Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

UMUMIY XULOSALAR 
Mahmud Koshg`ariy, shubhasiz, o’z davrining yirik tilshunoslaridan biri edi. 
Uning hayoti, ilmiy faoliyatini o’rganish,xususan, lingvistik merosini har 
tomonlama tadqiq etish filologiya fanimiz uchun ahamiyatlidir.
 
«Devonu lug`otit 
turk» asari o’zbek tili tarixida muhim ahamiyatga ega noyob manbadir. Mahmud 
Koshg`ariy keng hududda yashagan qabila va xalqlar tilini, ular tillaridagi farq va 
birlikni, ayrilish va yaqinlik kabi benihoyat og`ir masalalarni aniqladi, ularning 
tillari haqida mukammal asar yaratdi. Bu bilan u turkiy tillar tarixida, turkologiya 
ilmida, turkologiya tarixida yuksak o’rin oldi. Devondagi til faktlari yolg`iz XI 
asrgagina oid bo’lmay, ular yana ham qadimgi davrlar tilidan ham namunadir. 
Chunki Mahmud Koshg`ariy til faktlariga tarixiy asosda yondashadi. U o’z oldiga 
til tarixini yoritib berishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. Uning o’z so’zi bilan 
aytganda, u bu asarini tilning qadimgi holini o’rganuvchilarga narvonlik xizmatini 
qiluvchi qo’llanma, keyingi davrdagi til o’rganuvchi tadqiqotchilarga unga qiyos 
qilib foydalanishlari va kerakli ilmiy xulosalarni chiqara olishlariga mos ko’prik 
qilmoqchi bo’lgan edi. Shuning uchun u o’z asarida til faktlarining o’sha davrga 
xos xususiyatlarini ham, avvalgi holatini ham, qadimgi davrlardan boshlab kitob 
yozilgan davrgacha yuzaga kelgan o’zgarishlarni ham izohlab beradi. Bu jihatdan 
devon tilning juda qadimgi tarixini, urug`chilik davri tilini ochib berish 
ahamiyatiga ham ega bo’lgan benihoyat muhim manbadir. 
Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asari turkiy etnonimlar 
tarixiga doir qimmatli ma’lumot beruvchi manba sanaladi. Mahmud Koshg`ariy 
o’zi yashagan davrdagi Movarounnahrda yashagan elatlar haqida fikr yuritgan. U 
umumturkiy oiladagi urug`-qabila va elatlarning yaqinligi, til birligi hamda o’ziga 
xos bo’lgan farqli tomonlarini ko’rsatib berishga harakat qilgan va ularning 
joylashish jug`rofiy xaritasini bergan.
Mahmud Koshg`ariy «Devonu lug`otit turk» asarida turkiy qabila va 
urug`larning joylashish o’rnini aniq ko’rsatadi, ularning nomlari ro’yxati va ular 
haqida ma’lumot beradi. U bu xususda yozadi: «Turklar aslida 20 qabiladir. Har 


bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug`lari bor. Men bulardan asosini, ona 
urug`larini yozdim, shaxobchalarini tashladim... Rumdan kun chiqargacha bo’lgan 
musulmon va boshqalarni zikr qildim... Rumga yaqin birinchi qabila 
bajanak, 
so’ng qipchoq, o’g`uz, yamak, boshg`ird, basmil, so’ng qay, so’ng yabaqu, so’ng 
tatar, so’ng qirqiz
keladi. Qirg`izlar Chin yaqinidadurlar. Bu qabilalar hammasi 
Rum yonidan kun chiqargacha cho’zilgandir. So’ng 
chigil, so’ng to’xsi, so’ng 
yag`ma, so’ng ig`rak, so’ng yaruq, so’ng jumul, so’ng uyg`ur, so’ng tangut, so’ng 
xitoy.
Xitoy – Chindir. So’ngra 
tavg`ach
; bu Mochindir». Shundan so’ng turkiy 
qabilalar tarkibiga kelib qo’shilgan s
o’g`daq, qanjak, arg`u, hutanliklar, to’bo’tlar, 
tang`utlar, bismil, bulg`ar, suvar, bajanak
kabilar haqida ham ma’lumot beradi
.
Bundan tashqari, «Devon»da o’g`uz qabilasi va uning kichik 22 urug`ini 
nomma-nom sanab o’tadi hamda ularning tamg`alari to’g`risida ma’lumot beradi. 

Bu qabilalarni bilishga odamlarning ehtiyojlari borligi uchun birma-bir izoh 
qildim. Bu nomlar u qabilalarning eng qadimgi bobolarining ismid
ir,” – deydi M. 
Koshg`ariy
.
«Devon» da 70 ga yaqin urug`, qabila, elat va ularga xos bo’lgan 
toifalar haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Etnooykonimlar ko’p asrlar davomida tabiiy holda yuzaga kelgan nomlar 
bo’lib, ularning ijodkori, yaratuvchisi oddiy xalq hisoblanadi. Bu nomlar, bir
tomondan, ma’lum ob’ektning atoqli oti, juda qadimiy so’z bo’lsa, ikkinchi 
tomondan, xalqning tarixini aniqlashtirishga yordam beradi. Etnonim va
etnooykonimlarni tadqiq etish o’zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanish
bosqichlari xususida qimmatli ma’lumotlar beribgina qolmay, madaniyat va
ma’naviyatimizning turli yo’nalishlari bo’yicha keng qamrovli izlanishlar olib
borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Devonu lug`otit turk» asarida 
bo’ri¸ kiyik¸ qo’zichoq, laylak, toyloq, qarg`a, 
quyon, qulon, qo’shchi, qo’zi, qo’chqor, ilon, burgut
kabi etnonimlar mavjud 
bo’lib, ular totem sifatida muqaddaslashtirilgan jonivorlar nomini anglatuvchi 
so’zlar asosida yuzaga kelgan.
Ayonki¸ tamg`a (bu so’zning azaliy shakli
taqma
) – ko’pchilik turkiy va 
mo’g`ul xalqlarining chorvachilik bilan bog`liq bo’lgan ramziy nishon, belgisi


nomi. Ibtidoiy o’tmishda qo’lga o’rgatilgan hayvonlarning ma’lum bir
shaxsga yoki jamoaga tegishli ekanligini bildirish uchun tamg`a shakli va turlari 
o’ylab topilgan, keyinchalik bu belgi urug`-qabilaning tug`i, tug`rosi tasviri
sifatida tushunilgan. Narsa mol, mahsulot qabila-urug`larni bir-biridan ajratish 
uchun qabul qilingan belgi tamg`a sanaladi. Har bir urug` va qabila o’zining 
maxsus tamg`asiga ega bo’lgan.
Mahmud Koshg`ariy «Devonu lug`otit turk» asarida 20 ta turkiy qabila haqida 
ma’lumot bergach, ularni bir-biridan farqlovchi o’z belgi-tamg`asi borligini eslatib 
o’tadi. Qabila-urug`larni shu tamg`alariga qarab farqlanishini ta’kidlaydi
.
Qavmlar 
va ularning tamg`alari bo’yicha quyidagilarni misol tarzida keltirib o’tish mumkin: 
qoyi, bayot, alqa uyli, qorauyli, yozir, yasir, dudurg`a, avshar, qiziq, bekdili, 
karxin, bayindir, bajana, chovuldur, chapkin, salor, imir, ola yunatli, uragir, igdir, 
bukdiz, avo, kinik
va boshqalar. Ot va qora molning soniga kuydirib bosiladigan 
belgi-tamg`a, chorva mollarini bir-biridan farqlash vazifasini o’tagan. Keyinchalik 
uning ma’nosi kengaygan, natijada u etnik atamaga aylangan.
«Devonu lug`otit turk» asaridagi etnonim va etnooykonimlarni o’rganish 
jarayonida shunday xulosaga keldikki, ular turli urug` va qabilalar yoki ularning
vakillari jamoa bo’lib yashagan joydagina vujudga keladi. 
Etnonim va etnooykonimlarlarning¸ asosan¸ affiksatsiya¸ onomastik
konversiya va qisman kompozitsiya usuli yordamida vujudga kelishi ma’lum
bo’ldi.
 
«Devonu lug`otit turk» asaridagi etnonim va etnooykonimlarlar grammatik
tuzilishi jihatidan appelyativ asosli, formantli hamda indikatorli nomlarga 
bo’linadi. Appellyativ asosli nomlar tarixiy nuqtai nazardan yasama nom
bo’lsa-da, hozirda ular tub holga kelib qolgan. 
Qipchoq, Mang`it, Qalmoq, 
Matchoyi, Sulduz, Tuyalas, Bahrin, Bag`ish
kabi bir qator etnooykonimlar 
shunday nomlar sirasiga kiradi.
 
«Devonu lug`otit turk» asaridagi etnonim va 
etnooykonimlar
 
tarixiy-etimologik jihatdan turli tillarga mansubdir. Ularning
asosiy qismini turkiy tillarga oid etnonim va etnooykonimlar tashkil qiladi. 
Shuningdek, mo’g`ul, fors-tojik qatlamlariga xos etnonimlar ham uchraydi.
 


«Devonu lug`otit turk» asari o’zbek tili tarixida muhim ahamiyatga ega 
noyob manbadir. Mazkur asarni turli aspektlarda tadqiq etish muhim ahamiyatga 
ega. Umuman, asarni Mustaqillik yillari o’zbek tilshunosligi qo’lga kiritgan 
yutuqlar asosida o’rganish tilimizning taraqqiyot bosqichlarini o’rganishga yordam 
beradi. 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish