Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

TORRES BO'G'OZI

27-dan  28-dekabrga  o‘tar  kechasi  «Nautilus» 

Vanikorodan  chiqib,  juda  katta  tezlik  bilan  janubi 

g'arb  tomon yo'l  oldi.  U  uch  kunda  Vanikoro  bilan 

Yangi Gvineyaning janubi sharqiy qismi oralig'idagi 

masofani,  ya’ni  uch  ming  kilometrdan  ortiq  yo'lni 

bosib o'tdi.

1863-yilning  birinchi  yanvarida  erta  tongda, 

Konsel men bilan «Nautilus» palubasida uchrashdi.

-   Xo'jam yangi  yilda  baxt-saodat tilasam  ruxsat 

beradilarmi? -  deb so'radi.

-   Bo'lmasam-chi,  Konsel,  albatta,  sening bu  ti- 

laklaringni  Parijda  Botanika  bog'idagi  kabinetimda 

o'tirgan paytlarimdagiday qabul  qilaman.  Tabrikla- 

ganing  uchun  rahmat,  o'zingni  ham  tabriklayman. 

Faqat  bir  narsani  so'rab  olishimga  ruxsat  bersarig: 

yangi  yilda  baxt-saodat  tilashingni  qaysi  ma’noda 

tushunish  kerak?  Sen  bu  baxtni  asirlikning  tuga- 

shida debmi yoki shu ajoyib sayohatning davom eti- 

shida deb tushunasanmi?

-   Ochig'ini  aytsam,  xo'jamga  nima  deb  javob 

berishimni  ham  bilmayman.  Biz  juda  ajoyib  nar- 

salarni  ko'rayotganimiz  va  bu  yerda  o'tkazilgan 

ikki  oy  davomida  zerikishga  qo'l  tegmaganiga 

shubhalanmasa  ham  bo'ladi.  Keyingi  paytlarda 

ko'rinayotgan har bir manzara g'oyat hayratlanarli. 

Agar  shu  zaylda  davom  etsa,  oxiri  nima  bo'lishini 

tasaw ur qilish juda  qiyin!  Menimcha,  hech  qachon 

bunday  imkoniyatga  boshqa  ega  bo'lolmasak  ke­

rak...

-  Hech qachon!.. Haq gapni aytding, Konsel.



-   Bundan  tashqari,  kapitan  Nemo  o'zining  lo- 

tincha  Hech  kim  degan  ismiga  juda  monand  odam



192


ekan:  uning  bu  dunyoda  bori-yo‘g‘i  bizga  sira  bi- 

linmaydi!

-  To'g'ri aytasan, Konsel.

-   Shuning  uchun  xo'jamga  biz  uchun  hamma 

narsani  ko'rib  olishga  imkoniyat  beradigan  yilni 

baxtli deb aytishga jur’at etar edim!

-   Hamma narsani ко‘rib olishga deysanmi, Kon­

sel?  Bunisini  oshirib  yubordingmi,  deyman.  Ayt- 

ganday, bu borada Nedning fikri qanday ekan?

-   Ned  Lend,  albatta,  buning  aksini  oylaydi,  -  

deb  javob  berdi  Konsel.  -   U  juda  yuzaki  o'ylaydi- 

gan  odam,  qorin  bandasi.  Hamisha  baliqlarga  qa- 

rayverish va baliqdan tayyorlangan taom yeyish j'o- 

niga tegdi.  Seli  oqib  turgan  qovurilgan  go‘shtlar-u, 

kunda ma’lum miqdorda viski,  jin yoki  brendilarga1  ’ 

o'rganib  qolgan bu  anglo-saksga  non,  go‘sht,  vino- 

ning yo‘qligi juda og‘ir kechyapti.

-   Men  esa  bundan  sira  xafa  emasman,  -   de­

dim  men.  -   Men  «Nautilus»  qoidalaijga yaxshigina 

ko'nikib oldim. 

/

-   Men  ham  xuddi  shunday,  -Id eb   javob  berdi 



Konsel.  -   Shuning  uchun  Ned  Lend  bu  yerdap^q6- 

chib  ketishni  jon-dilidan  qanchalik'TStayotgan 

bo'lsa,  men  shunchalik  jon-dilimdan  qolishga  tay- 

yorman.  Shunday  qilib,  boshlanayotgan  yil  men 

uchun baxtsizlik keltirsa, unga baxt keltiradi yoki bu­

ning aksi.  Xullas,  bizdan birontamiz,  albatta,  mam- 

nun bo'lamiz. Xo'jamga esa men uning ko'ngliga ni- 

maiki xush kelsa, shuni istashga xayrixohman.

-   Rahmat,  Konsel.  Faqat  yangi  yil  sovgalari 

masalasini  hal  etishni  hozircha  unutib,  qattiq 

qo‘l  qisishish  bilangina  chegaralanib  qolishimizni 

so‘rayman.  Men bundan bo'lak taklif kiritishga  qo- 

dir emasman.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish