Suv ostida sakson ming kilometr


  Kambuz -  kema oshxonasi



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Kambuz -

 kema oshxonasi

171


uning  gaplariga  «juda  to ‘g‘ri»,  «haq  gapni  aytyap- 

siz»,  «ha  albatta»  degan  mantiqsiz  luqmalar  tash- 

lab turish ehtiyojidan xoli etdim.

Kapitan  o'ziga  o‘zi  so'zlayotganday  har  bir  ga- 

pidan keyin uzoq jim bo'lib qolardi.  Bu ovoz chiqa- 

rib fikrlashning xuddi o‘zi.

-   Ha,  -   dedi u,  -  harorat almashuvi,  tuz va mik- 

roorganizmlar  mavjudligi  tufayli  okeanda  doimiy 

o'zgarishlar bo'lib turadi.  Haroratning almashib tu- 

rishidan  turlicha  suv  zichligi  hosil  bo'ladi,  buning 

natijasida  esa  oqim  va  qarshi  oqimlar  kelib  chiqa- 

di.  Qutb  tomonlarda  juda  oz va  ekvatorial  zonalar- 

da  esa ko'plab bo'lib turadigan  suvning bug'lanishi 

tropik  va  qutb  suvlarining  tez-tez  almashib  turi- 

shiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari,  men  suvning 

hamisha yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga  ha­

rakat  qilib  turishini  payqadim;  bu  okeanning  chi- 

nakam nafas  olishini  ifodalaydi.  Quyosh  nurlaridan 

qizigan  zarra  dengiz  sathidan  uning  qa’riga  tusha- 

di,  noldan  yuqori  ikki  darajagacha  sovib  o'zining 

me’yoridagi  zichligiga  erisha-di  va  sovub  yengil- 

lashgach,  yana  suv sathiga  ko'tariladi.  Siz  bu  hodi- 

saning natijalarini qutbda ko'rasiz Va o'shanda nega 

suvning faqat sathi muzlashini bilib olasiz.

Kapitan  Nemo  og'zidagi  gapni  aytib  bo'lguncha 

xayolimdan:  «Qutbda?  Nahotki,  bu  jasur  kishi  biz­

ni  o'sha  yoqqa  olib  bormoqchi  bo'lsa?»  degan  fikr 

o'tdi.


Shu  orada kapitan jim bo'lib  qoldi;  uning nigohi 

o‘zi  juda  sinchiklab  va  mehr  bilan  tinmay  kuzata- 

yotgan okeanga qadalgan edi.

Birpas jim turgach, yana gapira ketdi:

-   Dengizda  tuz  juda  ko‘p.  Dengiz  suvidagi  eri- 

gan  tuzlarning  hammasini  yigganda,  u  to‘rt  yarim 

million kub milya hajmni qoplar edi.  Bordi-yu, pro­

172



fessor,  siz  bu  tuzlarni  butun  yer  shari  bo'ylab  bir 

tekis yoyib  chiqsangiz,  uning qalinligi  o‘n  metrdan 

oshgan bo'lur edi. Ammo  siz  suvda tuzning bo'lishi 

tabiat  injiqligidan  deb  o'ylamang  tag'in.  Mutla- 

qo!  Tuz  dengiz  suvining  bug'lanishini  kamaytira- 

di,  shamolning  juda  ko'p  bug'ni  olib  ketishiga  yo‘1 

qo'ymaydi  va  bu  bilan  sayyoramizdagi  mo'tadil  iq- 

limli  zonalarni  yomg'irdan  saqlaydi.  Bu  yer  yuzida 

stixiya  ishini  bir  me’yorda  tutish yo'lida  qilinayot- 

gan katta va faxrli ishdir!

Kapitan Nemo yana jim bo'lib, paluba boylab bir 

necha qadam yurgach, so'zida davom etdi:

-  Eng mayda tirik organizmlar, millionlab to'dasi 

bir  tomchiga  sig'ib  ketadigan  va  sakkiz  yuz  min- 

gi  bir  milligramm  keladigan  bakteriyalarga  kelsak, 

ularning  rolini  ham  kamsitib  bo'lmaydi.  Ular  de­

ngiz tuzlarini yutadilar, suvda erigan qattiq jismlar- 

ni yig'ib  oladilar.  Hu  pastda  zoofitlar,  marjonlar va 

poliplar koloniyasini barpo  etadilar va butun bosh- 

li  qit’alarni  vujudga  keltiradilar.  Ammo  okean  suvi 

tinch  turmaydi.  U  hamisha  gorizontal  yo'nalishda 

ham,  vertikal  boylab  ham  harakatlanib  turadi  va 

organizmlarni  ozuqa  bilan  ta ’minlaydi.  Suvning 

(}oim  shunaqa yuqoriga va  pastga  siljib,  muntazam 

ravishda  harakatda  bo'lishi  dengizda  abadiy  hayot 

vujudga  keltirib  turadi.  Ko'pchilik  odamlar  uchun 

o'lik,  ammo  son-sanoqsiz  hayvonot  va  men  uchun 

hayotbaxsh  muhit  hisoblangan  okeanning  barcha 

qismlarida  juda  jo'shqin,  qit’alardagiga  nisbatan 

samaraliroq,  bitmas-tuganmas,  abadiy  va  gullab- 

yashnaydigan hayotni vujudga keltiradi!

Kapitan  Nemo  bu  so'zlarni  aytayotganda  uning 

butun  qiyofasi  tamoman  o'zgardi.  Uning  so'zlari 

menda g'oyat katta taassurot qoldirdi.

-   Chinakam hayot ham shu yerda, faqat shu yer-

173



da!  -   deb  qo'shib  qoydi  u.  -   Men  suvosti  shahar- 

lari  «Nautilus»  singari  har  kuni  ertalab  toza  havo- 

dan nafas  olish uchun  okean  sathiga ko'tariladigan 

suvosti  uylari  to'dasi  bo'lishiga  ishonaman,  -   ha, 

erkin,  hech  kimga  tobe  bo'lmagan  shaharlar!..  Kim 

biladi, balki biror zo'ravon...

Kapitan Nemo fikrini to ‘la ifoda etmadi va yanib, 

qo‘l siltadi.

Keyin  bu  qayg'uli  fikrlardan  o'zini  xoli  etmoq- 

chi  bo'lganday  bevosita  menga  murojaat  qilib 

so'radi:

-   Janob  professor,  okean  chuqurligi  qanchali- 

gini bilasizmi?

-  Men so'nggi o'lchovlar vaqtida olingan raqam- 

larnigina bilaman, kapitan...

-  Shu raqamlarni menga ayta olasizmi?

-   Marhamat,  esimda  qolganlarining hammasini 

sizga  aytib  berishim  mumkin.  Adashmasam,  tadqi- 

qotlar  shuni  aniqladiki,  Atlantik okeanning shimo­

liy qismlaridagi o'rtacha chuqurlik uch ming to'qqiz 

yuz  metrga yetadi.  0 ‘rtayer  dengizida  esa bir  ming 

ikki  yuz  metr.  Atlantik  okeanining  janubiy  qismi­

da,  taxminan  kenglikning o'ttiz  beshinchi  gradusi- 

da  chuqurlik  ayniqsa  yaxshi  o'lchangan.  Ularning 

natijalari  bunday:  o‘n  ikki  ming  metr,  o‘n  to ‘rt 

ming to'qson bir metr va o‘n besh ming bir yuz qirq 

to'qqiz m etr1.  Olimlarning ta’kidlashlaricha, dengiz 

tubi bab-baravar qilib tekislanganda, uning chuqur­

ligi  butun  yer  kurrasi  bo'ylab  taxminan  uch  ming 

sakkiz yuz metrga teng bo‘lar edi.

-   Juda  soz,  professor,  -   dedi  kapitan  N em o.- 

Sizga  bundan  durustroq  ma’lumot  berish  umidi- 

daman.  Bordi-yu,  sizni  Tinch  okeanning  shu  qis-


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish