Suv ostida sakson ming kilometr


  Roja  -  Hindistonda feodal knyazlar va yerli hokimlarning un-



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Roja

 -  Hindistonda feodal knyazlar va yerli hokimlarning un-

voni.

234


hukmronlari  o'zlarini  timsoh  farzandlari  deb  atay- 

dilar,  ya’ni  ular  o'zlarini  yer  yuzidagi  tug'ma  oliy- 

janob  mavjudotlar  deb  hisoblar  edilar.  Rojalaming 

yirtqich  «ajdodlari»  orol  daryolarida  juda  ko'p  va 

ular  monarxlar  bilan  chatishib  ketganliklari  uchun 

aholining  izzat-hurmatiga  sazovor  edilar.  Ularga 

mehribonlik,  xushomadgo'ylik  qilishadi,  yemishi- 

ga yosh  qizlarni  in’om etishadi.  Bironta  musofir bu 

muqaddas  sudraluvchiga  qo‘l  ko'targuday  bo'lsa, 

sho'ri qurir edi.

Ammo  bu  g'oyat  qabih  jirkanchliklar  bilan 

«Nautilus»ning  mutlaqo  ishi  yo'q  edi.  Biz  Timor 

orolini  tush  paytida,  kapitan  yordamchisi  nav- 

batdagi  kuzatuv  olib  borayotganda  bir  necha  da- 

qiqagina  ko'rdik.  Shu  gruppaga  kiruvchi  kichki- 

nagina  Rotti  orolini  ham  xuddi  shunday bir  nafas- 

gina  ko'ra  oldim;  bu  orolning  ayollari  go'zalliklari 

bilan  mashhur  va  ular  Melaneziya  qul  bozorlarida 

yuqori baholanar edilar.

Bu yerdan «Nautilus» janubi g'arbga, Hind okea- 

ni tomon burilib ketdi.

Kapitan 


Nemoning 

injiqligi 

bizni 

qayoq­


qa  boshlab  borishini  bilmas  edik.  Balki  Osiyo 

qirg'oqlarigadir? Ehtimol, Yevropa qit’asigadir?

Kapitan Nemoning aholi yashaydigan yerga doi- 

miy  nafrati  tufayli  bu  taxminlarning  qay biri  haqi- 

qatga yaqinligini bilish g'oyat qiyin masala edi.

Demak,  biz  yana  janubroq  surilar  ekanmiz-da? 

Balki  «Nautilus»  Yaxshi  Umid  va  Gorn  burunlarini 

aylanib  o'tib  janubiy  qutbgacha  suzib  borar?  Suv­

osti  kemasi  keng  quloch  yoyishi  mumkin  bo'lgan 

Tinch okean  suvlariga  qaysi yo'l bilan qaytar ekan- 

miz?

Bu  savollarga  kelajakkina  javob  berishi  mumkin 



edi.

235


Biz  yovuz  stixiya  hukmronligiga  o‘tib,  uzoq- 

qa  uloqtirilgan  qattiq  yerning  so'nggi  istehkomlari 

Karte, Giberni, Seringapatam va Skott suvosti qoya- 

lari  yonidan  o‘tib,  14-yanvarda  quruqlikdan  uzoq- 

dagi  ochiq  dengizga  chiqib  oldik.  «Nautilus»  sekin, 

bir maromda  suza boshladi.  Injiq va beqa-ror kema 

goh faqat katta chuqurliklarda suzar, goho esa uzoq 

muddat okean sathini tark etmas edi.

Suzayotganimizda  kapitan  Nemo  turli  chuqur­

liklarda  dengiz  suvining  haroratini  tekshirish  yu- 

zasidan  juda  qiziq  kuzatuvlar  olib  bordi.  Odatdagi 

sharoitda  bu  kuzatishlar  ancha  murakkab  asboblar 

yordamida: metallar o'tkazuvchanligidagi tafovutga 

asoslangan  termometrik  zondlar yoki  apparatlarda 

olib  boriladi.  Ammo  bu  asboblarga  hamisha  isho- 

nib bo'lavermaydi, ayniqsa katta chuqurliklarda suv 

bosimiga  ko'pincha  oynasi  bardosh  berolmaydigan 

termometr zondlarga ishonish qiyin edi. Buning us- 

tiga  olingan  ma’lumotlarni  tekshirib  ko'rish  ham 

qiyin,  chunki  qayta  tajriba  o'tkazish  juda  katta  qi- 

yinchiliklar bilan bogliq bo'ladi.

Kapitan  Nemo  esa  istagan  chuqurliklarga  tu- 

shaveradi  va  suvning  turli  qatlamlarida  termometr 

o'sha  zahotiyoq  juda  aniq hamda  ishonchli  raqam- 

larni ko'rsatardi.

Shunday  qilib,  kapitan  Nemo  goh  suv  to'latil- 

gan  rezervuarlar  yordamida,  goh  chuqurlikka  olib 

tushadigan  rullar  vositasida  okean  sathidan  asta- 

sekin  uch,  to ‘rt,  besh,  yetti,  to'qqiz  va  o‘n  ming 

metr  chuqurlikka  tushib,  barcha  kengliklarda  ming 

metrdan  pastda  suv  harorati  hamisha  Selsiyning 

to ‘rt yarim gradusiga teng bo'ladi,  degan qat’iy xu- 

losaga keldi.

Men  bu  tadqiqotlarni  zo‘r  qiziqish  bilan  kuza- 

tib  bordim.  Ko'pincha  o ‘z-o‘zimdan:  bu  ilmiy  tad-

236



qiqotlar  kapitan  Nemoga  nimaga  kerak  ekan?  -  

deb  so'rar  edim.  Nahotki,  u  insoniyat  manfaatini 

o'ylayotgan bo'lsa?

Bu  haqiqatga  to'g'ri  kelmas  edi  -   axir  uning 

barcha ishlari o'zi bilan birga oqibat pirovardida al- 

laqaysi uzoq dengiz tubidan makon tutishi kerak.

Ehtimol,  u  o'z  ilmiy  ishlarini  men  orqali  jahon- 

ga  taqdim  etishga  qaror  qilgandir?  Demak,  unda 

ertami,  kechmi  u  menga  o'zining  suvosti  kemasi- 

ni  tark etib quruqlikka,  odamlar orasiga borishimga 

ruxsat beradimi?

Afsuski, hozircha bunga umid bog'laydigan hech 

qanday asos yo'q edi...

Shunga  qaramay,  bir  kuni  kapitan  Nemo  o'zi­

ning  yer  kurrasidagi  eng  muhim  dengizlarda  suv 

zichligi  yuzasidan  olib  borgan  tadqiqotlarining 

natijasi  haqida  gapirib  qoldi.  Sirasini  aytganda, 

juda  katta  ilmiy  ahamiyatga  molik  bo'lgan  uning 

ma’lumotlaridan,  yo'l-yo'lakay men  fanga  sira  alo- 

qasi  bo'lmagan,  ammo  shaxsan  o'zim  uchun  mu­

him bir xulosa chiqarib oldim.

Bu  15-yanvarda ertalab sodir bo'ldi. Men kapitan 

Nemo  bilan  «Nautilus»  palubasida  sayr  qilib  yur- 

ganimda,  u  mendan  to'satdan,  dengiz  suvi  zichligi 

h&mma yerda bir xil emasligini bilasizmi, deb so'rab 

qoldi.  Men,  yo'q,  deb  javob berdim va fan bu haqda 

aniq ma’lumotlarga ega emasligini qo'shib qo'ydim.

-  Bu tadqiqotni o'zim olib bordim,  -  dedi menga 

kapitan Nem o,-  ayni vaqtda uning aniqligiga kafo- 

latni ham bera olaman.

-  Bu juda soz,  -   deb javob berdim men,  -   ammo 

«Nautilus»  -   bu  o'zicha  bir  olam  va  binobarin  un- 

dagi  olimlarning  kashfiyoti  yer  kurrasidagi  aholiga 

hech qachon yetib bormaydi.

-   Siz  haqsiz,  professor,  -   dedi  kapitan  Nemo

237



biroz  oylanib  olgach.-  «Nautilus»  chindan  ham 

o'zicha  bir  olam.  U  ham  quyosh  atrofida  aylana- 

yotgan sayyoralar singari yerdan uzoqda.  Yerda Sa­

turn  yoki  Yupiter  olimlari  olib  borayotgan  ishdan 

xabarsiz  qolayotganlari  singari  «Nautilus»  olimla- 

rining  ishlari  ham  xuddi  shunday  noma’lumligicha 

qolaveradi. Biroq sizga, taqdiri tasodifan «Nautilus» 

taqdiri bilan bog'lanib  qolgan kishiga,  o‘z kuzatuv- 

larimning natijasini aytib bera olaman.

-  Diqqat bilan eshityapman, kapitan.

-   Sizga,  janob professor,  dengiz suvining zichli- 

gi chuchuk suvga nisbatan ortiqligi ma’lum albatta, 

shundaymi?  Ammo  ana  shu  zichlik  hamma  yerda 

bir xil emas. Aslida agar chuchuk suv zichligini bir- 

lik  deb  qabul  etilsa,  unda  Atlantik  okean  suvining 

zichligi  bir butun  mingdan yigirma  sakkizni,  Tinch 

okeanniki  bir  butun  mingdan  yigirma  oltini  tash- 

kil  etadi;  0 ‘rtayer  dengizida  suvning  zichligi  ham- 

shuncha...

«Ha-a,  -   o'yladim  men,  -   demak,  u  0 ‘rtayer 

dengizida ham bo'lib turar ekan!»

-   ...  Bir butun  mingdan o'ttiz  bir,  Ion dengizida 

bir butun mingdan o‘n  sakkiz  va Adriatika  dengizi- 

ning suvida bir butun mingdan yigirma to'qqiz.

Masala  ayon,  demak,  «Nautilus»  yer  kurrasidagi 

eng gavjum dengizlarda ham bo'lgan.  Bu gaplardan 

so‘ng  men  shunday  xulosaga  keldim:  vaqti  kelib, 

balki yaqin orada, u ancha madaniylashgan mamla- 

katlarga ham yaqinlashuvi mumkin.

Bu yangilik Ned Lendni xursand qilsa kerak.

Keyingi  kunlarda  biz  birgalikda  bir  necha  tad- 

qiqotlar  o‘tkazdik:  turli  chuqurliklardagi  suv  tar- 

kibida  qancha  tuz  borligini,  suvning  tok  o'tkazish 

darajasini,  rangi  va  tiniqligini  aniqlash  va  hoka- 

zolar.  Birga  o'tkazilgan  shu  vaqt  ichida  kapitan

238



Nemoning  o‘ta  ixtirochiligi  meni  hayratga  soldi. 

Uning ixtirochiligi bilan menga nisbatan juda uzoq- 

ni ko‘rib  ish tutishigina raqobat qila  olar edi.  Biroq 

bu  tajribalar tugagach,  u yana  g'oyib bo'ldi va  men 

ilgarigiday suvosti kemasi bortida yolg'iz qoldim.

0 ‘n  oltinchi  yanvarda  «Nautilus»  dengiz  sathi­

dan  bir  necha  metr  pastda  uxlab  qolganday  edi. 

Elektr  mashinalari  yurishdan  to'xtadi  va  harakat- 

siz qolgan vint kemani oqimga tashlab qo'ydi.

Menimcha, mashinalar uzoq vaqt juda katta tez­

likda suzishi oqibatida yetgan zarami bartaraf etish 

uchun joriy remontga to'xtatilgan bo'lsa kerak.

Shu  kuni  men  va  o'rtoqlarim  g'alati  bir  voqea- 

ning  shohidi  bo'ldik.  Salon  derazalaridagi  to'siq 

ochilgan  bo‘lsa-da,  «Nautilus»  projektori  ishlama- 

yotgani, ko'kni esa qora bulutlar qoplaganidan suv­

ning ostki  qatlamlari yetarli yoritilmagan va  atrofi- 

mizda nim qorong'ilik hukmron edi.

Men  g'alati  ko'rinayotgan  dengizni  kuzatayot- 

ganimda,  «Nautilus»  to'satdan  yorqin  yog'du  ta- 

ralayotgan  joyga  kelib  qoldi.  Oldiniga  men  elektr 

projektor  ishlay  boshlab,  suv  qatlamlarini  yoritdi, 

deb  o'yladim.  Biroq  sinchiklab  qarasam  bu  taxmin 

kato ekan.

Oqim  «Nautilus»ni  fosforli  shu’lalanuvchi  suv 

qatlamiga  olib  kelgan  bo'lib,  atrofdagi  qorong'ilik- 

da  bu  yog'du  ko'zni  qamashtiradigan  darajada 

yorqin  ko'rinayotgan  edi.  Yoruglik  taratadigan, 

ko'zga  ko'rinmas  son-sanoqsiz  jonivorlardan  chi- 

qayoatgan  bu  nurlar  suvosti  kemasining  metall 

korpusida  sinib,  yanada  yorqinroq  ko'rinardi.  Yar- 

qirab  turgan  dengizda  birdan  qizdirilgan  pechda- 

gi  eriyotgan  qo'rg'oshin  oqimiga  o'xshash  yog'du 

taralib  ketdi;  bu  yog'du  oldida  fosforli  qatlamning 

ba’zi  yerlari  qorong'iday  bo'lib  tuyulardi.  Yo'q,  bu

239



yog*du bizning bir xilda nur taratadigan projektori- 

mizga sira o'xshamas edi. Unda kuch va harakat se- 

zilib turardi.  Bu yogduning tirik  mavjudot ekanligi 

d af atan ko'zga tashlanar edi.

Bir  necha  soat  «Nautilus»  ana  shu  shu’lalanib 

turgan  suvda  suzdi.  Salamandralar1  singari  ulkan 

dengiz  jonivorlarining  shu  yog'du  ichida  yurgani- 

ni  ko'rganimizda  yanada  ko'proq  hayratlandik.  Bu 

sovuq  yog'duda  charchoq  bilmas  akrobat  -   delfin- 

lar,  uzunligi  uch  metrli  va  nayzalari  necha  marta- 

lab  salon  oynasiga  tegayotgan  nayzashoxlar  cho‘- 

milishar edi.  Shundan  so'ng spinoroglar,  makrel va 

yuzlab boshqa xil mayda baliqlar ko'rindi.

Bu  manzaraning  allaqanday  g alati  bir  maf- 

tunkor  kuchi  bor  edi.  Ehtimol,  atmosfera  sharoiti 

bu  yorug'likni  kuchaytirayotgandir?  Balki  dengiz 

sathida momaqaldiroq bo'layotgandir?  Biroq «Nau-  , 

tilus»  suzayotgan  bir  necha  metr  chuqurlikda  ha- 

voning aynigani bilinmas va biz sokin suvda bir ma- 

romda tebranardik.

Shunday  qilib,  bizlar  yangidan  yangi  mo'jizalar 

oralab  sekin  suzib borardik.  Konsel ko'zini  to ‘rt qi­

lib,  zoofitlar, bo'g'inoyoqlilar, molluskalar va baliq- 

larni tinmay tasniflayotgan edi.

Kunlar  juda  tez  o'tayotganidan  men  ularni  hi- 

soblamay  ham  qo'ydim.  Ned  Lend  o‘z  odaticha, 

dasturxonimizning xilma-xil bo'lishi payida edi.

Biz shilliq qurt singari chiganogim izni  sira tark 

etmas  edik.  Shilliq  qurtga  aylanib  qolish  hech  gap 

emasligini o‘z tajribamda sinab ko'rdim.

Biz shu tarzda hayot kechirishga o'rganib qoldik, 

bu  ancha  oson  va  betashvish  edi  va  binobarin  yer




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish