Suv ostida sakson ming kilometr


  Salamandra  -   ham   suvda,  ham  quruqlikda  yashaydigan  kal-



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Salamandra  -

  ham   suvda,  ham  quruqlikda  yashaydigan  kal-

 

takesaksimon jonivor.



240


kurrasida  hayot  mutlaqo  boshqacha  ekanligini  ta- 

moman unutib yubordik.

Ammo  to'satdan  sodir  bo'lgan  bir  voqea  bizni 

haqiqiy ahvolni idrok etishga qaytardi.

O'n  sakkizinchi  yanvarda  «Nautilus»  uzunlik­

ning  105-gradusida  va  janubiy  kenglikning  15- 

gradusida borar  edi.  Havo  momaqaldiroqli,  dengiz­

da  baland to'lqinlar sayr etar edi.  Sharqdan  shamol 

dovul  singari  kuch  bilan  esmoqda  edi.  Bir  necha 

kun  surunkasiga  tushib  ketgan  barometr  endilikda 

bo'ron yaqinlashayotganini ko'rsatib turardi.

Men  kapitan yordamchisi  kuzatuv  olib  borayot- 

gan  paytda  palubaga  chiqdim.  U  odatdagiday  o'sha 

so'zlarni  qaytaradi,  deb  o'ylab  turgan  edim.  Ammo 

o'sha  kuni  u  oldingiga  o'xshamagan,  ammo  xud­

di  ilgarigiday  tushunib  bo'lmaydigan  boshqa  so'z- 

lam i  aytdi.  Shundan  so'ng  o'sha  zahotiyoq  palu­

baga kapitan Nemo chiqdi va durbinni ko'ziga tutib, 

ufqqa nazar tashladi.

Kapitan  Nemo  durbinni  ufqdagi  bir nuqtaga  qa- 

dab,  bir  necha  minut  davomida  qimirlamay  turdi. 

Shundan so'ng durbinni tushirib, yordamchisi bilan 

tushunilmaydigan  tilda  bir  necha  og'iz  gaplashib 

oldi.


So'nggi  so'zlari  kapitan  yordamchisining  nima- 

dandir  hayajonlanayotganini,  o'zini  arang  bosib 

turganini  ko'rsatar  edi.  Kapitan  Nemo  o'zini  ancha 

vazmin  tutib,  o'ziga  xos  sovuqqonlikni  saqlayot- 

gan  edi.  Nazarimda,  kapitan yordamchisiga  tanbeh 

berganday bo'ldi, u esa bunga javoban bir nima deb 

ishontirdi yoki va’da qildi.

Har  holda  ularning  gap  ohangi  menda  shunday 

taassurot qoldirdi.

Men  ufqning  hozirgina  kapitan  Nemo  va  uning 

yordamchisi  durbindan  qaragan  yeriga  juda  diq-

241



qat  bilan  tikildim-u,  ammo  hech  narsa  ko'rinmadi. 

Uzoqdan  suv  bilan  osmon  qo'shilib  ketib  bir  chi- 

ziq hosil  etganday va bu  to'g'ri  chiziqni hech narsa 

to'smayotgan edi.

Shu  orada  kapitan  Nemo  yon-beriga  qaramay, 

palubaning  u  boshidan  bu  boshiga  yurar  edi,  ehti­

mol  meni  koVmagan  hamdir.  U  ilgarigiday  sho- 

shilmay  odimlar,  ammo  odatdagidan  biroz  bosh- 

qacharoq.

Ahyon-ahyonda  u  to'xtab,  qo'lini  ko'kragi  usti­

da chambarak qilib dengizga tikilar edi.

Ulkan suv sahrosining nimasiga qararkin? «Nau­

tilus»  bilan  eng  yaqin  yerning  oralig'idagi  masofa 

bir necha o‘n milya edi.

Kapitan  yordamchisi  durbinni  yana  ko'ziga  olib 

bordi.  So'ng  palubada  o'zini  u  yoqdan  bu  yoqqa 

urib chopa boshladi, ba’zan to'satdan to'xtab qolib, 

tepinib, yani yugurishda davom etar edi. Endi u ha-  ' 

yajonini yashirishga ham intilmas edi.

Har  holda  bu  sir  tez  orada  oydinlashuvi  kerak 

edi,  chunki  kapitan  Nemoning  buyrug'iga  binoan 

mashinalar bor kuchi bilan ishlay boshladi.

Shu  daqiqada  yordamchi  yana  o‘z  boshligini 

chaqirib  qoldi.  U  yurishdan  to‘xtab,  durbinni 

ko‘rsatilgan  nuqtaga  qaratdi.  U  uzoq  muddat  dur­

binni  ko‘zidan  uzmay  turdi.  Hamisha  vazmin  bu 

odamlarning  ana  shu  g alati  qiliqlaridan  taaj- 

jublanib,  salonga  tushdim  va  doim  foydalanayot- 

gan  ajoyib  durbinimni  olib  chiqdim.  Ufqqa  qarash 

uchun  durbinni  ko‘zimga  olib  bordim.  Biroq  dur­

binni  kerakli  tomonga  qaratganimcha  ham  yo‘q 

ediki, uni qo‘limdan tortib olishdi.

Shartta  qayrilib  qaradim.  Qarshimda  kapi­

tan  Nemo  turar  edi.  Ammo  men  uni  taniy  olmay 

qol-dim.  Rangi  quv  o'chgan  edi.  Ko'zlari  ma’yus

242



chaqnar  edi.  Og'zi  xiyol  ochilib,  tishlari  ko'rindi. 

Uning  tortishib  turgan  gavdasi,  musht  qilib  tugil­

gan  qo'llari,  yelkasining  ichiga  tortilgan  boshi  bu­

tun vujudini  qattiq  qahr va  g'azab  qamrab  olganini 

ifodalar edi.

U  qotib  turardi.  Qo'limdan  tortib  olgan  durbini 

palubada yotar edi.

Nahotki  shu  qadar  jahlini  chiqargan  bo'lsam? 

Balki  bu  g'alati  odam  «Nautilus»ning  bandisi- 

ga  man  etilgan  biron  sirni  bilib  oldi  deb  o'ylayot- 

gandir?

Biroq uning jahli chiqqaniga men sababchi emas 

edim.  U  hatto  menga  qaramasdi.  Nigohi  ufqdagi 

o'sha ko'rinmas nuqtaga qadalgan edi.

Ammo kapitan Nemo o'z tuyg'ularini yana jilov- 

lab oldi. Uning g'azabdan o'zgargan yuzi yana odat- 

dagi  sovuq  osoyishta  holatiga  qaytdi.  U  yordam- 

chisiga bir necha tushunilmaydigan  so'zlarni  aytdi, 

shundan so'ng menga yuzlandi.

-   Janob Aronaks,  -   dedi  u hokimona  ohangda,- 

men  sizdan  shartnomamiz  shartlaridan birini  baja- 

rishingizni talab etmoqchiman.

-  Qaysi shartini, kapitan?

-   Siz  va  sheriklaringiz  o'zim  ozod  qilguncha 

bandda turishlaringiz kerak.

-   Buyrug'ingizga  itoat  etishga  majburman,  -  

deb javob qaytardim men unga qattiq tikilib tu rib,- 

ammo bir narsani so'rashga ruxsat bersangiz.

-  Yo'q, ruxsat bermayman!

Bahslashib  o'tirish befoyda,  chunki  menda unga 

qarshilik ko'rsatadigan darajada qudrat yo'q edi.

Bo'ysunishga to'g'ri keldi.

Men  Ned  Lend  va  Konsel  turadigan  kayutaga 

tushib, ularga kapitanning buyrug'ini yetkazdim.

Mening  bu  haqdagi  gapim  kanadalikka  qancha-

243



lik  ta ’sir  qilganini  tasaw ur  etish  kitobxonga  havo- 

la.  Sirasini  aytganda,  uzoq  gapirib  o'tirishga  bizda 

vaqt  ham  qolmagan  edi.  Eshik  oldida  kutib  turgan 

to'rt  matros  bizni  «Nautilus»ga  tushgan  birinchi 

kunimizda  qamab  qo'yishgan  o'sha kayutaga bosh- 

lab borishdi.

Ned  Lend  endi  qarshilik  ko'rsatmoqchi  bo'lib 

turganida, burni oldida eshik taraq etib yopildi.

-   Bu nima qilganlari, xo'jam aytolmaydilarmi?  -  

deb so'radi Konsel.

Men  o'rtoqlarimga  palubada  bo'lib  o'tgan  vo- 

qealarni  batafsil  gapirib berdim.  Ular  mendan  ham 

ko'proq  taajjublanishdi,  ammo  bundan  bizni  qam- 

rab olayotgan sir ayon bo'lgani yo‘q.

Men  chuqur  o'yga  toldim.  Kapitan  Nemoning 

juda  g'alati  aft-angori  ko'z  oldimdan  sira  nari  ket­

mas  edi.  Turli-tuman bema’ni  o'y va taxminlardan 

boshim  qotib,  hech narsani  idrok etolmaydigan da-' 

rajaga  yetganimda,  to'satdan  Ned  Lendning  ovozi 

meni o'zimga keltirdi:

-  Buni qarang, stol ustida nonushta!

Darhaqiqat,  stol  ustida  idish-tovoqlar  turar  edi.

Kapitan  Nemo  «Nautilus»ning  tezligini  oshirish 

to'g'risida  buyruq  berganda,  birato'la  nonushtani 

ham aytganga o'xshaydi.

-   Xo'jam  bir maslahat berishimga ruxsat beradi- 

larmi?

-  Bo'lmasa-chi, do'stim,  -  javob berdim men.



-   Unday  bo'lsa,  nonushta  qilib  olishingiz- 

ni  maslahat  berar  edim.  Ehtiyot  shart.  Axir,  nima 

bo'lishini bilmaymiz-ku.

-  To'g'ri aytasan, Konsel.

-   Afsuski,  -   deya  xo'rsindi  Ned  Lend,  -   bizga 

faqat  baliqdan  tayyorlangan  taomlar  berishibdi, 

o'zimiz g'amlagan narsalardan esa hech vaqo yo'q...

244



-  

Bizga  hech  qanaqa  nonushta  bermaganlari- 

da  nima  deya  olardingiz,  Ned?  Bu  o'rinli  gap  ka- 

nadalikni  shu  zahotiyoq  tiyib  qo'ydi.  Stol  atrofi- 

ga  o'rnashib  oldik.  Nonushta  vaqtida  hamma  jim 

o'tirdi.


Men  ozginagina  yedim.  Konsel  o'sha  «ehti- 

yot  shart»  uchun  o'zini  ko'proq  taom  yeb  olishga 

majbur  etardi,  Ned  Lend  esa  noroziligiga  qaramay, 

biror  burda  ozuqaning  ham  nobud  bo'lishiga  yo'l 

qo'ymadi.

Nonushtadan  so'ng  har  birimiz  o'z  burcha- 

gimizga o'tirib oldik.

Xuddi  shu  vaqt  kameramizni  yoritib  turgan  ya­

rim shar o'chdi va biz zim-ziyo qorong'ilikda qoldik. 

Ned  Lend  fursatni  boy bermay xurrak torta  boshla­

di.  Ko'p  o'tmay  Konsel  ham  uyquga  ketgani  meni 

taajjublantirdi.  Meni  ham  chidab  bo'lmas  daraja­

da  uyqu  bosayotganini  his  etgach,  do'stlarimning 

to'satdan  uyquga  ketishi  sababini  o'z-o'zimdan 

so'ray boshladim.

Men  ko'zlarimni  ochiq  tutishga  qanchalik  urin- 

may,  qovoqlarim  og'irlashgach,  beixtiyor  yumilib 

qoldi.  Meni  mudroq  qiynay  boshladi.  Bizga  beril- 

gan  taomlarga  uyqu  keltiradigan  moddalar  qo'shil- 

ganga o'xshardi.

Demak,  kapitan Nemoga o'z harakatlarini yashi- 

rish  uchun  bizni  zim-ziyo  zindonga  tashlagani  ki- 

foya  qilmay,  buning  ustiga  uxlab  qolishimiz  ham 

zarur bo'lib qolibdi-da?

Uyqu  aralash  lyuklarning  yopilayotganini  eshi- 

tib  qoldim.  Dengiz  sathida  turganda  bo'layotgan 

yengil  chayqalish  ham  tindi.  Aftidan,  «Nautilus» 

abadiy  sukunat  hukmron  bo'lgan  okean  qa’riga 

tushganga o'xshardi.

Men hamon uyqu bilan olishar edim. Ammo iloji



245


bo‘lmadi.  Nafas  olishim  og'irlashib,  barmoqlarim- 

ning  uchidan  boshlangan  dahshatli  sovuq  yura- 

gimgacha  yetib  kelayotganini  seza  boshladim. 

Qo'rg'oshinday  og'irlashgan  qovoqlarimni  ko'tarib 

bo'lmas  edi.  Alahlay-alahlay  og‘ir  uyquga  ketdim. 

Ko'p  o'tmay hech  narsa  ko'rinmay  qolib,  o'zimdan 

ketdim.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish