\
Dyurvilning halokatiga oz qolgan «Astrolyabiya» va
«G'ayratli» kemalari ochgan yo'ldan bormayotgan
edi. Suvosti kemasi ancha shimolroqdan yo‘l tut-
di va Myorrey orolini ortda qoldirgandan keyingi-
na Kumberlendga kiradigan yo'lga - janubi g'arbga
qaytdi. Men endi kapitan Nemo «Nautilus»ni
yo'ldan to'g'ri olib o ‘tsa kerak, deb o'ylab turga-
nimda suvosti kemasi to'satdan shimoli g'arbga bu-
rilib, son-sanoqsiz orollar va orolchalar oralab, Ta-
unda oroli va Xavfli kanal tomon suzib ketdi.
Men hayratlanib o'zimdan o'zim, nahotki, kapi
tan Nemo shu qadar ehtiyotsizlik bilan Dyumon-
Dyurvilning har ikki kemasi sayozlikka tiqilib /qol
gan kanalga kirsa, deb so'rardim. Ammo shu vaqt
«Nautilus» yo'nalishini yana o'zgartirib, garb to
mon - Gveboroar oroli tomon suza boshladi. \
Kunduz soat uchlarga yaqinlashgan edi. Suv qu-
yilish joyiga yetib qolgan edik. To'lqinlanish tin-
di. «Nautilus» Gveboroarga yaqinlashdi. Biz palma
daraxtlari bilan qoplangan sohildan bor-yo‘g‘i ikki
milya masofada edik.
Birdan qattiq silkinish meni palubaga otib yu-
bordi. «Nautilus» qoyaga urilib, o‘ng tomonga xiyol
qiyshayib to'xtadi.
0 ‘rnimdan tursam, palubaga kapitan Nemo bi
lan uning yordamchisi chiqishibdi. Ular kemani
ko'zdan kechira turib, menga noma’lum tilda qisqa-
qisqa jumlalarda fikr almashishar edilar.
Ahvol mana shunaqa edi. Shtirbort ortida ko'
rinib turgan Gveboroar oroli shimoldan janubga
ulkan qo'lday yastanib yotardi. Suv kamayganidan
sharqda qoyalarning uchlari chiqib turar edi.
Biz sayozlikka yaxshigina tiqilgan edik. Buning
ustiga suv unchalik ko'tarilmaydigan yerda. Ammo
197
kema korpusi shu qadar mustahkam ediki, bu uri-
lishdan zarracha ham shikastlanmadi. Biroq bordi-
yu, «Nautilus» bu sayozlikdan chiqolmasa, unda bir
umr shu qoyaga qadalib qolaverish xavfi bor edi.
Bu: kapitan Nemo kemasi tamom, degan gap.
Kapitan Nemo o‘z odaticha tashvishsiz va oso-
yishta holatda menga yaqinlashib kelayotganida,
xayolimdan shu fikr o'tayotgan edi. Uning yuzida
na sarosima, na hayajon bor edi.
- Halokatmi? - so'radim men undan.
- Yo‘q, arzimagan ishkal,- deya javob berdi u.
- Har holda bu voqea sizni hamisha qochib yur-
gan yerda yashashga majbur qilishi mumkin.
Kapitan Nemo menga g'alati bir qarab qo‘yib,
bosh chayqab rad javobini berdi. Aftidan, menga,
hech narsa, hech qachon uni yerga qaytishga m aj
bur qilolmaydi, degan ma’noni uqtirmoqchi edi
shekilli.
Shundan so‘ng u menga bunday dedi:
- Nima deyapsiz, professor! «Nautilus» sira
nochor ahvolda qolmaydi. U hali sizni okean
mo'jizalari bilan tanishtirishni davom ettiradi. Biz-
ning sayohatimiz endigina boshlandi va sizning
hamrohingiz bo‘lish sharafidan bu qadar tez bena-
sib qolishni istamayman!
- Ammo, kapitan, - deya e ’tiroz bildirdim men
uning so'zlaridagi kinoyani tushunmaganday b o'
lib, - «Nautilus» suv eng ko'tarilib turgan paytda
sayozlikka tiqilib qoldi. Tinch okeanda suv ortiqcha
ko'tarilmasligiga e’tibor bergandirsiz; «Nautilus»ni
qanday bo'lmasin yengillashtirish chorasini ko‘r-
masangiz uni qaysi yo‘l bilan suvga tushirishingiz-
ga aqlim yetmay turibdi.
- Siz haqsiz, professor, - deb javob berdi
Nemo, - Tinch okeanda suvning ko'payish miqdori
198
juda oz, ammo shunga qaramay, Torres bo‘g‘ozida
suv bir yarim metrgacha ko'tarilib tushadi. Bugun
to‘rtinchi yanvar. Besh kundan keyin oy to'lishadi.
Yerning sodiq yo'ldoshi hisoblangan oy dengiz su-
vini yetarli miqdorda ko'tarib, o'zining arzimas shu
xizmati bilan og'irimni yengil qilmasa, qoyil emas-
man.
Kapitan shu so'zlarni aytdi-yu, uni kuzatib chiq
qan yordamchisi bilan «Nautilus» ichiga kirib ketdi.
Suvosti kemasi yer tagidan chiqqan kabi, mar-
jonlarning yemirib bo'lmas sement singari mod-
dalari bilan qoyaga jipslashtirib qo'yilganday qimir
etmay turardi.
- Xo‘sh, bu y o g i nima bo'ldi, janob professor? -
so'radi kapitan ketishi bilan yonimga kelib turgan
Ned Lend.
- Gap bunday, do'stim Ned: biz tinchgina o'tirib,
to'qqizinchi yanvarda suvning ко'
miz. Aftidan, oy bizni sayozlikdan
o'xshaydi.
- Faqat shuning o'zimi?
- Shuning o‘zi!
- Kapitan ham sayozlikdan chiqish uchun lan-
garlarni ko'tarib, mashinani jadallab ishga solishni
o'ylamayotgan ekan-da?
- Bizni sayozlikdan suvning o‘zi olib chiqadi-
gan bo'lgach, bu tashvishlarning nima hojati bor? -
deya loqaydlik bilan javob berdi Konsel.
Kanadalik norozi qiyofada Konselga qarab oldi-
da, yelkasini qisdi. Unda tahqirlangan dengizchi-
ning holati namoyon bo'lib turar edi.
- Meni bir aytdi deysizlar, janob professor, -
deya menga murojaat qildi u, - mana shu temir
tog'ora endilikda hech qachon suvda ham, suv os
tida ham suzmaydi! Endi u temir-tersak qilib so-
payi>hini kuta-
ch^qaradiganga
199
tishgagina yaraydi, xolos. Shuning uchun kapitan
Nemoni davramizdan mahrum etish vaqti yetdi deb
o'ylayman!
- Bilasizmi, do'stim Ned, - deb javob berdim
men, - hamma ham siz singari bu ajoyib kemaning
istiqboliga bu qadar umidsizlik bilan boqmaydi.
To‘rt kun sabr qiling - biz Tinch okeanda suvning
ko'tarilish kuchining qay darajada ekanini bilib ola-
miz. Kezi kelganda shuni ham aytib qo'yayki, qo-
chish Angliya yoki Provans sohillari ko'ringanda
o'rinli edi. Ammo Yangi Gvineya sohillari yonida bu
masalada shoshilish yaramaydi. Axir «Nautilus» sa-
yozlikdan chiqolmay qolgan taqdirda ham bu ishni
amalga oshirish uchun kech bo‘lmaydi-ku.
- X o‘p, loaqal yerga ham tushib bo'lmaydimi? -
xafa bo'lib so'radi Ned Lend. - Mana, orol. Orolda
daraxtlar o'sadi. Ularning ostida quruqlik jonivor-
lari kezib yuribdi - tirik kotletlar, rostbiflar va bif-
shtekslar... Bir burdagina go'shtni qanchalik rohat-
lanib yerdim!
- Mana bu masalada Ned h aq ,- dedi Konsel.-
Men uning bu fikriga to‘la qo'shilaman. Xo'jam
do‘stlari kapitan Nemodan, loaqal qattiq yerda yu-
rishni unutmaslik uchun bo'lsa-da, sohilga borib
kelishimizga ruxsat ololmaydilarmi?
- Men undan ruxsat so'rashim mumkin, ammo
ruxsat bermasligiga imonim komil. Shunga qaramay
xo'jam bir urinib ko'rsinlar, - dedi Konsel, - juda
bo'lmaganda biz kapitan Nemoning iltifoti qancha
lik ekanligini bilib olamiz-ku.
Hayratlanganimni yashirib o'tirmayman, kapi
tan Nemo iltimosimni o'sha zahoti astoydil qabul
etdi. U hatto kemaga qaytishga va’da berishimni
ham talab etmadi. Sirasini aytganda, Yangi Gvi
neya oroli bo'ylab sayohat qilish shu qadar xavf-
200
li ishki, men Ned Lendga u yoqqa borishga masla-
hat ham bermas edim. Mahalliy aholi - papuaslar
qo'liga tushgandan ko'ra «Nautilus»da bandi bo'lib
qolish ming marta afzal edi.
Men kapitan Nemoning biz bilan borish-bor-
inasligini so‘rashga jur’at etolmadim. Ochig'i, biz
bilan borishga matroslardan hech biriga javob be-
rilmasligiga imonim komil edi, binobarin, qayiqni
Ned Lendning o‘zi boshqarishi kerak bo'ladi. Ammo
yer bizdan nari borsa ikki milya masofada va yax
shi dengizchi hisoblangan kanadalikning yengilgina
qayiqni katta kemalar uchungina halokatli qoyalar
orasidan osongina olib borishi hech gap emas edi.
Ertasi kuni, 5-yanvarda, qayiqni uyasidan ajra-
tib, suvga tushirishdi.
Bu ishni ikki matros osonlik bilan bajardi.
Eshkaklar qayiqning ichida edi. Bizning o'tir-
g'ichlardan joy olishimizgina qolgan edi, xolos.
Ertalab soat sakkizda biz miltiq va boltalar bilan
qurollanib, «Nautilus» bortidan suzib ketdik.
Dengiz ancha sokin edi. Sohildan yengil shaba-
da esib turardi. Konsel bilan men eshkakda edik.
Biz jon-jahdimiz bilan qayiqni haydardik, Ned esa
uni qoyalar orasidagi tor yo'llardan olib о ‘tar edi.
Qayiq rulga to'la bo'ysunib, o'qday uchib borar
edi.
Ned Lend hayajonini yashirmayotgan edi. U
o'zini erkinlikka chiqqan bandiday his etar, tez ora-
da yana qamoqxonaga qaytishini oylam as edi.
-
Biz hozir go'sht yeymiz! - bu so'zlarni u de-
yarli ashula qilib aytdi. - Yana qanaqa go'sht deng!
Haqiqiy, chinakam yowoyi qush go'shti! Faqat
nonsiz... Men baliq bemaza taom deyolmayman,
ammo o'zlaring o'ylanglar, doim faqat baliq, yana
baliq yeyaverish ham bo‘lmaydi-da! Qovurilgan bir
201
burdagina toza go'sht me’daga tekkan bir xildagi
dasturxonni ko'rkam bezaydi!
- Yuxo! - dedi Konsel. - Shu gaplarning o ‘zi-
danoq so'laklarim oqib ketdi...
- Faqat bu o'rmonlarda qush bor-yo‘qligini
bilish-u, basharti, bo'lganda ham ovchining o‘zi
uni ko'rganida qushga aylanadigan darajada katta
emasligini aniqlash qoldi, xolos, - deb luqma tash-
ladim men.
- Bo'lmagan gap, janob professor, - deya e’tiroz
bildirdi Ned Lend bolta tig'iday o'tkir tishlarini
ko'rsatib. - Men hatto sherni ham yeyishga tay-
yorman, ha, bu orolda boshqa jonivor bo'lmasa, bir
burda yaxshi qovurilgan sher go'shtini!
- Ned shunchaki meni qo'rqitmoqchi, - dedi
Konsel.
- Birinchi ko'ringan jonivor qaysi naslga taalluqli
bo'lmasin, u xoh tetapoya bo'lgan to'rt oyoqli, xoh -
ikki oyoqli parranda - uni miltigimdan mo'ljallab
otilgan o‘q bilan kutib olishga tayyorman!
- 0 ‘h-ho‘! - xitob qildim men. - Lend yana tel-
balikni boshlayapti!
- Tashvishlanmang, professor, - e ’tiroz bildirdi
kanadalik, - eshkakni dadilroq haydang! Yarim soat
ham o'tmay oldingizga did bilan tayyorlangan taom
qoyaman.
Soat sakkiz yarimda «Nautilus»ning qayig'i Gve
boroar orolini o‘rab olgan marjon halqadan o'tib,
qumloq sohilga kelib to'xtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |