63-rasm. Sut emizuvchilarda embriondan tashqari qobiqiarning
hosil bo 'lish sxemasi
!-ektoderma; I -embriondan tashqari ektoderma; 2-enloderma; 2 -embriondan tashqari entoderma: 3-mezoderma; 3 -embriondan tashqari mezodenna; 4-amnion
bo'shtig'i; 5-amnion burmasi; 6-trofoblast; 7-allantois; 8-xorion; 8 -xorion
so'rg'ichlari; 9-sariqlikxa!ia$iga aylanib borayoigan embrion pufagi; 10-sariqlik
xaltasi; П-embrion; 12-xorion va amnion oralig'idagi bo'shliq
Sut emizuvchilarda qobiqiarning hosil bo'lish vaqtiga kelganda embriondan tashqari ektoderma trofoblast holida bo'Iadi, shuning uchun amniotik burmachalarning rivojlanishi faqat embriondan tashqari mezodermaning o'sishi orqali boradi (31). Burmachalarning (5) birikib ketish paytida ichida embrion joylashgan amnion bo'shlig'i (4) va seroz qobig'i hosil bo'Iadi, u ichida embrioni bo'lgan arnmonni va sariqlik xaltasi (10) ni o'rab oladi. U trofoblast bilan birga maxsus qobiq - xorionni (8) hosil qiladi. Xorionda keyinchalik so'rg'ichlar (8l) paydo bo'Iadi. Xorion bachadonnmg shilimshiq qavati bilan yaqindan bog'langan joyda bola o'rni yoki yo'ldosh hosil bo'Iadi. Bu muhim organ orqali homila bilan ona organizmi o'rtasida barcha modda almashinuvi amalga oshadi.
Amnion hosil bo'lishi bilan bir vaqtda allantois (7) rivojlanadi, u qushlardagidek kuchli rivojlanmaydi. Allantois xorion tomon o'sib boradi va. unda ona organizmining qon tomirlariga qo'shilib ketuvchi kindik tomirlari joylashadi. Mana shu vaqtdan boshlab embrionning moddalar almashinuvi kindik tomirlari orqali ona hisobiga sodir bo'Iadi.
Homilaning ona organizmi hisobiga oziqlanishi vaqtida embriondagi barcha moddalar almashinuvi har doim ikki manbadan: bachadon shilimshiq qobig'idan va xorion so'rg'ichlari (vorsinkalari)dan hosil bo'ladigan maxsus organ - yo' Idosh orqali sodir bo' ladt.
Yo'ldoshlar turli sut emizuvchilarda turlicha rivojlangan bo'ladi, Yo'ldoshlar murakkablashish darajasiga qarab epitelioxorial, desmoxorial, endotelioxorial va gemoxortallarga bo'Hnadi.
1-ish. Yo'ldosh xillarini 103-rasmdan foydalanib o'rganing.
6 4-rasm, Yo'ldoshxillari
I-epitelioxorial, ll-desmoxorial, IH-endotettoxorial, IV-gemoxorialyo'ldoshlar
I-xorion so'rg'ichi; 2-bachadon epiteiiysi; 3~bachadonning binktiruvchl to'qitnasi,
4-bachadon shilimshiq qobig'i qon tomiri; 5-qon totnir bo'shlig'i;
90
б-qon tomir endoteliysi.
Epitelioxorial yo'ldosh (I) yoki yarim yo'ldosh, eng oddiy tuzilgan bo'ladi. Bunday yo'ldoshning xorion so'rg'ichlari (1) bachadon epiteliysi (2) ga bir oz botib turadi xolos va uni buzmaydi. Tug'ish vaqtida xorion so'rg'ichlari bachadorming shilimshiq qabatidagi epiteliy chuqurchalaridan osongina sug'uriladi.
Desmoxorial yoki biriktruvchi to'qimali yo'ldosh (II) xorion so'rg'ichlari bachadon epiteliysini buzibs uning ostida joylashgan biriktiruvchi to'qimaga (3) kirib boradi. Shunday qilib embrionning xorion vorsinkalari bachadon qon tomirlariga yaqinroq joylashadi. Tug'ish vaqtida bachadonning epiteliysi buziladi va u tez orada qayta tikianadi.
Endotelioxorial yoki vazoxorial yo'ldosh (III) da embrionning xorion vorsinkalari bachadon devoriga shunday botib kiradiki, ular bachadon epiteliysini, biriktiruvchi to'qimasi (3) va qon tomir endoteliy (4) sini yemiradi. So'rg'ichlar bilan bachadon qon tomirlaridagi qon oqimi o'rtasida qon tomir devorining hujayralaridan iborat yupqa parda (6) joylashadi.
II
Tug'ish vaqtida bachadon epiteliysi biriktiruvchi to'qima va qisman qon tomir devori yemiriladi, shuning uchun ancha qon ketadi.
65-rasm. Gemoxorialyo'ldoshning tmilishi
1-xorion so'rg'ichlari; 2~sariqlikxaltasi; 3-amnionningqirg'og'i, 4-kindikipi;
5-kindik venasi; б-kindik arteriyasi shoxobchasi; 7-qonning harakat yo 'nalishini
ko'rsatnvchi strelka; 8-sepfa (to'siq); 9-ona qoni; 10-spiral arteriya; 11-xorion
so 'rg 'ichining asosiy kanaii; 12-bachadonning arteriya va venasi; 13-perimetriy
(seroza); 14-miometriy; 15-bachadon shilimshiq qobig'i bezlari
Gemoxorial yo'ldosh (IV) da embrion xorion so'rg'ichlari bachadonning epiteliysi, biriktiruvchi to'qimasi va qon tomirlar devorini buzib o'tadi, so'rg'ichlar qon tomirlar ichiga (5) kirib turadi va ona qoni bilan doimo yuvilib turadi. Bunday yo'ldosh vorsinkalari kuchli tarmoqlanadi va shunday qilib so'rish yuzasi juda kengayadi.
Туғиш вақтида бачадоннинг менструация даврида тушиб кетадиган барча қобиғи емирилади, кучли қон кетади, унинг қайта тикланиши учун узоқ муддат ўтади.
Asosiy adabiyotlar
Gilbert S. F. Developmental Biology. 9th ed. - Sunderland, Massachusetts, USA, 2010.
Афанасьев Ю.И., Юрина НА. Гистология. М. "Медицина", 2012.
Qodirov I.Q. Gistologiya. Toshkent. -"Universitet", 2012
4.Холиқназаров Б. Индувидуал ривожланиш биологияси. Тошкент 2006c
Qo‘shimcha adabiyotlar
Алмазов И. В. Атлас по гистологии и эмбриологии / И. В. Алмазов, Л. С. Сутулов. М.: Медицина, 1978.
Волкова О. В. Гистология, цитология и эмбриология: Атлас. / О. В. Волкова, Ю. К. Елецкий. М.: Медицина, 1996.
Голиченков В.А. Практикум по эмбриологии. М.: Академия, 2004.
Дондуа А.К. Биология развития. Т. 1,2.- Сб.: СПбГУ, 2005.
Кузнецов С.Л., Мушкамбаров Н.Н., Горячкина В.Л. Атлас по гистологии, цитологии и эмбриологии. «Медицинское информативное агентство». Москва, 2002.
10. Токин Б.П. Общая эмбриология. М.: Высш.шк., 1987.
Ахборот манбаалари
http: www.ziyonet.uz. www. pedagog.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |