Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

Turkiy formantli etnooykonimlar.
 
Bunday etnonimlar turkiy negiz va 
qo’shimchadan iborat bo’lgani uchun sof turkiy etnonimlardir. Tub turkiy 
etnonimlar negizida quyidagi turkiy formantlar qatnashadi:
–li
formanti. Bu qo’shimcha sifat yasovchi qadimiy qo’shimchadir. Bu 
qo’shimcha tarixiy bitiklar tilida asos so’zdan anglashilgan predmetga egalikni, 
shaxsning kasb-korini, ma’lum joyga mansublikni bildiruvchi so’zlar yasagan. 
Ayrim tilshunoslar nisbiy otlarni hosil qiluvchi morfema sifatida izohlaydilar. 
O’zbek tilidagi 
-li
qo’shimchasi eng sermahsul qo’shimchalardan biridir va u 
toponimiyada ot yoki sifatlardan etnonimlar hosil qiladi. Masalan¸ 
Oqqo’yli, 
Qorabog`li.
–chi
formanti. Turkiy tillarda ot yasashga xizmat qiluvchi qadimiy 
qo’shimchadir. Bunday otlar kasb-hunarni, ma’lum odatga moyil bo’lgan shaxs 
nomini, harakatning amalga oshuvi uchun xizmat qiluvchi qurol vosita nomini 
bildirgan. Xuddi shu xildagi ma’nolarni ifodalash uchun eski o’zbek tilida ham 
xizmat qilgan. O’zbek adabiy tilida -chi qo’shimchasining yangi so’z hosil 
qilishdagi faolligi katta. Masalan¸ Temirchi, Baliqchi, Qo’zichi kabilar. Qo’zichi 
― o’zbek urug`laridan birining nomi bo’lib, u etno-nim. Etnonimiyada hayvon 
nomlari ko’p, totem sanalgan hayvonlar nomi etnonim bo’lib qolgan. Bunda -chi 
affiksi ko’plik, jamlikni bildiradi.
–liq //–lik
formanti. Turkiy tillar tarixida bu qo’shimcha qadimdan mavjud. U 
dastlab sifat va ot yasashga xizmat qilgan. Turkiy yozma obidalar tilida bu 
qo’shimcha predmetlar nomini, abstrakt otlarni, payt va o’lchov anglatuvchi 
so’zlarni, shaxsning mashg`uloti va mavqeini bildiruvchi leksemalarni yasashga 
xizmat qilgan. Eski o’zbek tilida abstrakt va nisbiy ot yasashga xizmat qilishni 
ta’kidlangan. Masalan¸ Qarluq, Ettiuylik singari.
Hofiz Tanish Buxoriy Qarluq etnonimini qarliq / qorliq ― 
qor egasi s
o’zi 
bilan izohlaydi. O’g`uzxon tog`da yashashni, qor ichida yashashni amr qilib 
shunday laqab qo’ydi, deydi. Bu narsa xalq etimologiyasiga asoslangan fikrdir. 
Haqiqatda qarluqlar turkiy xalqlarning bir tarmog`idir. M.Koshg`ariy qarluqlarni 
turkmanlarning bir guruhi sifatida tilga oladi
.


–loq
formanti. Bu qo’shimchaning o’zbekcha etnonimlarni hosil qilishi, 
asosan, o’tmishda yuz bergan va bunday etnonimlarning namunalari hozirgi o’zbek 
tilida ham saqlangan: 
Burloq, Chuvulloq
kabilar. Aksariyat ishlarda -
loq
qo’shimchasi otning sub’ektiv baho shakli hosil qiluvchi morfema sifatida 
izohlanadi.
–cha
formanti. Bu qo’shichaning yasovchilik, so’z o’zgartiruvchilik va forma 
yasovchilik xususiyatlari mavjud. -cha qo’shimchasi predmetning kichikligi, 
kamligi, nozikligi, predmetning ijobiy yoki salbiy tomondan baholanishi, predmet 
haqida tasavvur uyg`otish orqali sub’ektiv baho ifodalaydi. -cha qo’shimchasi 
yordamida tub turkiy etnonimlardan bir qator etnooykonimlar yasalgan: 
Mergancha, Naymancha, Kichik naymancha, Katta naymancha, Qoracha, 
Qorachaqiya kabilar.
–q
formanti. Turkiy tillarda uchrovchi qadimiy qo’shimcha ot, sifat, fe’llarni 
yasash uchun xizmat qilgan. Ba’zi tadqiqotchilar bu qo’shimchaning sifat, ot 
yasashi ustunligi haqida fikr bildiradilar. -q qo’shimchasi vositasida o’tmishda 
yasalgan bir qator etnonimlar mavjud: Chanoq, Chinoq, So’zoq, Chag`anoq 
singari.
–lar
formanti. Turkiy tillarda ko’plik, miqdoriy ortiqlik ma’nolarini ifoda 
qiluvchi -lar qo’shimchasi qadimdan mavjud. Hozirgi o’zbek adabiy tilida -lar 
qo’shimchasi ortiqliq, ko’plikni ba’zi hollarda hurmat, kesatiq, mubolag`a 
ma’nolarini anglatadi. Shuning uchun ham -lar affiksining genezisi haqida turli 
maqolalar mavjud. «Devonu lug`otit turk» asaridagi ko’pgina etnonimlar -lar 
qo’shimchasi yordamida yasalgan. Masalan¸ Minglar, Qarg`alar kabi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish