Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

1  Spirtli  ichimliklar.

7  -   J.Vem

193


-  

Xo'jam  sira  ham  hozirgidek  saxiy  bo'lmagan 

edilar,  -  deb javob berdi Konsel.

Ikkinchi yanvarda  lag biz Yapon dengizidan chi­

qib ketganimizdan buyon o‘n bir ming uch yuz  qirq 

milya  masofani  bosib  o'tganimizni  ko‘rsatib  turar 

edi.

«Nautilus»  oldida  Avstraliyaning  shimoli  shar- 



qiy  qirg'oqlariga  borib  taqaladigan  marjon  de- 

ngizining xavfli zonalari bor edi.

Kemamiz  1770-yilning  10-iyunida  kapitan  Kuk 

kemalari  halokatga  yo'liqishga  oz  qolgan  aldamchi 

qoyalar to'sig'idan bir necha  milya  masofada  suzar 

edi.  Kukning  o‘zi  tushgan  kema  qoyaga  urilgan-u, 

ammo  to'qnashuv  paytida  ко‘chib  ketgan  marjon 

bo'lagi  teshilgan  joyni  to‘sib  qoygani  tufayligina 

g‘arq bo'lmay qolgandi.

Uch  yuz  oltmish  lyo  keladigan  va  toshqin  de­

ngiz  har gal urilganda  momaqaldiroqni  eslatadigan 

ovoz chiqaruvchi bu to'siqni juda ko'rgim keldi.

Ammo  ayni  vaqtda  chuqurlikka  tushiradigan  rul 

«Nautilus»ni  suvning pastki  qatlamlariga  olib  ketdi 

va  men  bu  marjon  devorlarni  ko'rishdan  mahrum 

bo‘lib  qolaverdim.  Men  to ‘rga.-$«shgan  baliqlarni 

ko'zdan  kechirib,  bui.yedarning' hayvonot  dunyosi 

bilangina tanisha oidtin, kolos.

Boshqa  turli-tuman  skumbriyalar  qatorida  kat- 

taligi  rosmana  tuneschalik  keladiganlarini  ham 

ko'rdim.  Ularning  ko'kimtir  tanasida  tasma-tasma 

chiziqlari bo'lib,  o'lganida bu  chiziqlar yo'qolib ke- 

tadi.  Bu  skumbriyalar  to‘da-to‘da  bo'lib  bizga  er- 

gashib borar,  ayni vaqtda  juda kamyob tansiq taom 

ham  edilar.  To'rga  bulardan  boshqa  uzunligi  besh 

santimetrdan  oshmaydigan,  ammo  juda  mazali 

sparlar va  chinakam  dengiz  qaldirg'ochlari  -   trigl- 

lar  ham  ko'plab  tushar  edi.  To'm ing  sirtmog'idan



194


molluskalar va zoofitlar orasida,  shuningdek,  alsio- 

nariy,  tirik bola tuguvchilar namunalarini,  baydar- 

kalar, bolg'achalarni topib olar edim.

Marjon  dengizini  kesib  o'tganimizdan  ikki  kun 

keyin,  4-yanvarda,  biz  Yangi  Gvineya  sohilla- 

ri  ko'rinib  turadigan  joydan  chiqib  qoldik.  Kapitan 

Nemo  men bilan uchrashganda  Hind okeaniga Tor­

res bo'g'ozi  orqali  o'tish  niyatini bildirdi.  Bu haqda 

u boshqa hech  narsa  demagan bo‘lsa-da,  Ned  Lend 

uchun  shuning  o‘zi  ham  kifoya  edi:  u  Yevropa  de- 

ngizlariga yaqinlashayotganimizdan mamnun edi.

Torres  bo'g'ozi  ham  o'zining xatarli  qoyalari  va 

uning  sohillarida  yashaydigan  qabilalarning  vah- 

shiyligi  bilan  yomonotliq  bo'lib  qolgan.  U  Avstra- 

liyani Yangi Gvineyadan ajratib turadi.

Peshinda  kapitan  yordamchisi  sekstant  yor­

damida  quyoshning  balandligini  aniqlayotganda, 

men  zinapoya  bo'lib  ko'tarilib,  qirrali  cho'qqilar 

bilan  tugallanadigan  Arfalks  tog‘i  cho'qqilarini 

ko'rdim.


«Nautilus» dunyodagi eng xatarli bo‘g‘ozning ki- 

raverishiga  yaqinlashdi.  Eng  shijoatli  dengizchilar 

ham  unga  kirish  oldidan  bir  zum  to'xtab,  oylanib 

qolar edilar. Bu bo‘g‘ozni Lui Pats de-Torres janubiy 

dengizlardan  Melaneziyaga  qaytayotganida  ochgan 

edi;  bu  yerda  1840-yili  Dyumon-Dyurvil  ekspedi- 

tsiyasi  sayozlikda  halokatga  uchrashiga  sal  qolgan 

edi.  Hatto  sayozlik  va  qoyalardan  qo'rqmaydigan 

«Nautilus»  ham  uning  marjon  qoyalaridan  ehtiyot 

bo'lishi kerak edi.

Torres  bo‘g‘ozining  eni  taxminan  bir  yuz  o'ttiz 

besh-bir  yuz  qirq  kilometr  edi.  Undagi  juda  ko'p 

orol va  orolchalar,  tik  suvosti  qoyalari  orasidan  su­

zib o'tish g'oyat mushkul ish edi.

Shularni  hisobga  olgan  kapitan  Nemo  barcha

195



ehtiyot  choralarni  ko'rib  qo'ydi:  «Nautilus»  suvga 

yarim cho'kkan holda juda sekin suzib borar edi.

Vintining parraklari horigan kitning dumi singa­

ri suvga sekin urilardi.

Men  va  mening  do'stlarim  bu  vaziyatdan  foy- 

dalanib, hamisha kimsasiz yotadigan palubaga chiq- 

dik  va  rul  boshqaruvchining  hujrasi  ortida  turdik. 

Kapitan  Nemo  hujraning  ichida  turib,  «Nautilus»ni 

shaxsan o'zi boshqarayotgan edi.

Ko'z  oldimda  injener-gidrograf Vinsendon  Dyu- 

mulen  va  Dyumon-Dyurvilning  yer  yuzini  keyingi 

marta  aylanib  chiqish  ekspeditsiyasida  qatnash- 

gan  ekspeditsiya  michmani  -   keyinchalik  admiral 

bo'lgan  -   Kupvan-Dyubua  tomonidan tuzilgan ajo­

yib karta namoyon bo'ldi.  Shu karta hamda kapitan 

King tuzgan karta Torres bo'g'ozining o'tib bo'lmas 

darajada  aylanma  yo'llarini  oydinlashtirib  bergan 

eng  yaxshi  kartalar  hisoblanadi.  Men  ularni  sin-- 

chiklab ko'zdan kechirdim.

«Nautilus»  atrofida  dengiz  shiddat  bilan  sho- 

vullar  edi.  Janubi  sharqdan  shimoli  g'arbga  soatiga 

ikki yarim milya tezlik bilan kelayotgan kuchli oqim 

deyarli har  qadamda suvdan chiqib turgan qoyalar- 

ga kelib urilardi.

-  Xavfli joy!  -  dedi menga Ned Lend.

-   Ha,  chindan  ham,  hatto  istagan  joydan  suza 

oladigan «Nautilus»day kema uchun ham juda xavf­

li,  -  javob berdim men.

-   Chamamda,  bu  la’nati  kapitan  suzayotgan 

yo'lini  yaxshi  biladiganga  o'xshaydi,  yo'qsa  nari- 

roqda  men  shunaqangi  marjon  bijillab  yotgan  joy- 

larni  ko'ryapmanki,  unga  «Nautilus»  tegishi  bilan 

parcha-parcha bo'lib ketishi hech gap emas!

Ha,  chindan  ham  ahvol  juda  og'ir  edi.  Ammo 

«Nautilus»  xuddi  sehrlanganday,  eng  dahshat-

196



li  qoyalarga  ham  chap  berib  o'tar  edi.  U  Dyumon- 




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish