Suv ostida sakson ming kilometr


  Blok -   og‘ir yuklami ko'taradigan maxsus asboblar



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Blok -

  og‘ir yuklami ko'taradigan maxsus asboblar.

187



qidirishni  davom  ettirmoqda  edi.  Bir  kit  ovlovchi 

kishi  ularga  Yangi  Kaledoniya  va  Luziadadagi  yov- 

voyi  odamlarda Avliyo  Lyudovik medali va  ordenini 

ko'rganini aytdi.

Dilon  Vanikorodan  ketib,  oradan  ikki  oy  o‘t- 

gach,  Dyumon-Dyurvil  Gobart-Tounda langar tash- 

ladi.  Dilonning ishi o'ngidan kelganini u shu yerda- 

gina bilib qoldi. Xuddi  shu yerda Kalkuttadan chiq­

qan «Yunion» kemasining kapitan yordamchisi Jems 

Gobbs  degan  odamdan  ba’zi  narsalarni  bilib  oldi. 

Bu  kishi  janubiy  kenglikning  8-gradus  18-minuti 

va  sharqiy  uzunlikning  15-gradus  va  30-minutida 

joylashgan  orolga  kelib  to'xtagach,  mahalliy  aholi 

qo'lida  uzun  temir  parchalari  va  qizil  gazmol  lax- 

taklarini ko'rganini aytadi.

Dyumon-Dyurvil  bu  biri  biriga  qovushmaydigan 

poyintar-soyintar  xabarlardan  diqqati  oshib,  isho- 

nishni  ham,  ishonmaslikni  ham  bilmay,  har  holda 

kapitan Dilon izidan borishga qaror qildi.

1828-yil  o'ninchi  fevralda  «Astrolyabiya»  Tiko- 

pia  oroliga  kelib,  shu  yerda  turgun  bo'lib  qolgan 

oq  tanli  matrosni  kemaga  lotsman  qilib  oldi-da, 

Vanikoro  tomon  yo‘l  oldi.  «Astrolyabiya»  bu  orol­

ga  12-fevralda yetib kelib, uning marjon halqasidan 

narida to'qqiz kun turib qoldi va Vanu gavaniga 20- 

fevraldagina kirdi.

Yigirma  uchinchida  «Astrolyabiya»  matrosla- 

ri  orolni  aylanib  chiqib,  halokatning  uncha  muhim 

bo'lmagan  bir  necha  qoldiqlarini  topib  kelishdi.  Ma­

halliy  kishilar  baxtsizlik  sodir  bo'lgan  joyni  ularga 

ko'rsatishdan  bosh  tortdilar  va  barcha  so'roqlarga 

o'zlarini  tushunmaslikka  olib  javob  bermadilar 

yoki  bilmaymiz  deb  qoya  qoldilar.  Mahalliy  kishilar 

o'zlarini bunday tutishlari ular halokatga yo'liqqanlar 

bilan  yomon  munosabatda  bo'lishgan  degan  fikrga

188



olib  kelar  edi.  Chindan  ham  ular,  aftidan,  Dyumon- 

Dyurvilni Laperuz va uning baxtsiz hamrohlari uchun 

o'ch olishga kelgan deb qo ‘ rqishay otganga o'xshardi.

Biroq  26-fevralda  evaziga  mukofotlar berilishini 

eshitib  va  o'ch  olish  xavfi  yo'qligiga  ishonch  hosil 

qilishgach,  mahalliy  kishilar  kapitan  yordamchisi 

Jakinoga halokat sodir bo'lgan joyni ko'rsatishdi.

U  yerda  to'rt-besh  metr  chuqurlikda  Panu  va 

Vanu  qoyalari  orasida  langarlar,  to'plar,  muvoza- 

nat  saqlagichlar,  allaqachon  ohak  qoplagan  temir 

va  qo'rg'oshin  parchalari  yotar  edi.  «Astrolyabi- 

ya»  eshkakli  kemachalari  o'sha  yerga  bordi  va  de­

ngiz  tubidan  bir  ming  sakkiz  yuz  qadoq  keladigan 

langarni,  sakkiz  qadoqli  o'q  uzadigan  to'pni,  bitta 

qo'rg'oshin  parchasi  va  ikkita  mis  toshotar  qurolni 

arang ko'tarib olishdi.

Dyumon-Dyurvil  mahalliy  kishilardan  surish- 

tirib,  Laperuz  orol  sohilida  o'zining  har  ikki  ke- 

masidan  ajralganidan  keyin  ularning  qoldiqlaridan 

uchinchi  bir  kichik  kema  yasab,  ochiq  dengizga 

ketganini  bilib  oldi...  Qayoqqa  ketishgan?  Bunisini 

hech kim bilmas edi.

Shundan so'ng «Astrolyabiya» komandiri mangi- 

fer daraxti  ostida  jasur dengizchi va uning do'stlari 

xdtirasiga  haykal  tiklashni  buyurdi.  Bu  marjon  su- 

pacha ustiga o'rnatilgan oddiy to'rt qirrali piramida 

edi.  Mahalliy  kishilar  buzib  olmasin,  deb  haykalga 

bir parcha ham temir ishlatishmadi.

Shundan so'ng Dyumon-Dyurvil  darhol  langarni 

ko'tarmoqchi edi.

Biroq  «Astrolyabiya»  komandasining  bu  yerlar- 

da  keng  tarqalgan  bezgakdan  tinka-madori  quri- 

gan,  buning  ustiga  uning  o'zi  ham  betob  edi.  Shu 

sababli u qaytish uchun yo'lga faqat  17-martdagina 

chiqa oldi.

189



Shu  orada  Fransiya  hukumati  Dyumon-Dyur- 

vilni  Dilon topgan yangilikdan xabarsiz  deb  oylab, 

Vanikoroga Legoarn de-Tromelen qo‘mondonligida 

«Bayonezka» korvetini yubordi.

«Bayonezka»  «Astrolyabiya»  suzib  ketgach,  ora- 

dan bir necha oy o'tgandan keyin Vanikoro  sohilla- 

riga  langar  tashladi va  hech  qanday yangi  hujjatlar 

topmasa-da, yowoyi odamlar Laperuzga o'rnatilgan 

haykalga tegishmaganini o ‘z ko'zi bilan ko‘rdi.

Men kapitan Nemoga shulamigina aytdim.

-   Shunday  qilib ,-  dedi  u  m enga,-  Vanikoroda 

halokatga uchragandan keyin qurilgan uchinchi ke­

maning qayerda  halok bo‘lgani  shu  kungacha  hech 

kimga ma’lum emas ekan-da?

-  Buni hech kim bilmaydi.

Kapitan Nemo  menga hech nima demay salonga 

boshladi.  «Nautilus»  bir  necha  metr  pastga  tushdi 

va oynalardagi temir to'sqichlar ochildi.

Men  peshanamni  oynaga  tirab,  marjon  qatlam- 

lari,  zoofitlar  va  suv  o'simliklari  ostida,  har  to- 

monda  suzib  yurgan  baliqlar  orasida  Dyumon- 

Dyurvil  ekspeditsiyasi  topolmagan  halokat  qoldiq- 

larini:  langarlar,  to'plar,  machtalar,  zanjirlar,  to ‘p 

o'qlarini  ko'rdim.  Endilikda  ularning  barini  zoo­

fitlar qoplab olgan.

Shu fojiali qoldiqlarni ko'zdan kechirayotganim- 

da kapitan Nemo gam gin ohangda gap boshladi:

-   Kapitan  Laperuzning  ekspeditsiyasi  Fransi­

ya  sohillaridan  1785-yilning  yettinchi  dekabri- 

da  «Bussol»  va  «Astrolyabiya»  korvetlarida  suzib 

ketgan.  Ular  aw al  Botani-Bey,  Yangi  Kaledoni- 

yaga  kirganlar,  so‘ngra  Santa-Krutsu  tomon  yo‘l 

olib,  Gavay  orollari  turkumiga  mansub  Namukada 

to ‘xtashgan.  Nihoyat,  Laperuz  kemalari  Vaniko- 

roning  noma’lum  qoyalariga  yaqinlashgan.  Oldin-

190



da  suzayotgan  «Bussol»  korveti  janubiy  sohildagi 

qoyalarga  borib  urilgan.  «Astrolyabiya»  yordamga 

oshiqqan va o'z navbatida u ham qoyaga borib uril­

gan.  Birinchi  korvet  deyarli  o'sha  zahotiyoq  halok 

bo'lgan. Ikkinchisi,  shamol esayotgan joydagi sayoz 

yerga  tiqilgani  uchun  bir  necha  kun  saqlanib  qol­

gan.  Mahalliy kishilar halokatga yo'liqqanlarni xay- 

rixohlik bilan kutib olishgan. Laperuz orolga tushib, 

ikki  katta korvet parchalaridan kichik kema qurish- 

ga  kirishgan.  Bir necha  matroslar o'z  xohishlari bi­

lan Vanikoro orolida qolishgan.  Kasallikdan holdan 

toyib,  tinkasi  qurigan  boshqa  kishilar  Laperuz  bi­

lan birga Solomon orollari tomon suzib ketadilar va 

orollar to'dasining asosiysida, Umidsizlik va Qanoat 

burunlari orasida bitta qolmay halok bo'ladilar.

-   Siz  qayerdan  bilasiz  bularni?  -   deya  qichqirib 

yubordim men.

-   Men  ular  halok  bo'lgan  so'nggi  joydan  mana 

bu narsani topib oldim.

Kapitan  Nemo  shunday  dedi-yu,  qopqog'iga 



Fransiya gerbi o'yilgan temir sandiqchani oldi.  San- 

diqchaning hamma yog'i sho'r suvda zanglagan edi. 

U  sandiqchani  ochdi va  menga  sarg'aygan hujjatlar 

o'ramini ko'rsatdi.

Bu  kapitan  Laperuzga  dengiz  ministri  tomoni- 

dan  berilgan  ko'rsatma  bo'lib,  uning hoshiyalarida 

Lyudovik XVI  ning qo'li  bilan bitilgan yozuvlar bor 

edi.


-   Ha,  mana  buni  dengizchiga  munosib  o'lim 

desa  bo'ladi!  -   dedi  kapitan  Nemo.  -   U  osoyishta 

marjon  qabrida  orom  topib yotibdi.  Qani  endi  men 

va mening do'stlarim qabri ham shunaqa bo'lsa...




Y i g i  r m a n  chi   b o b

 


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish