu yerda bo'lmasa, boshqa biron joyda...
- Shu bilan birga bugun bo'lmasa, boshqa biron
kun, - deya kanadalikning gapirish ohangida da
vom ettirdi Konsel. - Ammo o'rmonning juda ich-
karisiga kirib borish yaramaydi. Qayiqqa qaytishni
maslahat berardim.
- Nima? Darrov-a? - qichqirdi Ned.
- Biz qorongi tushguncha bortga qaytishimiz
kerak, - dedim men.
- Xo‘p, hozir soat necha? - xafa bo‘lib so‘radi
kanadalik.
- Kamida soat ikki, - javob berdi Konsel.
- Qarang, quruqlikda vaqt qanchalik tez o'tadi-
ya! - dedi chuqur xo'rsinib Ned Lend.
208
Biz qaytishda o'rmondan keldik. Yo‘l-yo‘lakay
karapi pMmasining bapglarini yig'ib olish uchun
darafxtlarniVig uchiga cniqdik, malayyaliklar «abru»
deb ataydigan loviy^Va ajoyib yams to'pladik.
Biz qayiqqaj^aytganimizda charchoqdan a’zoyi
badanimiz^irqirar edi. Ammo Ned Lendning fikri-
cha, biz oziq-ovqatni kam yig'gan edik. Ammo unga
baxt hamisha kulib boqardi. Qayiqqa o'tirib olgan-
dan keyin u birdan balandligi yigirma besh-o'ttiz
fut keladigan bir necha sago daraxtlarini ko'rib
qoldi.
Bular ham non daraxtlariday foydali va Melane-
ziyada haqli ravishda eng qimmatli ozuqalardan biri
hisoblanadi.
Ned Lend ularni nima qilishni bilar edi. Bolta-
ni olib, bir necha minut ichida ikkita-uchta daraxt-
ni qulatdi. Men kanadalikning har bir harakatini
ochiqqan odam emas, balki tabiatshunos sifatida
kuzatib turdim. U ishni har bir poyadan bosh bar-
moq qalinligida po'stloqni shilib tashlashdan bosh
ladi; shunda bir-biriga chatishib ketgan ipsimon
tolalar yalang ochlanib, ular orasida yopishqoq un
ko'rindi. Ana shu un Melaneziya aholisining asosiy
ozuqasi bo'lib xizmat qilayotgan narsa edi.
Nihoyat kech soat beshda gam lagan narsa-
Iarimizni qayiqqa ortib, orol sohilidan suzib ketdik
va yarim soatda «Nautilus»ga yetib oldik.
Bizni hech kim kutib olmadi. Ulkan temir si-
lindr goyo kimsasiz edi.
Narsalarni tashib bo'lgach, xonamga tushdim.
U yerda kechki ovqat muhayyo edi. Ovqatlanib ol-
gach, uxladim.
Ertasi kuni, 5-yanvarda, hech qanday yangi-
lik sodir bo'lgani yo'q. Kema ichi jim jit, hayot ni-
shonasi sezilmaydi. Qayiq qo'ygan joyimizda, bort
I
209
yonida chayqalib turar edi. Biz Gveboroar oroliga
qaytishga qaror qildik.
Ned Lend bu gal oldingiga nisbatan ov o'ngidan
keladi deb umid qilardi. Bundan tashqari, biz
o'rmonning boshqa tomonini ko‘rmoqchi edik.
Quyosh chiqishi bilanoq yo'lga tushdik. Oayiq
sohilga intilayotgan to‘lqin ustida bir zumda orol-
ga yetib bordi.
Biz qayiqdan tushdik va Ned Lendning tuy-
g‘ulariga ishonib, uzun oyoq kanadalikdan orqada
qolmaslik uchun ildam borardik.
Ned Lend bizni orolning garbiy qismi ich-
karisiga boshlab bordi. Bir necha irmoqlardan ke-
chib o'tib, bir tomoni ajoyib o'rmon bilan o'ralgan
yalanglikka chiqdik. Irmoqlar bo'yida bir necha
baliqchi qushlar qanot qoqib yurar, ammo ulardan
birontasi ham miltiqdan otsa bo‘ladigan darajada
yaqin kelgani yo‘q.
Qushlarning bu xatti-harakati meni ular ikki
oyoqli mavjudotlarni birinchi marta ko'rayotgan-
lari yo‘q va odamdan nima kutish mumkinligini bi-
lishsa kerak, degan xayolga olib bordi. Men bundan
hozir orolda hech kim yashamasa ham, ammo yaqin
orada bu yerga odamlar kelib ketgan, degan xulosa-
ga keldim.
Yalanglikdan o‘tib, juda ko'p qushlar sayrayot-
gan kichkina o'rmonga yetdik.
- Hozircha bu qushlar, xolos, - dedi Konsel.
- Ammo bularning orasida yesa bo'ladiganlari
ham bor, - deb javob berdi garpunchi.
- Bilmadim-ov, og ayni, - e’tiroz bildirdi Kon
sel. - Menimcha, bular to‘tiqush.
- Ey, do'stim Konsel, - jiddiy turib so'zlay bosh
ladi kanadalik, - yeyishga narsasi yo‘q odamlar
uchun to'tiqush ham tustovuq o'rnini bosaveradi!
210
- Gapingizga qo'shilaman, - dedim men, - chin
dan ham yaxshilab pishirilgan to'tiqush juda laz-
zatli bo'ladi.
Darhaqiqat, daraxtlarning qalin shoxlari ostida
birov ularga gap o'rgatgudek bo'lsa, odamlar tilida
so'zlasha oladigan olam-jahon to'tiqush g‘ujg‘on
bo'lib yurardi.
Ular ham xuddi shuni kutib turgandek, turli
rangda tuslanayotgan modalari bilan shoxdan shox-
ga sakrab, daraxtdan daraxtga uchib chug'urlashar
edilar. Bu yerda to'tiqushlar guruhining barcha xil-
lari: bamaylixotir va kekkayma kakadu, allaqan-
day falsafiy muammoni yechish bilan bandday juda
jiddiy va yorqin tusli ararlar, uchayotganda turli-
tuman quroqni shamol ko'kka olib ketayotganday
bo'lib ko'rinadigan, odam tilini boshqalariga nisba-
tan yaxshiroq o'zlashtira oladigan zukko to'tiqush -
jakolar va bu ajoyib, ammo aksari yeyilmaydigan
qushlaming ko'pgina boshqa xillari ham bor edi.
t Biroq bu kolleksiya orasida birgina eksponat ye-
tishmas edi: men faqat shu o'lkalarda bo'ladigan
va Arru hamda Yangi Gvineya orollari chegarasi-
dan sira nari ketmaydigan qush haqida so'z yurit-
yapman. Qarangki, baxt menga ham kulib boqar
ekan, shu qushni ko'rishga muyassar bo'ldim.
Siyrak o'rmondan o'tib, butalar bilan qoplangan
o'tloq yonidan chiqib qoldik. Oyoq tovushlarimiz
bir juft allaqanday qushni cho'chitib yubordi; men
ularning patlari faqat shamolga qarshi uchishga
moslashganini ko'rdim. Ularning to'lqinday mavj
urib uchishi, havoda juda latofat bilan charx urishi,
patlarining ta’rifga sig'maydigan turli rangda jilva-
lanishi - bularning bari diqqatni jalb etib, ko'zni
quvnatar edi. Men ularni bir ko'rishdayoq tanidim.
- Bu jannat qushlari! - deya qichqirdim.
- Uzun ko'kraklilar bo'limi, chumchuqsimonlar
to'dasi, jannat qushlari oilasi, - dedi o'sha zahoti-
yoq Konsel.
- Balki kakliklar oilasidir? - so'radi Ned Lend.
- Yo'q, do'stim Ned, - dedim men. - Ammo
bular kaklik bo'lmasa ham, o'z abjirligingizni
ko'rsatib, shu ajoyib tropik qushlaridan birini ush-
lab olishimga ko'maklashsangiz, sizdan juda min-
natdor bo'lardim.
- Urinib ko'raman, janob professor, ochig'i, mil-
tiqdan ko'ra ko'proq garpunga o'rgangan bo'lsam
ham.
Jannat qushlari bilan savdo qiladigan malayya-
liklar ularni turli yo'llar bilan ovlaydilar. Ular goh
jannat qushlari hammadan ko'proq in qo'yadigan
daraxt uchlariga tuzoq o'rnatardilar; goh juda yo-
pishqoq maxsus yelim yordamida ovlardilar; goh
shu qushlar suv ichishga o'rgangan hovuzlarni za-
harlar edilar. Ammo biz bunday qilolmas edik.
Bizlar, qiyin bo'lsa-da, ularni uchib ketayotgan
paytidagina otib olishimiz mumkin edi. Darha-
qiqat, biz juda ko'p o'q sarfladig-u, ammo bu qush-
lardan birontasini ham qulata olmadik.
Ertalab soat o'n birlarda orol markazidagi tepa-
likning birinchi dovonidan oshib o'tgan bo'lsak-da,
bironta ham jonivorni uchratolmadik. Bizni ochlik
qiynay boshladi. Ovimiz o'ngidan kelishiga isho-
nib, o'zimiz bilan hech qanaqa oziq-ovqat olmaga-
nimizdan juda achindik.
Ammo xuddi shu payt baxtimizga Konsel ikki
o'q bilan ketma-ket oq kaptar va vyaxirni qulat-
sa bo'ladimi. Bunga uning o'zi ham hayron qoldi.
Biz tezda ularning patlarini yulib, xivich sixlarga
o'tkazib, quruq shoxlardan yoqqan gulxanimizda
pishira boshladik.
212
Konsel qushlarni kabob qilayotgan paytida Ned
Lend non daraxtining mevalarini tayyorladi.
Vyaxir bilan kaptarning oxirgi suyagigacha mu-
jib tashladik. Yutoqib turgan odamlardan bosh
qa nimani ham kutish mumkin. Bu qushlarning
asosiy ozuqasi bo'lgan muskat yong‘og‘i ularning
go'shtiga xushbo'y ta’m bergan edi. Shuning uchun
ham juda ajoyib kabob bo'lipti.
- Bular xuddi qo'ziqorin bilan boqilgan semiz
tovuqlardek mazali-ya! - dedi Konsel.
- Xo'sh, Ned, - so'radim men, - yana nima yet-
maydi sizga?
- To‘rt oyoqli ov, janob professor, - deb javob
berdi kanadalik. - Bu qushchalar - shunchaki er-
mak, chinakam taom emas. Shuning uchun men bi-
ronta haqiqiy to ‘rt oyoqli hayvonni otib,/ririb yum-
shatilgan kotlet qilmaguncha ko'nglim jpyiga ti^h-
maydi.
I
- Men bo'lsam, Ned, jannat qushini tutib olma-
gunimcha ko'nglim tinchimaydi.
- Demak, ovni davom ettiramiz, - dedi Konsel.-
Faqat orqaga qaytamiz, dengizga yaqinroq yerga. Biz
tog' tizmalariga yetib qolibmiz. 0 ‘rmonning juda
ichkarisiga kirmaganimiz ma’qul deyman.
Konsel haq bo'lganidan uning maslahatiga
ko'ndik. Bir soatcha yurgach, deyarli faqat sago da-
raxtlaridan iborat o'rmonga yetib keldik.
Oyoqlarimiz ostidan bir necha marta ilonlar o‘r-
malab chiqdi, ammo bular zaharli emas edi. Biz o‘q
yetadigan masofaga borishimiz bilan jannat qush-
lari uchib ketishar edi. Ularni yaqinroqdan ко‘rish
umididan ham voz kechayotganimda, oldinda bora-
yotgan Konsel to'satdan engashdi va hayajon ichi-
da meni chaqirdi. U qo'lida jannat qushining ajoyib
nusxasini ushlab turar edi.
213
- Ooyil, Konsel! - xitob qildim men.
- Xo'jam juda oshirib yubordilar deyman, - ja
vob berdi u.
- Yo'q, yo'q, do'stim, sen mo'jiza ko'rsatding.
Jannat qushini tirikligicha tutib olish, buning ustiga
qo'lda, bu misli ko'rilmagan hodisa!
- Agar xo'jam uni yaqinroqdan ko'rishga mu-
yassar bo'lsalar, bunda mening xizmatim unchalik
katta emasligiga ishonch hosil etadilar.
- Nega bundoq deysan, Konsel?
- Chunki bu qush o'lgiday mast!
- Mast!
- Ha, muskat daraxti ostidan terib yegan mus-
kat yong'og'idan mast bo'lgan. Binobarin, men uni
yengilgina ushlab ola qoldim. Diqqat qilib qarang-a,
Ned, mana bu o'zini tuta bilmaslikning qanchalik
ziyonligiga yaqqol dalildir!
- Bilasizmi, Konsel, mening keyingi ikki oy
mobaynida ichgan arog'imga piching qilishingiz
uyat! - deb javob berdi kanadalik.
Shu orada men qushni ko'zdan kechirdim. Kon
sel meni aldamagan ekan: jannat qushi chindan
ham muskat yong'og'ining boshni aylantiradigan
sharbatidan tamoman chorasiz holga tushib qolgan
edi. U uchish u yoqda tursin, hatto zo'rg'a yurar edi.
Konsel tutib olgan nusxa jannat qushlarining
Yangi Gvineya va unga qo'shni yerlarda ko'p uch-
raydigan sakkiz xilining eng chiroylilaridan biriga
mansub edi. Bu xil jannat qushlari «zumrad» deb
atalib, eng kamyoblaridan edi. Uning kattaligi o'ttiz
santimetrcha keladi. Bu qushning boshi kichkina-
gina, tumshug'iga yaqin o'rnashgan ko'zlari ham
kichkina. Uning rangi juda chiroyli, turli-tuman
bo'yoqlardan iborat edi: tumshug'i sariq, changal va
tirnoqlari to'q jigarrang, jimjimador hoshiyali qa-
214
notlari och jigarrang, toji och sariq, bo'yni zumrad
yashil va ko'krak hamda qorni qo'ng'ir. Yoy singari
qayrilma yumshoq va hurpaygan juda nozik hamda
chiroyli ikki pati dumini bezab turar edi. Umuman,
bu qush juda chiroyli va mahalliy aholi atagan «Qu-
yosh qushi» degan nomiga monand edi.
Menda bu nodir nusxani tirikligicha Parijga olib
borib, uni hozirgacha jannat qushlarining bironta
ham tirik nusxasi bo'lmagan zoologiya bog'iga taq-
dim etish istagi paydo bo'ldi.
- Bu chindan ham kamyob qushmi? - so'radi
Ned Lend yeyilmaydigan qush bir chaqa bo'lib
ко' r inadigan ovchi singari.
- Ha, Nea, xuddi shunday va buning ustiga jan
nat qushini tirikligicha ushlash juda mushkul.
Ammo bu qushlarning o'ligi ham juda qadrlana-
di. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu qushni
Yevropada qalbaki marvarid va brilliantlar yasa-
ganlaridek, soxtalashtira boshladilar.
- Nima! - xitob qildi Konsel. - Ular jannat qush-
larini soxta qila boshladilar deysizmi?
- Ha, Konsel.
\
- Xo'jam uni qanday soxtalashtirishni ham bila-
dilarm ihali?
Do'stlaringiz bilan baham: |