midagi chuqurlik qiziqtiradigan bo'lsa, aytishim
mumkinki, u to'rt ming metrdan oshmaydi.
Kapitan Nemo shu so'zlarni aytib, lyuk tomon
yurdi va temir narvondan pastga tushdi. Men ham
uning ketidan salonga kirdim. Parrak o'sha zahoti
harakatga kelib, lag yigirma milya tezlikni ko'rsatdi.
Keyingi kunlar, hatto haftalarda kapitan Nemo
huzurimga kamdan kam tashrif buyurdi. Men u bi
lan har gal oradan anchagina vaqt o'tganda uchra-
shib turdim. Kapitanning yordamchisi har kuni er
talab o'z vaqtida kuzatuv o'tkazib, olingan natija-
larni kartaga tushirib borar edi.
Konsel bilan Ned Lend har kuni soatlab men bi
lan birga bo'lardilar. Konsel sherigiga suvosti say-
rimizning mo'jizalarini hikoya qilganda, garpunchi
unda ishtirok etmaganiga endi astoydil achinar edi.
Ammo men uni yana okean o'rmonlarini sayr qi
lish imkoniyati bo'lib qolar, deb umidvor etar edim.
Deyarli har kuni salon derazalaridagi temir to'siqlar
bir necha soatga ochilar va har gal biz suvosti dun-
yosining mo'jizalaridan hayratlanar edik.
«Nautilus» endilikda yuz va yuz ellik metr
oralig'idagi chuqurlikda janubi sharq tomonga suzar
edi. Ammo bir kuni chuqurlikka tushishga ishtiyoq-
mand kapitanning allaqanday injiqligi natijasida, u
kemani dengiz tubiga qarab ikki ming metrga tu-
shirdi. Yuz gradusli termometr noldan yuqori to'rt-u
chorak gradusni ko'rsatar edi. Bu harorat shu chu-
qurlikdagi barcha kengliklarda bir xil bo'lsa kerak.
Yigirma oltinchi noyabr, tungi soat uchda «Nau
tilus» Rak tropigini uzunlikning 172-gradUsida ke-
sib o'tdi. Ertasi kuni biz 1779-yilning 14-fevralida
mashhur kapitan Kuk halok bo'lgan Sandvichev
orollari yonidan o'tdik.
Biz yer aylanasi bo'ylab sayohatimizning bosh-
175
lanishidan buyon to‘rt ming sakkiz yuz oltmish lyo1
masofani bosib o'tdik.
29-noyabrda ertalab palubaga chiqib, shamol
esayotgan tomonda, ikki milya masofada, Ga-
vay orollar tizmasini tashkil etuvchi mitti oroldan
eng kattasi - Gavayni ko'rdim. Men haydalgan da-
lalarni, sohil boylab yastanib yotgan tog etakla-
ri va tog1 tepaliklarini, balandligi dengiz sathidan
besh ming metr keladigan Muna-Rea tepaligi osti-
dagi vulqonlarni aniq ko'rdim.
«Nautilus» hamon janubi sharq tomon borar edi.
U 1-dekabrda ekvatorni uzunlikning 142-gradusida
kesib o‘tdi, 4-dekabrda esa, hech qanday esda qo-
ladigan voqeasiz Markiz orollari gruppasiga yetib
keldik.
Men janubiy kenglikning 8-gradus 57-minutida
va g'arbiy uzunlikning 139-gradus 32-minutida joy-
lashgan Markiz orollaridan eng yirigi Nukagivada
Martin cho'qqisini ko'rdim. Ammo kapitan Nemo
yerga yaqinlashishni xush ko'rmasligi uchun to g n i
qoplab olgan qalin o'rmonlardan bo'lak hech narsa-
ni ko'rib bo'lmadi.
Bu yerdagi suvga tashlangan to'rlarga go'shti
juda mazali ko'kish tovlanadigan oltinrang bir ne
cha makrel va kumushrang tovlanadigan havorang
yashil sarganlar ilindi. Bu baliqlar darhol dasturxo-
nimizni bezadi.
Fransiya bayrog'i hilpirab turgan bu ajoyib
orollar bilan xayrlashgach, 4-dan 11-dekabrgacha
«Nautilus» yana salkam ikki ming milya yurdi.
0 ‘tayotganda har narsaga qiziquvchan kalmarlar-
ning juda katta to'dasini uchratdik. Esda qoladigan
Do'stlaringiz bilan baham: