Sut emizuvchilarning rivojlanishi. Yuksak organizmlarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Sut emizuvchilarning rivojlanish bosqichlari va farqlari



Download 0,92 Mb.
bet1/3
Sana29.06.2022
Hajmi0,92 Mb.
#718318
  1   2   3
Bog'liq
Sut emizuvchilarning rivojlanishi


Sut emizuvchilarning rivojlanishi. Yuksak organizmlarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Sut emizuvchilarning rivojlanish bosqichlari va farqlari
Darsning maqsadi: Talabalarga sut emizuvchilarning rivojlanishi. Yuksak organizmlarninig rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida tushuncha berish.
Kerakli materiallar. Sut emizuvchilarning rivojlanishi. Yuksak organizmlarninig rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. Sut emizuvchilar bachadoni tuzilishining xilma-xilligi embrionning normal rivojlanishiga moslanishidir. Jumladan, kemiruvchilar turlairmning vakillari yer sharida vertikal va gorizontal jihatdan juda keng tarqalgan bo'lib, yashash sharoitiga morfologik jihatdan yuqori darajada moslashgan. Natijada kemiruvchilarda shakl hosil bo'lish evolyusiyasi turh yo'llar bilan borgan. Ba'zi hayvonlarda turning saqlanib qolishi ko'payishning tezlashishi hjsobida amalga oshgan. Yashash sharoitiga qarab bir-biridan morfologik jihatdan farq qiladigan kemiruvchilar bachadonining tuzilishini solishtirib o'rganish ko'plab ma'lumotlar beradi. Seversov qo'shoyog'i, kichik qo'shoyoq, katta qumsichqon, turkiston kalamushi, jayra, o'rmon sichqoni va o'rmon olmaxoni 4 ta oilaga kiradi. Jayra erta bahorda ko'payishga kirishadi va bolalari mart oyining oxirida inidan chiqa boshlaydi, bir yilda 1-3 ta bola tug'ishi mumkin.
O'rmon olmaxoni bahorda uyqudan uyg'onadi va 2-4 ta bola tug'adi. O'rmon sichqoni bir yilda bir necha marta ko'payib, bir martada o'rtacha 3-5 ta bola tug'adi. Turkiston kalamushi har bir tug'ishda o'rtacha 7-9 ta bola tug'ishi mumkin. Seversov qo'shoyog'i o'z dushmanidan ustalik bilan yashirina oladi va bir yilda bir marta ko'payib, o'rtacha 3-4. ta bola tug'adi. Kichik qo'shoyoq sekin yuguradi va bir yilda 2 marta ko'payib, har bir marta o'rtacha 1 -4 ta bola tug'adi. Katta qumsichqon koloniya bo'lib yashaydi va bir yilda 2-4 marta ko'payib, 15 tagacha bola tug'ishi mumkin. Jayra, Seversov qo'shoyog'i, o'rmon olmaxoni yashash sharoitiga ko'proq moslashgan bo'lib, bir yilda bir marta ko'payadi. Ular 1 tadan 4 tagacha bola tug'ishi mumkin. Koloniya bo'lib yashaydigan kemiruvchilar yil bo'yi ko'payib, bir tug'ishda o'rtacha 8 ta bola tug'adi. Ko'payish intensivligi bachadon tuzilishiga ham bog'liq. Jayra bachadoni qin, bachadon tanasi, embrion rivojlanadigan bachadon shoxchasidan iborat. O'rmon olmaxonining bachadoni shunga o'xshash bo'lib, ularda bachadon tanasi biimuncha uzunroq bo'ladi. Agar bachadon 30 mm dan uzun bo'lsa, bachadon tanasining uzunligi 12 mm ni tashkil etadi.
Kemiruvchilar bachadonining tuzilishi uning necha marta ko'payishi va bir marta ko'payganda qancha bola tug'ishiga bog'liqdir.
Evolyusiya jarayonida turning saqlanib qolishi ba'zi hayvonlarda morfologik belgilarning rivojlanishi va ko'payishning intensivlashuvi bilan bog'liq. Bachadon tuzilishining o'zgarishi bunga yaqqol misol bo'ladi. Ammo bachadonning rivojlanishi aromorfoz emas. Kemiruvchilar yashab qolishi tcz ko'payish yo'li bilan amalga oshgan. Ayrim hayvonlar va odam bachadoni bir shoxli bo'lib, ularning embrioni bachadonda yaxshi saqlanadi. Hayvonlarda har xil morfologik moslashishlar bo'lganligi sababli ularning bachadoni ham har xil tuzilgan. Masalan, ikkita, bitta bachadonli, ikki shoxli, bir shoxli bachadonlar farqlanadi.
Ikkita bachadonning har bir shoxi alohida-alohida qinga ochiladi. Bunday bachadon ba'zi kemiruvchilar, ko'rshapalaklar va fillarda bo'ladi. Ayrim shoxli bachadonning shoxlari qinga ochiiadigan joyida birlashib, bitta bachadonga aylanadi. Bunday bachadon ba'zi kemiruchilarda, ko'rshapalaklarda bo'ladi. Ko'rshapalak bachadoni ikki shoxli bo'lsa ham, chap tuxumdondan yetilgan tuxum bachadonning o'ng shoxchasiga o'tishi mumkin.
Niraa uchun blastosista bachadon devoriga impiaetasiyalanadi? Ko'pchilik tadqiqotchilar implantasiya jarayonini blastosista va bachadon to'qimalarining o'zaro ta'siri, deb tushunadilar. Ovuiyasiya boshlanishi bilan bachadondatuxumdon vagipoliz bezi gormonlarining ta'siridao'zgarishlar sodir bo'ladi. Tuxum yo'lida urug'langan tuxum maydalana boshlaydi va blastodermik pufakchaga ayianib, bachadon bo'shlig'iga tushadi. Shu vaqtda gormonlar ta'siri ctufayh' bachadonda o'zgarishlar sodir bo'lishidan tashqari, bachadon bilan blastosistaning o'zaro aloqasi tufayli lokal o'zgarishlar ham sodir bo'ladi. Bachadonning embrion yaqinlashgan joyidagi biriktiruvchi to'qima hujayralari desidual hujayralarga aylanadi. Ular hajmining kattaligi va ko'p yadroligi bilan farqlanadi. Ularda ko'plab mitoz jarayonlari sodir bo'ladi. Keyin desidual hujayralarga qon kapilyarlari o'sib kiradi va kengayadi, leykositlar kelishi ko'payadi. Blastosista bachadon bo'shlig'ida ma'lum vaqt erkin harakatlanib yuradi. Bu davr har xil sut emizuvchilarda bir necha soatdan bir necha oygacha davom etadi. Masalan, olmaxoniarda bir necha soat, odamda 2-3 kun, suvsar, ayiq, zirhlilarda bir necha oy davom etadi. Bu davr blastosista taraqqiyotidagi pauza davri deyiladi. Keyin blastosista bachadon shilliq qavatiga yopishadi va implantasiya sodir bo'ladi. Implantasiya mexanizmi haqida embriologiyada hozirgacha yagona fikr yo'q. Implantasiya va yo'ldosh hosil bo'hshida immunologik reaksiyalar asosiy vazifani bajaradi.
B.P.Tokin va A.G.Filatova (1953) laming fikricha, rivojlanayotgan urug'langan tuxum hujayra implantasiyagacha antibiotik moddalarga ega bo'ladi. O'z yo'lidagi bakteriyalarni o'ldiradi. Bu moddalar immunologik ahamiyatga ega bo'lib, ular bachadondan gormonlar ajralishida, lizis jarayonlarida, desidual reaksiyalar sodir bo'hshida qatnashadi.
E.V.Zibina 1957 yilda sichqonlarda embrion implantasiyasining boshlang'ich bosqichlarini o'rgandi. Homiladorlikning 4-5 kunlarida embrion bachadon shoxi bo'shlig'ida joylashadi. Bachadon shoxining ichki qismi bir qavatli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Embrion bu davrda xaltasimon ko'rinishda bo'lib, ichki qismi bo'shliqdan iborat. 5-kunda ham embrion bachadon devorining epiteliy hujayralariga yopishmaydi, ammo ba'zi o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bunda embrion qandaydir modda ajratib, bachadonga ta'sir etgandek bo'ladi.
6-kunda blastosista bachadon epiteliy hujayralari bilan aloqada bo'ladi. Mitoz bo'linish tufayli trofoblastlar soni ortadi. Blastosistaning bachadonga yopishgan joyida stroma hosil bo'ladi va embrion unda o'mashib oladi. Trofoblastlaryirik bo'lib, sinsitiy (yirik hujayralar) hosil qiladi va bir-biri bilan birlashib turadi. Bu vaqtda fagositar reaksiyalar sodir bo'ladi. Trofoblastlar yemirilgan epiteliy hujayralarini va leykositlarni fagositoz yo'li bilan qamrab olib, hazm qiladi. Olimlarning fikricha, trofoblastlar implantasiya davrida embrionni yemirilgan epiteliy hujayralar va desidual hujayralar hisobidan oziqlantiradi, keyinchalik critrositlar va leykositlar bilan oziqlantiradi.
E.V.Zibinaning bu tadqiqotlarining natijalari implantasiya davrida fagositoz jarayoni sodir bo'lishidan dalolat beradi.
I.G.Mixaylova (1964) sichqonlar va quyonlarning homiladorlik davrida birlamchi trofoblastlar ikkilamchi trofoblastlar bilan almashinishini va ikkilamchi trafoblastlar passiv bo'lishini aniqladi. Uning fikricha, embrional taraqqiyot davrida yo'ldosh hosil bo'lgandan keyin fagositoz reaksiyasining faolligi pasayib boradi. Aks holda, immunologik reaksiyalar embrion to'qimasining nobud bo'lishiga olib keladi.
B.P.Tokin 1955 yilda aniqlashicha, implantasiya va ko'plab fiziologik jarayonlarda shamollash zarur va qonuniy hodisa hisoblanadi. Bu, ayniqsa, sut emizuvchilarning ayiruv organlari rivojlanishida, m'ezonefros va metanefros paydo bo'lishida muhim ahamiyatga ega.
Immunologik reaksiyalar umg'don va tuxumdonning normal faoliyat ko'rsatishida ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, N.A.Paximova (1975) krablarda tuxumdonning holatini lichinka hosil bo'lguncha va hosil bo'lgandan keyin o'rgandi. Lichinka hosil bo'lgandan keyin oositlar ovulyasiyaga uchramagan oositlarni yemirishini aniqladi. Follikula va amyobasimon hujayralar nekroz strukturalarni fagositoz yo'li bilan nobud qiladi. 14-21-kunlarda tuxumdonda yallig'lanish, lizis, fagositoz, oogoniylarning ko'payishi va rivojlanishi, mitoz sonining ortishi sodir bo'ladi. Shu paytda tuxumdon amyobasitlar deposi vazifasini bajaradi. Oositlarda shakl hosil bo'lishi intensivlashadi. Yallig'lanish va tiklanish tuxumdonda 35 kunda tamom bo'ladi. Xuddi shunday jarayonlar hamma hayvonlarning spermatogenezida ham kuzatiladi.
D.P.Filatov (1916, 1927) amfibiyalarda eshitish organlari rivojlanishini o'rganish jarayonida eshitish xaltasi atrofidagi mezenximada urug'lanishga o'xshash jarayon sodir bo'lishini aniqladi. Agar bu jarayon sodir bo'lmasa, normal eshitish kapsulasi xosil bo'lmaydi. Agar unda eksperimental shamollashni hosil qilinsa, bunday holatda ham normal eshitish kapsulasi hosil bo'ladi. Shunday qilib, evolyusiya jarayonida yallig'lanish hodisasi rivojlanishning normal o'tishiga ohb kelgan.



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish