Suv ostida sakson ming kilometr


O ' n   t o ' q q i z i n c h i   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

O ' n  

t o ' q q i z i n c h i   b o b  

VANIKORO


Bu  fojiali  voqea  xuddi  shunday  qator  to'qna- 

shuvlarning  birinchisi  edi.  Keyinchalik  biz  «Nau­

tilus» oynasidan suvda cho'kib, chirib qolgan kema- 

lami  tez-tez  uchratib turdik.  Okean tubidagi  ancha



179


chuqur  suv  qatlamlarida  to'plar,  zambarak  o'qlari, 

langarlar,  zanjirlar va  zang bosgan minglab boshqa 

temir narsalarni ko'rdik.

0 ‘n  birinchi  dekabrda  biz  bir  vaqtlar  Bugenvil 

«Xavfli  orollar  guruhi»  deb  nom  bergan  Paumotu 

orollar  tizmasiga  yaqinlashdik;  bu  tizmadagi  orol­

lar  sharq  -   janubi  sharqdan  g‘arb  -   shimoli  g'arb 

tomon  janubiy  kenglikning  13-gradus  3-minuti  -  

20-gradus  SO-minutida va  g'arbiy uzunlikning  125- 

gradus  30-minuti  -   151-gradus  30-minuti  orali- 

g'ida  ikki  ming kilometrdan  ortiq yerni  ishg'ol  etib 

yotardi.  Guruhning sharqiy chekkasidagi orol Dyusi, 

g'arbidagisi Lazarev oroli deb atalar edi.

Bu  orollar  tizmasi  uch  yuz  yetmish  kvadratli 

maydonni  ishg'ol  etgan  bo'lib,  oltmishta  orolcha 

guruhidan  iboratdir.  Fransiyaga  qarashli  Gambe 

orollar  to'dasi  ham  shu  jumlaga  kiradi.  Bular  mar- 

jon  orollaridir.  Poliplar  sekin,  ammo  tinmay  olib 

borayotgan ish bu marjonlarni suvdan ko'tarib erta- 

mi,  kechmi  ularni  o'zaro  bog'laydi.  Shundan  so'ng 

bu yangi orol qo'shni orollar bilan qo'shiladi hamda 

bir tomondan Yangi Zelandiya va Yangi Kaledoniya, 

boshqa yoqdan Markiz  orollari oralig'ida yangi qit’a 

paydo bo'ladi.

Shu  nazariya  haqida  kapitan  Nemoga  so'z  och- 

gandim, u menga sovuqqonlik bilan javob berdi:

-  

Yer  yangi  qit’alarga  emas,  balki  yangi  odam- 



larga m uhtoj!

«Nautilus»  yo'li  tasodifan  butun  tizmada  diq- 

qatga  sazovor  Klermon-Tonner  oroli  tomon  tushib 

qolgandi.  Bu  tasodif  menga  madrepor  marjonla- 

ri  to'dasini  o'rganish  imkonini  berdi.  Bu  marjonlar 

Tinch  okeanning  shu  qismidagi  orollarni  hosil  et­

gan edi.

Madrepor  marjonlari  ohak  qobirg‘ali  tirik  to ‘-



180


qimadan  iborat.  Marjonlarning  qobirga  tuzi- 

lishidagi  farqi  mashhur  ustozim  Miln-Edvardsga 

ularni  besh  to'daga  bo'lish  uchun  asos  bo'lgan. 

0 ‘zidan  shilliq  modda  ajratadigan,  mikroskopdagi- 

na  ko'rinadigan  bu  tirik  mavjudotlarning  milliard- 

milliardi  bir  to'dani  tashkil  etadi.  Ulardan  ajralib 

chiqadigan  ohakdan  qoyalar,  cho'qqilar,  orolchalar 

va  orollar  hosil  bo'ladi.  Bu  yerda  ular  dengizdan 

ajralgan  ohak  halqa  yoki  dengizga  suvosti  yoriqla- 

ri  bilan  qo'shilib  turadigan  kichik  ko‘llar  vujudga 

keltiradilar;  yangi  Kaledoniya  yoki  butun  bir  orol­

lar,  chunonchi  Paumot  orollar  tizmasi  kabi  qoya- 

larni sohildan ajratadigan to‘siqlar bunyod etadilar. 

Boshqa  joylarda,  chunonchi  Mavrikiya  orollarida, 

qirrali  qoyalar etagida  okean tubi  juda pastda qolib 

ketadigan baland devorlar ko'taradilar.

Biz Klermon-Tonner oroli  sohillaridan bir necha 

kabelt  masofada  suzar  edik.  U  yerda  men  jajji  qu- 

ruvchilarning  ulkan  ishlariga  qarab  juda  qoyil  qol­

dim.


Konsel  mendan  bunday  devorni  tiklash  uchun 

qancha  vaqt  kerak  bo'ladi,  deb  so'rab  qoldi.  Men 

olimlarning  hisoblariga  ko'ra  bunday  devor  yuz 

yilda  duymning  sakkizdan  bir  qismi  miqdorida 

ko'tariladi1, deganimda u juda hayron qoldi.

-   Binobarin, balandligi uch yuz metrli bu devor­

ni tiklashga...

-   Bir  yuz  to'qson  ikki  ming  yil  kerak  bo'ladi, 

do'stim  Konsel!  Bundan  chiqdi,  Tavrot  yemi  an- 

cha yoshartirgan  ekan-da.  Agar  almisoqdan  qolgan 

o'rmonlarning  ko'mirga  aylanishi  uchun  juda  ko'p 

muddatlar  o'tganini  eslasak,  unda  Tavrotda  aytil- 

gan fikrlar yanada ishonchsizroq bo'lib qolarkan!


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish