1
Lyo -
fransuzcha uzunlik o'lchovi; kilometr lyosi 4 kilometrga
teng. Fransiyada m etr sistemasi qabul qilinguncha meridian gradu-
sining 1/25 qismi, y a’ni 4445 m etr lyo deb atalgan.
176
voqea faqat shu bo'ldi. Kalmarlar boshoyoqlar sinfi
va ikki jabralilar kenja sinfiga mansub. Sepiya va
argonavtlar ham shularga taalluqlidir. Bu molluska-
lar negadir ilgarigi tabiatshunoslar diqqatini o'ziga
jalb etgan bo'lib, ular qadimgi notiqlar tomonidan
istiora tarzida foydalanishda alohida o'rin tutishi-
dan tashqari, zodagonlar dasturxonini bezashda
yaxshigina shuhrat qozongan edi. Har holda mash-
hur Galendan oldin o'tgan qadimgi yunon tabibi
Ateney shunday deb ta’kidlaydi.
Kalmarlar to'dasini «Nautilus» 9-dan 10-de-
kabrga о‘tar kechasi uchratdi. Bu molluskalarning
bir necha millioni mo'tadil zonalardan issiqroq yer-
larga seldlar va sardinlar suzgan yo'ldan ко‘chib
o'tardilar.
Biz ularni qalin billur oyna orqali ko'rib turar
edik; kalmarlar o'zlarining o'nta oyog'ini tinmay
harakatga keltirib, orqalari bilan oldinga tomon su-
zar edi. Tabiat kalmarlarning oyoqlarini boshlariga
o'rnatgan.
«Nautilus» qanchalik tez suzmasin, bir ne
cha soat davomida kalmarlar qurshovida yurdi;
biz to'rlam i tashlab, ana shu molluskalardan juda
ko'pini tutib oldik.
Dengiz bizni zeriktirmas edi. U ko'z oldimizda
yangi-yangi manzaralar, ajoyib tomoshalar ko'rsa-
tib, ularni tinmay o'zgartirar, ko'rinish va joylar
ham soat sayin almashar edi. U bizni ovuntiribgina
qolmay, eng yashirin sirlarigacha bilib olish imko-
niyatini berar edi.
11-dekabr kunduzi salonda kapitan Nemo ku-
tubxonasidan olingan kitobni o'qib o'tirar edim.
Ned Lend bilan Konsel oyna oldida juda yaxshi
yoritilgan suvni tomosha qilib o'tirishardi. «Nau
tilus» qimirlamay turardi. U rezervuarlarini to ‘-
177
latib, ming metr chuqurlikda, okeanning hech narsa
uchramaydigan, onda-sonda eng yirik baliqlargina
suzadigan yerida turar edi.
Men Jak Masening «Oshqozon xizmatkori» de
gan ajoyib kitobini o‘qib, muallifning mislsiz ma-
horati va oqil so'zlariga qoyil qolib o'tirganimda,
birdan Konsel chaqirib qoldi.
- Xo'jam bir minutgina oyna oldiga kelib ketol-
maydilarmi? - dedi u qandaydir g'alati ohangda.
- Nima bo'ldi, Konsel?
- Xo'jamning o'zlari kelib ko'rsinlar! Men kitob-
n ib ir chekkagaqoyib, oynagayopishibqaraybosh
ladim.
Elektr projektor yorqin yog'du taratayotgan suv
bo'shlig'ida allaqanday ulkan qora narsa qimir et-
may turar edi. Men bu bahaybat maxluqni yaxshi-
lab ko'rib olish niyatida sinchiklab tikila boshladim.
To'satdan xayolimga yashin tezligida shu fikr keldi.
- Kema bu! - deb qichqirib yubordim.
- Ha, - deb javob qaytardi kanadalik, - bu cho'-
kib qolgan kema...
Ned Lend adashmagan edi. Ko'z aftlimizda
cho'kkan kema turar edi. Korpusining yaxshigina
saqlanganiga qaraganda, hakikat bundan bir necha
soat oldin bo'lganga o'xshaidL Palubada bo'yi ikki
futga yetar-yetmas keladigan uchta xodaning qaq-
qayib tttrishi kema hayot-mamot uchun kurashda
machtalarini qurbon etganini ko'rsatar edi. Ammo
bu ham yordam bermagan...
Bu cho'kkan kemaning ko'rinishi qanchalik
ayanchli edi!
Ammo uning palubasidagi manzara yanada
mudhishroq, unda bir necha jasad yotar edi. Men
oltita jasad sanadim: to'rt erkak - ulardan biri rul
178
oldida turardi va lyuk tuynugidan gavdasining yar-
mini chiqarib, qo'lida bola ushlab turgan ayol.
Ayol yosh edi. Projektorning yorqin yogdusida
men hatto uning yuzini aniq ko'ra oldim, u hali
o'lmaganday edi. So'nggi kuchini to'plab, bolani
boshi uzra ko'targan; bechora ushoqqina bola jajji-
gina qo'lchalari bilan onasining bo'ynini quchgan-
cha o'libdi...
Uch matros jasadi g'ayritabiiy bir holda qotib
qolipti - aftidan, o'lim ularni cho'kayotgan kema
palubasida o'zlarini o'ragan arqonni yechishga un-
nayotganlarida quchganga o'xshardi. To'rtinchisi,
rul boshqaruvchi, qaddini g'oz tutganicha osoyishta
va jiddiy holda turardi. Uning qo'llari rulni ushla-
gancha qotib qolibdi.
Keksa rul boshqaruvchi, aftidan, uch machtali
kema okean tubiga qarab cho'kayotganda ham rulni
qo'yib yubormaganga o'xshaydi...
Naqadar dahshatli manzara! Biz kema halokati
manzarasidan ko'z uzolmas edik...
Odam go'shtining hidini sezib, katta akulalar ya-
qinlashayotganini ko'rdim...
«Nautilus» cho'kkan kema atrofidan aylanib
o'tayotganida, uning quyruq tomonidagi yozuv
ko'zga chalindi:
«Florida»
Zunderland
Do'stlaringiz bilan baham: |