- Baribir ular odamxo'r, do'stim!
- Odamxo'r albatta ablah bo'lishi kerakmi? -
e’tiroz bildirdi Konsel. - Mazaxo'rak bo‘lsa-da,
ammo ayni vaqtda yaxshi odamligicha qolishi ham
mumkin. Biriikkinchisigasirabog'liqem as.
- Ha, mayli, Konsel, sen aytgancha bo'la qolsin, -
bular vijdonli odamxo'rlar va ular o'z asirlarini
odob, axloqning barcha qoidalariga amal qilganlari
holda yeydilar. Ammo meni vijdonli odamlar yeb
qo'yishlarini ham istamayman, shuning uchun men
doim sergak turaman, chunki «Nautilus» kapitani
hech qanday ehtiyot choralarini ko'rmayapti. Qani,
endi ishga!
Ikki soat davomida biz jon-jahdimiz bilan dra-
ga tashladik, ammo biron durustroq narsa tutolma-
dik. Draga «Midas quloqlari» deb atashadigan
chig'anoqlar, arfalar, bolg'achalarning bundan ol-
din menga sira uchramagan eng chiroyli nusxala-
ri bilan to'lib chiqardi. Shuningdek, biz bir necha
goloturiylar, marvarid chig'anoqlar va o'n ikkitacha
kichik toshbaqalar (buni biz oshxonaga topshirish-
ga qaror qildik) tutib oldik. Xuddi ana shu vaqtda,
kutilmaganda, mo'jiza ko'rdim. Juda kamdan kam
uchraydigan xunuk narsa desa o'rinliroq bo'lur edi.
Endigina draga tashlagan Konsel uni o'sha zahoti
ichi to'la chig'anoqlar bilan ko'tarib oldi. Mening
dragani tortib olib, uning ichidan bitta chig'anoqni
ushlab, insonga xos bo'lmagan ovozda konxiologga
o'xshab qichqirib yuborganimdan u juda hayratda
qoldi.
- Xo'jamga bir nima bo'ldimi? - taajjublanib
so'radi Konsel. - Biron narsa chaqib oldimi xo'jamni?
- Yo'q, do'stim, ammo men bu topilma uchun
barmog'imni ham jon deb berardim!
- Qanaqa topilma?
224
- Mana shu chig‘anoqqa! - ko‘tarinki ruhda de
dim men.
- Axir bu eng oddiy zaytun turkumidagi ta-
roqsimon jabralilar guruhi, qorinoyoqlilar sinfi,
molluskalar tipidagi jimjimador zaytun-ku...
- Juda to‘g‘ri, Konsel, ammo bu chiganoq
o'ngdan chapga buralish o'rniga chapdan o‘ngga
buralyapti!
- Nahotki? - qichqirdi Konsel.
- Ha, azizim. Bu chapaqay chig'anoq!
- Chapaqay chig'anoq? - qaytarib so'radi Konsel
qaltiroq ovozda.
- Uning buralishini qara.
- Men hech qachon bu qadar hayajonlanma-
ganimga xo'jam ishonarmikinlar, - dedi Konsel
chig'anoqni ixlos bilan qo'liga olar ekan.
Chindan ham hayajonlanish o'rinli edi. Ham-
maga ma’lumki, tabiatda harakat ko'pincha o'ng-
dan chapga bo'ladi. Yulduzlar va ularning yo'l-
doshlari o'ngdan chapga harakat qiladi. Odamning
chap qo'liga nisbatan o'ng qo'li ko'proq taraqqiy
etgan, shuning uchun ham butun asbob-uskunalar,
apparatlar, qulflami o'ngdan chapga qarab ish-
latishga mo'ljallab yasagan. Tabiat ham mollus
kalar buralishida shu qonunga, agar uni shunday
deb atash joiz bo'lsa, rioya qiladi; molluskalarning
hammasi o'ngdan chapga buraladi. Juda kamdan
kam uchraydigan chapaqay chig'anoqlarga uning
ishqibozlari qancha so'rasang berishadi.
Konsel bilan men topib olgan bebaho boyli-
gimizni ko'zdan kechirish bilan mashg'ul edik. Men
hatto uni Parijdagi tabiiyot tarixi muzeyiga qanday
in’om etish haqida xayol ham sura boshlagan edim,
to'satdan yowoyi odam otgan tosh Konselning
qo'lidagi bu bebaho narsani sindirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: